Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
document-merge64706adba9f0e
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Maktab derazasi”
1
2 1 13 1 13 17 15 10 1 42 Binobarin, chinakam badiiy hodisa o‘ziga xos olam va u o‘zining qoidalarigagina muvofiq keladi. Shu bois, asl badiiy hodisa bir bor yaraladi, unda takror yo‘q. Alohida ruh, muallifning o‘zigagina xos nuqtai nazari takrorni taqozo etuvchi qonuniyat qoliplariga sig‘maydi. Badiiy asar uslubi, shakliy-uslubiy izlanishlarning nazariy asoslari bilan bog‘liq ayrim masalalar o‘zbek adabiyotshunosligida A.Fitrat, I.Sulton, T.Rasulov. B.Sarimsoqov, O‘.Nosirov, H.Umurov, H.Boltaboev singari olimlarimizning adabiyot nazariyasidan bahs yurituvchi qo‘llanma va risolalarida muayyan darajada yoritilgan 3 . Rossiyalik adabiyotshunos olimlardan E.Sidorov, M.B.Xrapchenko, G.N.Pospelov, A.N.Sokolov, B.Suchkov, YU.Borev, O.Larmin, L.Novichenko, YU.Surovsev, V.Shklovskiy, V.Dneprov, B.O.Eyxenbaum, P.Medvedov, xorijiy olimlardan Ar.Grigoryan, A.Genis kabi adabiyotshunoslarning qator tadqiqotlarida ijodiy individuallik masalaning u yoki bu jihati o‘rganilganligini alohida ta’kidlash lozim 1 . Shu asnoda O’ktam Usmonov hikoyalarida ham o’ziga xos teranlik, yuksak mahorat bilan kashf etilgan jumlalar, tasvirlar, maqollar, afarizmlar o’rin olgan. Bundan ijodkorning uslubini yuqori pog’onalarda ekanligini bilib olamiz. Lekin O’ktam Usmonov hikoyalarini kamchilikdan holi deb bo’lmaydi. Bizningcha, muallifning hikoyalari Qozoqboy Yo’ldoshev aytganidek, zerikarli, zavq bilan o’qilmaydigan hikoya emas 2 ! O’ktam Usmonovning “Maktab derazasi” hikoyasini o’qib chiqar ekanmiz, sarlavhaga qarab voqealar rivoji aynan maktab xotiralari bilan bog’liq ekanligini anglab olamiz. Hikoya qahramoni yozuvchi tomonidan aynan ta’riflangan bo’lmasada, lekin uning g’amxo’r, sodda, sofdil, qalbi toza, intizomli, og’ir-bosiq, barchani hurmat qiluvchi ekanligini qahramonning harakatlari, ruhiyat kechinmalari, o’y-istaklari orqali bilib olamiz. Bu ham yozuvchining hikoyalarida aks etgan uslublaridan biridir. Adibning hikoyalarida asosan, urushdan keying yillari qalamga olinganligi uchun ham yozuvchining kelajakka nigohini, orzu-istaklarini, kechinmalarini, qiyinchiliklarni ortda qolishiga umid bog’layotganligini, 3 Фитрат. Адабиётқоидалари. Адабиётмуаллимлариҳамадабиётҳаваслиларучунқўлланма. - Тошкент, 1926; СултоновИ. Адабиётназарияси. - Тошкент, 1981; 1 СидоровЕ. Время, писатель, стиль.–М.:Сов.писатель,1979; ХрапченкоМ.Б.Творческаяиндивидуальностьписателяиразвитиелитературы.М.:Сов.писатель,1975; ПоспеловГ.Н. Проблемылитературногостиля.-М.: МГУ, 1979; СоколовА.Н.Теориястиля.-М.:Искусство,1968; БоревЮ. Основныеэстетическиекатегории. - М., 1960; Теориялитературы. Т.IV (Литературныйпроцесс). - М., 2001; ЛарминО. Художественныйметодистиль. - М., 1964; НовиченкоЛ. Стиль - метод - жизнь // Частьобщегодела. - М., 1970; СуровцевЮ. Остилевыхтеченияхи «национальных» стиляхвсоветской 1981; УмуровҲ. Бадиийижодасослари. - Тошкент, 2001; БолтабоевҲ. Насрвауслуб. - Тошкент, 1992; 2 QozoqboyYo’jdoshev. “ Yoniqso’z”. -T:.2006, 137-138-betlar. 43 atrofdagilarni xursand ko’rishni xohlayotganini obrazlarda gavdalantirganiga guvoh bo’lamiz. “Maktab derazasi” hikoyasida ham o’tmishdagi qiyinchiliklar butkul yodidan chiqqan, urush zahmatlarini unutgan, davlat mulkini oyoq osti qilgan obrazlarni hamda unga ich-ichidan afsuslangan, davrlar silsilasini bir-biri bilan solishtirgan, kech bo’lsa-da, o’zgalar uning dilini og’ritishlaridan to’g’ri xulosa chiqargan bosh qahramon obrazini ko’ramiz. Hikoya bosh qahramoni go’zallikni qurbon bo’lishiga zamin hozirlayotgan insonlarni to’g’ri yo’lga boshlamoqchi bo’ladi va shu asnoda o’tmishdagi voqealarni eslaydi. Uning dilini vayron qilgan narsa boshqalar uchun oddiy hol deb ko’ringan oynani sindirish, o’tmishini yodga olishga sabab bo’ldi. Maktab rahbariyati va o’qituvchilari tomonidan Qosimovni maktab derazasini sindirganligi uchun aybdor deb topilgani u uchun qattiq zarba edi. Esini tanibdiki, bunday to’pori ishlar qilmagan, maktabda a’lo baholarga o’qigan, maktab buyumlariga ziyon yetkazishni o’zidan uzoq bilgan Qosimov uchun bunday ayblov eshitish, uning ko’zlaridan masumlik yoshlarining oqishiga sabab bo’lgan. Lekin ma’na shu dashnomlar vaqti kelib Qosimovning bundanda yaxshi inson, o’qimishli injener, ma’suliyatli shaxs bo’lishida katta turtki bo’ldi. Buni u uyi ro’parasida qurilgan yangi binoning oynalari o’zgalar kelajagi, taqdiri uchun befarq kimsalar tomonidan sindirilish voqeasidan keyin anglashildi. Ehtimol, Qosimovga o’sha vaqtlarda noto’g’ri ayblov qo’yilmaganida, balki u ham bir kun kelib o’zgalar so’zini pisand qilmas, davlat mulkini oyoq osti qiluvchi insonga aylanib qolishi mumkin edi. O’ktam Usmonov hikoyada ikki xil mavzuni o’rtaga tashlash natijasida bizga: inson har doim kattalar so’zidan to’g’ri xulosa chiqarishlari lozim, eng asosiysi uning bu ishda aybi yo’qligi qancha vaqt o’tmasin, baribir aybsiz odam vaqti kelib oqlanadi. Uning vijdoni oldidagi burchi bajariladi. Ikkinchidan, esa har bir inson kelajak avlodni o’ylashi, o’tmishidan dars olishi, tinchlik deb atalmish ne’matni jondek aziz bilishi, davlat mulkiga xiyonat esa jonga xiyonat ekanligini uqdirmoqchi bo’lgan. O’ktam Usmonov hikoyalari ulkan ma’no ifodalashi bilan birgalikda, ma’naviy-axloqiy masalalarni ham hal qilib berishda ham muhim ahamiyatga egadir. O’ktam Usmonov o'zi yaratgan obrazlarning ruhiyatini o'zining ruhiyatidan olib yaratadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, muallif obrazning fe'l-atvoriga xos asosiy xususiyatlarni o'zining xarakteristikasidan oladi. O’ktam Usmonov barcha asarlarini hayotiy voqealar asosida yaratadi va shuning uchun ham muallif xarakteristikasi zamiriga qurilgan obrazlarining badiiy psixologizmi o'quvchida personaj haqida yaxlit tasavvur hosil qiladi. Ijodkor ongida yetilgan asarning 44 yaratilmasligi mumkin emas. Shunday ekan, O’ktam Usmonov yaratgan asarlarning barchasi uning ongida yetilgan ijod mahsuli va bu esa asarlardagi personajlarning o'quvchilarga yanada yaqinligini ta'minlaydi. Sababi inson ko'ngliga yo'l topishda ruhiyat birinchi vosita sanaladi. O’ktam Usmonov esa aynan ruhiyat masalasini asarlaridagi birinchi galdagi vazifa deb biladi.Va bunda esa yozuvchining mahorati yaqqol ko'zga tashlanadi. O’ktam Usmonovning “Ota” hikoyasiga to’xtalar ekanmiz, undagi qisqa jumlalar, lo’nda gaplar Abdulla Qahhor ijodiga o’xshashligiga guvoh bo’lamiz. Hikoyada tumandan o’g’lini ko’rish uchun kelgan mo’ysafid ota obrazi keltirilgan bo’lib, u ham yozuvchining boshqa hikoyalaridagi qariyalar singari oqko’ngil, mehnatkash, jonkuyar, farzandlarini sevuvchi ular uchun har narsaga tayyor, o’zgalar fikrini hurmat qiluvchi sifatida tasvirlangan. Yozuvchi otaning farzandiga bo’lgan ishonchi, mehrini uning hatti-harakatlari bilan ifodalay olgan. Bolaligidan otasining yonidan ketmagan, murg’akkina, samimiy, erka farzand bo’lishiga qaramay, qalbida insoniy fazilatlarni yashirib yurgan Abdumajidning vaqti kelib, o’qimishli olim inson bo’lishiga qaramay, ammo uqmagan, o’tmish qiyinchiliklarini unutgan, axloqiy nuqsonlarga bog’lanib qolgan, oilasi, tug’ilgan joyidan uzilib qolgan insonga aylanganligini yozuvchi qahramonni ta’riflash orqali emas, balki uning suhbati orqali namoyon qiladi. Abdumajidning sog’ligi yomon bo’lib, ichkilik deb atalmish illat ortidan og’ir ahvolga tushib qolgan vaqtlarda otasi shifoxonada uning boshidan jilmaganlarini Abdumajid bir lahzada unutgan, yoshligida otasining yelkasida tushmay, doim ortidan yurganlari begona bo’lib qolgandi. Tog’asining ayoli qazo qilib, lekin ta’ziyaga bormaganligida Abdumajidga xos manmanlikni ko’ramiz. Shahar va qishloq hayoti solishtirilgan bu hikoyada-uyi, oilasini tashlab, begonalashib ketayotgan farzandlarni ko’ramiz. Ulardek bo’lmaslik uchun harakat qilamiz. O’ktam Usmonov Zarif otaning tush ko’rishini ramziy ma’no sifatida olgan. Tutunlar orasidan otasini chaqirgan Abdumajid haqidagi tush hikoyada motiv sifatida kitobxonga voqeaning kuchliroq ta’sir etishi yo’lida qilingan mehnat edi. Ammo Zarif ota Abdumajid va kelini bilan ko’ngil yozib gaplasha olmagan bo’lsa ham, lekin o’g’lining, uning oilasining sog’-salomat ekanligidan ko’ngli huzur topdi. Hikoyaning ma’noli tarzda, mazmunli xulosa orqali yakunlanishi ham adib uslubining o’ziga xosligini ko’rsatadi. Hikoya quyidagicha yakunlanadi: Zarif ota tashqaridan tushib turgan yorug’ga tikilib yotgancha: “Umr oqar suv deganlari shu-da,-o’yladi.-Oqib ketganini bilmay qolasan… Yaxshiyamki, odamzodda zurriyot bor… Umring bolalaringga, nevara-chevaralaringga o’tganini ko’rib, shukur qilasan…” 45 Ota chin ko’ngildan shukur qilardi, u chindan ham bahtiyor edi. Zarif ota shu tarzda ancha vaqtgacha xayol surib yotdi. Oxiri ko’zi ilindi… U nimqorong’i xonaga fayz kiritib, ma’sumgina, beozorgina uxlar edi. Mana shu ma’sumlik, shu beozorlik kimlargadir: “Har soniya g’animat, ko’zingni och…oldingdan oqqan suvning qadrini bil!’- deyayotgandek bo’lar edi… O’ktam Usmonov hikoyalari so’ngida yoshlarga, har bir kitobxonga xulosa orqali o’git-nasihat beradi. Barchamizni bu o’tkinchi dunyoda ko’zimizni ochib yashashga chaqiradi. Bu chaqiriqlarga e’tibor bermagan insonlar taqdirini ham yaqqol ochib beradi. Yozuvchi uslubida qahramon ruhiyati asosiy muammo va mavzu qilib olinadi. Yozuvchi qahramonlari ruhiyati orqali hikoya syujetini, mazmunini ochib bera oladi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling