Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
document-merge64706adba9f0e
D. Quronovning ta’kidlashicha, adibning kitobxon bilan muloqoti amalga
oshishida hikoya qilinayotgan narsaga muallifning munosabati, dunyoqarashi, ayni paytdagi ruhiy holati muhim ahamiyatga egadir. U esa ko’proq uslubda namoyon bo’ladi. 1 O’ktam Usmonov ilgari surgan g’oyalar, asarlaridan ko’zlagan maqsadlar umumbashariy mohiyat kasb etadi. U millat, makon va zamon tushunchalarini yo’qotadi. Ular umumiylashib, birlashib, yaxlitlashib olam va odam mohiyatini anglashga xizmat qiladi. Adib tanlagan muammo, mavzu, orzu-armon doim bir insonga tegishli bo’lmay balki ko’pchilikning aurasini tashkil etadi. Inson, uning hayotdagi o’rni, haqiqiy qiyofasi u o’zi haqida o’zi qanday fikrga kelganligi bilan emas, balki u haqda tevarak-atrofdagilarning, jamoatning fikri qandayligi va unga bergan bahosi bilan belgilanadi. O’ktam Usmonov hikoyalarining deytmotivi mana shu-ham jangovar, ham murakkab g’oya bilan sug’orilgandir. To’plamdagi har bir hikoyada muallifning ehtirosli insoniy pozitsiyasi va e’tiqodi yaqqol ko’zga tashlanib turadi. O’ktam Usmonov xalqning 50-80-yillardagi hayotini har tomonlama tasvirlashga diqqatini qaratgani sababli ham o’z davri ijodkorlari bilan birgalikda xalq hayotining turli jihatlarini hikoyalarida aks ettirgan. Shu tufayli ham O’ktam Usmonov hikoyalarida aks etgan uslubi bilan ham 50-80-yillar yozuvchilariga qiyoslanadi. Yozuvchi hikoyalarida notinch dunyo tashvishlari bilan yashayotgan zamondoshlarining his-tuyg’ulari, ularning tinchlik va do’stlik uchun olib borayotgan kurashlari o’z badiiy ifodasini topgan. U o’z asarlarida tabiiylikni, samimiylikni va jozibadorlikni o’rtaga qo’yishida, yangi mavzularni badiiy 1 Dilmurod Quronov. Cho’lpon nasri poetikasi. - Toshkent. Sharq NMK, 2004- YIL, 231-bet. 46 ifodalashida, yangi fikr aytishga, yangi obraz yaratishga intilishida ham uslubiy o’ziga xoslikni namoyon qilib kelgan. O’ktam Usmonov o’rni bilan lirik chekinishlar qilib, kitobxonni g’oyaviy- hissiy baholariga qo’shilishga undaydi. Ma’lum ma’noda tasvir predmetiga ham goh oshkora, goh pinhona munosabatini ifodalab, kitobxon bilan bevosita muloqotga kirishadi. Yozuvchining xuddi shunday uslublari doimo hikoyalarida yaqqol aks etadi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling