Jigar sirrozi
Download 124.78 Kb.
|
GEPOTITLAR, JIGAR SERIOZI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rtacha miqdorda uchraydigan sabablar
- Kam uchraydigan sabablar
Jigar sirrozi sabablari
Xastalikni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar quyidagilar. Virusli gepatit , turli taxminlarga ko’ra, 10-24% hollarda jigar patologiyasi shakllanishiga olib keladi. Gepatitning B , C , D kabi turlari va yangi aniqlangan gepatit G ham bu kasallikni chaqiradi; Ayniqsa gepatit C uzoq muddat belgilarsiz kechishi, shu sababli kech aniqlanishi tufayli xavflidir. 97 % holatlarda bu kasallik uzoq muddat kechib sirrozga olib keladi. 10 yil va undan ko’proq muddat davomida katta miqdordagi spirtli ichimliklarni iste’mol qilish. Ichkilikning biron bir turiga bog’liqlik yo’q, asosiy omil – bu tarkibida etil spirtining mavjudligi va uning organizmga muntazam ravishda tushib turishi. O’rtacha miqdorda uchraydigan sabablar Immun tizimining buzilishi. Ko’pchilik autoimmun kasalliklar sirrozning rivojlanishiga olib keladi; O’t yo’llarning turli kasalliklari, shu jumladan buyrakdan tashqaridagi obstruktsiya, o’t-tosh kasalligi va boshlang’ich sklerozli xolangit. Bunda ko’pincha o’t yo’llarini o’tkazuvchanligi buziladi, o’t suyuqligi turib qolib, dimlanadi va jigarga zaharli ta’sir ko’rsatadi. O’t yo’llari o’tkazuvchanligi buzilganda 3 oydan 18 oygacha bo’lgan muddatlarda xastalik rivojlanadi. Portal gipertenziya A’zoda qon aylanishi buzilishi va venoz qon turib qolishi (dimlanishi) yoxud Baddi-Kiarri sindromi ham sabab bo’ladi. Kam uchraydigan sabablar Irsiy kasalliklar, xususan genetik jihatdan moddalar almashinuvi buzilishi (glikogen to’planish anomaliyalari, Vilson-Konovalov kasalligi, a-antitripsin va galaktoz-1-fosfat-uridiltransferaza yetishmovchiligi) sabab bo’ladi. Organizmga toksik ta’sir ko’rsatadigan kimyoviy moddalardan zaharlanish. Bu kabi moddalar orasida sanoat zaharlari, og’ir metallar tuzlari, aflatoksinlar va qo’ziqorin zaharlari ayniqsa jigarga qattiq zarar etkazadi; Iprazid, anabolik steroidlar («baquvvat bo’laman deb»), izoniazid, androgenlar, metildofa, inderal, metotreksat va boshqa shu kabi gepatoksik preparatlarni uzoq muddat iste’mol qilish. Juda kam uchraydigan Randyu-Osler xastaligi ham jigar sirroziga olib kelish ehtimoli bor. Agar kasallik sabablari aniqlanmagan bo’lsa kriptogen (noma’lum sababli) sirroz deb ataldi. Bu 12% – 40% holatlarda kuzatiladi. Xastalik rivojlanishi ehtimoli yuqoridagi faktorlar birga kelganda yana ham ortadi. Masalan gepatitga chalingan kishi, uni ustiga alkogolni ham haddan ortiq iste’mol qilsa xavf bir necha barobar ortadi. Download 124.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling