Jigar sirrozi
Download 124.78 Kb.
|
GEPOTITLAR, JIGAR SERIOZI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki bosqichdagi jigar sirrozi alomatlari
Jigar sirrozi – bu surunkali kasallik, vaqt o’tgan sari a’zo to’qimasi qayta tiklab bo’lmaydigan o’zgarishlarga uchrab, yemirilib boradi. Yemirilgan hujayralar o’rnini chandiq biriktiruvchi to’qima egallaydi. Shu tariqa asta-sekinlik bilan a’zo o’z vazifalarini bajara olmaydigan holatga tushib qoladi.
Bu xastalik bemor odamga dastlabki bosqichlarda sezilarli noqulayliklar tug’diradi, oxirgi bosqichlarda esa og’ir o’limga olib keladi. Jarayonni afsuski orqaga qaytarishning iloji yo’q, lekin sifatli va o’z vaqtida ko’rsatilgan tibbiy yordam Xaastalikning rivojlanishini to’xtatib turishning ilojisi bor. Shu sababli kasallikka erta tashxis qo’yish va oldini olish muhim ahamiyatga ega. Jigar sirrozi alomatlari xastalikning turli bosqichlarida turli tuman ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ularni o’z vaqtida payqash va shifokorga murojaat etish inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Mundarija Dastlabki bosqichdagi jigar sirrozi alomatlari Oxirgi bosqichlardagi jigar sirrozi kasalligi belgilari Jigar sirrozi sabablari Jigar sirrozi bosqichlari Sirroz bilan qancha yashash mumkin? Chayld-Pyu bo’yicha jigar sirrozi kasalligi klassifikatsiyasi Jigar sirrozining oqibat va asoratlari Jigar sirrozi diagnostikasi. Jigar sirrozini davolash mumkinmi? Jigar sirrozi davosi Jigar sirrozini oldini olish proflaktikasi Dastlabki bosqichdagi jigar sirrozi alomatlari Har doim ham xastalikning ilk bosqichlarida, kasallik belgilariga qarab tashxis qo’yishning iloji yo’q. Chunki 20 % holatlarda xastalik latent (yashirin) ko’rinishda kechadi va o’zini hech qanday namoyon qilmaydi. Undan tashqari yana 20% bemorlarga ancha kech faqat o’limidan so’nggina tashxis qo’yiladi. Shunday bo’lsa ham qolgan 60% bemorlarda xastalik o’zini ilk bosqichlarda namoyon qiladi va tashxis qo’yishga imkon beradi. Jigar sirrozi alomatlari ichida quyidagilari xastalik haqida oldindan ogohlantiradi. Ba’zi-ba’zida o’ng qovurg’alar ostida paydo bo’ladigan og’riq. Og’riq ko’pincha jismoniy zo’riqishdan yoki qovurilgan, yog’li taomlar va alkagol iste’molidan keyin kuchayadi. Og’izda achchiq ta’m va quruqlik hissi paydo bo’lishi, ayniqsa tong vaqtida. Odamni surunkali ich ketishi va kuchli qorin dam bo’lishi (meteorizm) bezovta qiladi Bemor birmuncha vazn yo’qotadi, tajang va tez charchaydigan bo’lib qoladi. Kasallikning ba’zi formalari, masalan postnekrotik sirroz dastalabki bosqichni o’zidayoq yaqqol alomat teri sariqligini chaqiradi. A yrim hollarda xastalik darrov o’tkir ko’rinishda, hech qanday alomatlarsiz boshlanadi. Download 124.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling