168
O m b o r la r n in g r e z e r v u a r p a r k i
Rezervuarlar omborlarning asosiy jihozi hisoblanadi. Ular silindr (vertikal yoki gorizontal) va shar shaklida ishlanadi. 0 ‘rnatilish usuliga qarab rezervuarlar yer ustida, qisman yer ostida va yer ostida o'rnatilishi mumkin.
Silindr shaklidagi vertikal rezervuarlar, asosan, katta hajmdagi suyuqliklarni saqlashdaishlatiladi. Ular 50 dan 10000 m3gacha va undan ham ko‘proq sig‘imli qilib ishlanadi.
Katta rezervuarlar bir necha listlardan payvandlab yasaladi, listlaming qalinligi yuqoriga qarab kamaytirib boriladi, chunki yuqoriga ko‘tariigan sari gidrostatik bosim kamayib boradi. Po‘lat rezervuarlar uchun, payvandlash sharoitining bikirligi va ishonchliligiga qarab, list qalinligi kamida 4 mm bo‘lishi lozim. Sig‘imi 1000 m3gacha bo‘lgan rezervuarlar bir xil qalinlikdagi listlardan yasaladi, ularning hisobiy qalinligi kamida
mm bo‘ladi. Bir belbog‘ning listlari bir-biriga uchma-uch, belbog'Iar esa bir-biriga ustma-ust, teleskopik payvandlanadi (75-rasm).
Rezervuarning yuqorigi qirrasiga burchaklik yoki tasmadan bikirlik halqasi o‘rnatiladi. Qopqoq 1:20 qiyalikda yasaladi. U po‘lat fermalar yoki qo‘shtavrli to‘sinlarga, ular esa, o‘z navbatida, rezervuarning qirrasiga tayanadi. Qopqoqning cheti tepadagi bikirlik halqasiga payvandlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |