Jihozlar va loyihalash asoslari


Download 399.19 Kb.
bet144/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

Metall va qotishmalar oksidlash xususiyatiga ega bo‘lmagan reaktiv tasnifidagi tuzlar texnologiyasida yuqori legirlangan po lat materiallar keng qo'llaniladi. Masalan «k.t» va «t.u.t» markali MoS04 • 7H20 ni olish uchun molibden bilan legirlangan po‘latdan tayyorlangan neytrallashtiigich
2 0 6

www.ziyouz.com kutubxonasi


va kristallashtirgichlardan foydalaniladi. Reaktiv moddalar ishlab chiqarishda past legirlangan po‘lat kamdan-kam ishlatiladi.


0 ‘ta toza reaktivlar texnologiyasida ushbu muhitda korroziya tezligi 10'5g/(m2• s) dan kam bo‘lgan materiallardan foydalanish tavsiya etiladi.
Keng tarqalgan texnik metall va qotishmalar ularda korroziya tezligi nisbatan yuqori bo‘lishi tufayli o‘ta toza moddalar texnologiyasida juda kam qo‘Uanadi. Tarkibida oksidlovchi bo‘lmagan muhitda o‘ta toza moddalar olish uchun asl metallardan (masalan, HF ishlab chiqarishda platina va palladiydan) olingan konstruksion materiallar ishlatishning istiqboli porloq. Platinadan masalan, zonali eritish uchun (1500°C) konteynerlar, elektrodializatorlar uchun elektrodlar va ko‘plab boshqa jihozlar yasaladi.
Lekin, asl metallarni ham agressiv muhitga mutlaqo yoki universal chidamli deb bo‘lmaydi. Platina quruq xlorda (260° C dan yuqorida) 0,62 g/(m2• soat) tezlik bilan buziladi, 96 % li sulfat kislotasi va 36 % li xlorid kislotasida 100°C dan yuqori haroratda 0 2 H N 03, FeCl2 va boshqa oksidlovchilar ishtirokida jadal korroziyalanadi.
Palladiy azot, hamda fosfor va xlorid kislotalarida kislorod ishtirokida korroziyaga uchraydi.
Metallar ichida tantal alohida e’tiborga sazovor, 60 % li N N 03da 20-30° C haroratda uning korroziyaga uchrash tezligi 10-5 g/(m2 • soat) dan kam, 36 % li HCl da esa 100°C haroratgacha 10'4 g/(m2 • soat) dan kam. Tantal 250, 300, 400°C haroratlargacha tegishli ravishda xlor, brom va yod bilan o‘zaro ta’sir lanmaydi. Tantalning karroziyaga yuqori chidamliligi uning yuzasidagi yupqa oksid pardaning turg‘unligi bilan bog‘liqdir.
Konstruksion material tanlashda avvalambor tarkibida mikro qo‘shilmalar miqdori 10 3 % ko‘p bo'lmagan va kimyoviy turg‘un materiallar sinfiga mansub bo‘lgan birikmasi qayta ishlashga beriladigan metall afzal ko‘riladi. Masalan, nikelning o ‘ta toza tuzlarini kristallantirish va quritish operatsiyalarini yuqori sifatli nikeldan yasalgan apparatlarda olib borish mumkin.

0 ‘ta toza moddalar olish texnologiyasida elektrolitlar eritmaiari ishlatilganda galvano qoplamasi asl va boshqa metallardan yasalgan apparatlardan foydalanish maqsadga muvofiq emas, negaki ularda g‘ovaklar mavjud bo‘lganda (1 sm2 da o'nlab va yuzlab) ular galvanik juftlikning anodi sifatida «m uhofazalanadigan» m etallning elektrokimyoviy korroziyasini tezlashtirishga olib keladi.



Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling