Ko‘mirgrafitli materiallar. Reaktiv tasnifga ega kislotalar va ayrim o‘ta toza moddalar ishlab chiqarish uchun GF-2 va ATM-1 grafitop-lasdan yasalgan nasoslar, issiqlik almashtirgichlar, massa almashtiruv kolonnalari va trubalardan foydalaniladi. Ularning kimyoviy barqarorligi grafitning g‘ovakligini kamaytirish uchun shimdirilgan polimerlarning barqarorligi bilan aniqlanadi. Keyingi paytlarda g‘ovakligi kam modifikatsiyalangan grafit (pirografit, qayta kristallangan grafit va hokazo) olish usuli yaratilgan.
0 ‘ta toza grafitdan o‘ta toza moddalar olishga mo‘ljallangan elektrodializ qurilmalari uchun elektrodlar yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |