Jihozlar va loyihalash asoslari


XTT BOB. REAKTIVLAR VA « 0 ‘TA TOZA» M ODDALAR ISHLAB CHIQARISH UCHUN KONSTRUKSION MATERIALLAR


Download 399.19 Kb.
bet143/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

XTT BOB. REAKTIVLAR VA « 0 ‘TA TOZA» M ODDALAR ISHLAB CHIQARISH UCHUN KONSTRUKSION MATERIALLAR
Texnikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi kimyoviy mahsulotlar sifatiga qo‘yiladigan talablarni yanada oshirmoqda. O'ta toza kimyoviy reaktivlarga bo‘lgan ehtiyoj ham to‘xtovsiz oshib bormoqda. Bunday mahsulotlami olish uchun sifat jihatidan yangi konstruksion material-lardan yasalgan apparatlar zarur. Agarda texnik mahsulotiar ishlab chiqarishda konstruksion materiallar apparatlarning ko‘pga chidash sharoitlari va ishining ishonchliligini hisobga olgan holda tanlanadigan bo‘lsa, reaktivlar va o‘ta toza moddalar ishlab chiqarishda ularni tanlashda tayyor mahsulotning zarur sifatlarini ta’minlash sharoitlari asos qilib olinadi. Texnik mahsulotlarda asosiy moddaning miqdori odatda 90-99 % ni tashkil etadi, ularda ko‘p hollarda faqat 5-6 xil qo'shimchalarning miqdori reglamentlanadi xolos. Reaktiv tasnifga (k.t. — kimyoviy toza va tahlil uchun toza — t.u.t) ega kimyoviy mahsulotlarda asosiy moddaning miqdori 99% dan yuqori bo'ladi, reglamentlanadigan qo‘shimchalar soni esa 12-15 taga yetadi. 0 ‘ta toza moddalar barcha qo'shimchalar miqdorining yig‘indisi taxminan 10-5 VlO-4 % (massa bo‘yicha) dan ortiq bo'lmagan oblastdan boshlanadi.
«Puxta» va «mutlaqo puxta» degan termin u yoki bu konstruksion materialni o‘ta toza modda va reaktivlar olish texnologiyasida ishlataversa bo‘ladi degani emas. «Puxta» termin bilan masalan, ishqorlarning issiq eritmasida taxminan 0,1 g/m 2• soat massasini yo'qotadigan nikel tavsiflanishi mumkin. Lekin bu holda sig‘imi 100 1bo'lgan apparatda 1,5 soatdan so‘ng nikelning eritmadagi miqdori 10-4 % dan: ko‘proq bo'Iadi va ishqor tozaligi bo'yicha o‘ta toza moddalar sinfiga qo‘yiladigan talablarga javob bermaydi va bu sinfga mansub bo'lmay qoladi. Reaktivlar ishlab chiqarish uchun «juda puxta» yoki «mutlaqo puxta» guruhiga mansub konstruksion materiallarni tanlab olish lozim. O'ta toza moddalar olish uchun bu materiallarni tanlash esa ko‘p hollarda maxsus tajribalar olib borish yoki chop etilgan ilmiy izlanishlar natijalarini hisobga olishni talab etadi.

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling