Jihozlar va loyihalash asoslari


Rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi


Download 399.19 Kb.
bet139/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

11.2. Rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi
Kimyoviy jarayonlar ko‘pincha 250 dan 1000°S gacha haroratda va 200 MPa gacha bosimda hamda chuqur vakuumda olib boriladi. Bunday sharoitlar qurilmalar konstmksiyasi va uni ishlatish jarayonida saqlanib qolishiga qo‘shimcha talablar qo‘yadi.
Qurilma, qachonki uning uchun belgilangan ish muddatini toMa o‘tab ishlab bersa, shundagina ishonchli hisoblanadi. Ammo, foydalanish jarayonida uning jismonan yemirilishi va ma’nan eskirishi sodir boMadi.
Uzik vemirilish —bu detal va uzellarning shakli, oMchamlari, butunligi va fizik xossalarining o‘zgarishidan iborat.

M a’nan eskirish —bu qurilmalaming mehnat unumdorligi va foydali
198

www.ziyouz.com kutubxonasi


ish koeffitsientining pastligi, chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining talabga javob bermasligi, ishonchliligining kamayishidan kelib chiqib ilg‘or texnikalar darajasidan orqada qolishidir. Fizik yemirilish yo‘l qo'yilgan me’yorlar chegarasidan crieklanishlarni o‘lchash va ko‘rib chiqish orqali aniqlanadi. Me’yordan oshib ketish qurilma yoki uning detallarini ishonchliligini tegishlicha qayta tikamay turib, undan endilikda foydalanish mumkin emasligini ko'rsatadi.


Fizik yemirilish mexanik, korroziyadan (yalpi, kristallararo, kimyoviy, vodoroddan, tuproqdan, atmosferadan va kontakt korroziyalari), erroziyadan, charchash va issiqdan (surilish, relaksatsiya, materialning grafitlanishi) yemirilishni o‘z ichiga oladi.
Yemirilishni sifat (korroziya mahsulotlarini mikroskop ostida ko'rish, yuvib o‘tilayotgan muhitning rangini o‘zgarishi va hokazo) va massa miqdoriy (masalan, korroziya tezligini va mexanik tavsiflarini aniqlash) yoki hajmiy usullar bilan aniqlaydilar.

Yemirilishni aniqlash instrumenti sifatida yana mikrometr, krontsirkulb, shtangentsirkulb yoki tarozidan ham foydalaniladi. Ish jarayonida qurilmaning yemirilishini integral usulda aniqlanadi. Bu usulga ko'ra, ishqalanayotgan yuzalar yemirilishi natijasida moylovchi yog‘ga o‘tgan metall miqdorini aniqlash ko‘zda tutiladi.


Amaliyot shuni ko'rsatadiki, qurilmalarning yarmining ishdan chiqishiga texnik xizmat ko'rsatish sifatining pastligi sabab bo‘ladi. Qurilmalarni doim ishga taxt bo‘lib turishini ta'minlash uchun reja — ehtiyot ta’mir (RET) tizimi yaratilgan.
RET grafigi quyidagilami ko‘zda tutishi lozim: 1) ta’mirlashga ketadigan vaqt sarfi; 2) ta'mirlashga ketadigan ishchi sarfi; 3) ehtiyot qism va moslamalarning zarur miqdori; 4) qurilmalarni modemizatsiya qilish.
Ta’mirlash rejasini ushbu qurilma uchun ta’mir!araro siklni, ya’ni ikkita kapital ta'mirlash orasidagi ish vaqtini hisobga olgan holda tuziladi. Yangi qurilma uchun ta'mirlararo sikl bu qurilma foydalanishga topshirilgandan to birinchi kapital ta'mirlashgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Ta'mirlararo siklning davomiyligi olib borilgan ta'mir ishlarining soniga, qurilmanmg holatiga va undan foydalanishning sifatiga bog‘liq. Har qanday kategoriyadagi ikkita ta’mirlash o'rtasidagi vaqt bilan ifodalanadigan ta’mirlararo sikl mavjud.

RET ta’mirlararo xizmat ko'rsatish, kundalik ta'mirlash, kapital ta’mirlashni ko'zda tutadi.


199

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling