38-rasm. Suyultirilgan oltingugurtni yondirish uchun kamerali pech:
— korpus; 2 — teshiklar o'yilgan to'siqlar; 3 — qoplama; 4 — havo kirishi uchun g‘ilof; 5 - oltingugurt uchun purkagich; 6 - mazut purkagichi.
112
www.ziyouz.com kutubxonasi
39-rasm. Suyua fosfomi yondirish uchun minora —pech:
1—qobiq; 2 —quyuvchi qopqoqli kosacha; 3 —lyuk; 4 —uch yurishli burama quvur (zmeevik); 5 - fosfomi yondirish uchun purkagich (forsunka); 6 —yonishga
havo uzatuvchi qurilma; 7 - tiigovich; 8 —suv kollektori; 9 —kislota kollektori;
10 — kaskadli purkagich; 11 - qoplama (futerovka).
ikkita kamerali. Ulardan eng ko‘p tarqalgani ikki kamerali pech bo‘lib, u olovbardosh g'isht bilan qoplangan ichiga teshikli to‘siq o'rnatilgan po‘lat silindrdan iborat. To‘siqlar pechni 2 ta: yonish va yonishni oxiriga yetkazish kameralariga bo'Iadi. Bu pechlaming ish unumi yondirilayotgan oltingugurt bo‘yicha sutkasiga 30 dan
113
www.ziyouz.com kutubxonasi
240 tonnagacha. Pechning issiqlik kuchlanishi 100 kW/m3gacha. Pechning yon tomoniga o'rnatilgan purkagich (forsunka) dan oltingugurt beriladi, oltingugurt o‘t olishi uchun havo suyuq oltin-gugurt purkalayotgan bo‘limga dam bilan puflaydigan qutidan beriladi.
Oltingugurtli gaz quvurcha orqali chiqariladi.
Pech undagi olovbardosh qoplama g‘ishtlarining yuzasi maxsus grelkalardan 1000°C gacha qizdirilgandan keyin ishga tushiriladi. Shundan so‘ng yon tomondagi yoqilg‘i va xomashyo beradigan purkagichlar ishga tushiriladi. Pech ishga tushirilayotganda havoning siyraklanishi 50—100 Pa bo‘lishi kerak.
Minora-pechlar (39-rasm) suyuq fosforni yondirish, fosfor (V) oksidni, uning konsentratsiyasini oshirish va gazlami sovitish maqsadida sikl bilan harakatlanadigan fosfor kislotasi vositasida gidratlash uchun ishlatiladi. Pech ichi qoplangan konus shaklidagi vertikal o‘rnatilgan korpusdan iborat. Minoraning kesik konus shakli fosfor kislotasining devorlardan bir tekis oqib tushish imkonini beradi va bu bilan qoplamani cho‘g‘ bo‘lib turgan gazlar ta'siridan saqlaydi. Qopqoqli kosasimon idish kerakli konsentratsiyadagi sikl bilan harakatlanadigan fosfor kislotasini tayyorlash uchun mo‘ljallangan (38-rasmga qarang). Hosil bo‘lgan kislotaning konsentratsiyasi (75%) ma’lum hajmda suv yuborish yo‘li bilan bir xilda tutib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |