Jihozlar va loyihalash asoslari


-rasni. Suyuq ammiak uchun rezervuar jihozlarning sxemasi


Download 399.19 Kb.
bet117/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

80-rasni. Suyuq ammiak uchun rezervuar jihozlarning sxemasi:
1 - drenaj shtutser (kalta); 2 —o‘lchov oynasi uchun shtutser; 3 —termometr cho‘ntagi; 4 —sath ko‘rsatkich; 5 — sath signalizatori uchun shtutser; 6 — havo oqimi bilan tozalash uchun shtutser; 7 — qabul qiluvchi — tarqatuvchi shtutser;

8 -

manometr uchun shtutser; 9 — sath ko‘rsatish uchun shtutser, 10 —tuynuk;

11 -

saqlovchi klapanlari; 12,13 —uch tomonga qaragan jo'm rak va uni o‘rnatish

uchun shtutser; 14 —gazsimon ammiak uchun shtutser; 15 —zaxiradagi shtutser, 16 —isitish qurilmasi; 17,18 - bug‘ kirishi va kondensat chiqishi uchun shtutser.
jihozlanadi (80-rasm). Sifonli quvurlar rezervuarning pastki qismidagi chuqurlashgan (ifloslar yig'iladigan) joygacha yetib boradi. Rezervuarlarni to‘ldirish va bo‘shatish sifonlar va ularga ulangan ventillar orqali amalga oshiriladi. Rezervuarlami bo‘shatish unga beriladigan siqilgan gaz yoki quritilgan havo bosimi ostida yuz beradi. Sifonlar yordamida rezervuarlarda qolgan gaz qoldiqlaridan ham tozalanadi.
Har bir rezervuar ikkita saqlovchi klapan bilan jihozlangan bo‘lib, ular bosim belgilangandan oshib ketganda gazsimon mahsulotni tezlik bilan chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan. Agarda saqlovchi klapanlarga agressiv muhit ta’sir qilsa, ularning oldiga bu muhitga chidamli bo‘lgan materialdan muhofaza plastinkalari o'rnatiladi. Rezervuarda bosim ko'tarilsa, plastinkalar buziladi. Klapanlami siniqlar bilan tiqilib qolishining oldini olish uchun plastinka va klapan orasiga muhofaza idishi o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Saqlash klapanidan chiqib ketgan gazlar tutib olish uchun kollektorga yo‘naltiriladi.

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling