Jihozlar va loyihalash asoslari


Download 399.19 Kb.
bet2/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

Taqrizchilar:
To‘xtayev C.T. — 0 ‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo institutining laboratoriya mudiri, O'zRFA akademigi, t.f.d.;

Sharipov X.T. — TKTI ning analitik kimyo va nodir metallar texnologiyasi kafedra mudiri, prof., kimyo fanlari doktori;

Jalilov A.X. — ToshDTUning o‘quv-uslubiy boiim i boshligi, t.f.n., dotsent.


ISBN 978-9943-319-92-9

© O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010


www.ziyouz.com kutubxonasi




KIRISH
Mustaqil 0 ‘zbekiston o‘z xalqi tanlagan yo‘ldan —ochiq erkin bozor munosabatlari yo‘lidan, adolatli jamiyat qurish, bosqichma-bosqich kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo'lidan bormoqda.
Davlatimiz o‘z fuqarolarining ozod, erkin, baxtiyor, farovon yashashini ta’minlashni, ularning moddiy va ma’naviy hayot darajasini oshirishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.
Bu maqsadni amalga oshirish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ilm-fan va texnika taraqqiyotiga suyangan holda yoMga qo‘yishni va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni talab etadi. Fan va texnika taraqqiyotining tezlashishiga avvalambor turli jarayonlarni avtom atlashtirish va m exanizatsiyalashni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan jihozlarni yaratishga kam material va metall sarflash orqali erishiladi. Bu narsa birinchi navbatda kimyo mashinasozligida ishlab chiqarilayotgan uskunalar, texnologik tizimlar hamda ko‘p tonnali kimyoviy mahsulotlar: kislotalar, ishqorlar, metanol, mineral o‘g‘itlar, jumladan, karbamid va boshqa moddalar ishlab chiqariladigan avtomatlashtirilgan tizimlarga taalluqlidir. Yangicha kechadigan texnologik jarayonlar uchun zamonaviy issiqlik va massa almashinuvi, vakuumli reaktorlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish lozim.
Sanoatda metall mahsulotlar va konstruksion materiallaming tejamkor turlari, shu jumladan, kompozitsion materiallar keng miqyosda ishlatilishi ko‘zda tutilmoqda. U$hbu materiallarning mustahkamlik va korroziyaga qarshi ko‘rsatkichlari yaxshilanishi lozim. Korroziyaga chidamliligi nihoyatda yuqori boMgan qurilmalar ishlatilishini talab qiluvchi toza va o‘ta toza reaktivlar ishlab chiqarish va ularning assortimentini kengaytirish alohida ahamiyatga ega.
Faqatgina yangi zavodlar qurish yoki ishlab turgan korxonalarning sonini ko‘paytiribgina kimyoviy mahsulotlarning miqdorini oshirish bilan birgalikda ularning tannarxini pasaytirishga erishib boMmaydi, balki bu narsani ta'minlash uchun takomillashtirish va yakka quwati yuqori boMgan qurilmalami yaratish zarur. Bunday qurilmalar tejamkor boMib, kam joy egallaydilar, ularni yasashga kam metall sarf boMadi hamda ularga nisbatan kam odam xizmat ko‘rsatadi.
Ayrim qurilma va sexlarning unumdorligi anchagina oshganda ishlab chiqarishning bir tekis faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash uchun zaxiraviy va bufer idishlar qoMlash iqtisodiy jihatdan samarasiz boMib qoladi, chunki
3

www.ziyouz.com kutubxonasi


bu narsa ishlab chiqarish maydonlarining keskin ravishda kengaytirilishini talab qiladi. Shu tufayligina mashina va qurilmalarning mustahkamligini oshirish masalasi juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu narsaga esa ularning tuzilishini takomillashtirish, yangi materiallardan foydalanish va korroziyadan asrashning ishonchli usullarini qollash orqali erishish mumkin. Korxona faoliyatining bir tekisda kechishini ta'minlash uchun reja bo‘yicha belgilangan ehtiyot ta'mirlash ishlarini ilmiy asosda tashkil etishni yaxshilash zarur, qurilmalarning unumdorligini oshirishning eng samarali usullaridan biri, bu «qaynovchi qatlam» usulini, yuqori bosim, katalizatorlar, ultratovush bilan ta’sir ko‘rsatishni va hokazolarni qo'llash orqah jarayonni jadallashtirishdir. Bu tadbirlar texnologik jarayonga alohida turdagi qurilmalar qo‘llashni taqozo etadi.


Texnologiya va ishlatiladigan qurilmalar o‘zaro uzviy bog‘langan boTib, har bir jarayonga mashina va qurilmalarning maTum aniq turlari termasi mos keladi. Ishonchli va tejamkor ishlab chiqarish jarayonini yaratish mutaxassisdan ushbu ishlab chiqarishda o'rnatilgan mashina, moslama va qurilmalar to‘g‘risida aniq bilimlarga ega boTishini talab qiladi. Undan mashina va qurilmalarning tuzilishi va ishlash tamoyillarini, ulaming afzalliklari va kamchiliklarini, unumdorligini hisoblash usullarini, qurilmaning mexanik mustahkamligini taxminiy baholash mahoratiga ega bo'lish hamda ularni korroziyadan saqlashning asosiy usullarini va turli materiallarning o‘zini korroziyaga qarshi chidashini bilish talab etiladi. Yangi ishlab chiqarishni tashkil etish yoki amaldagisini qayta qurishda mutaxassis laboratoriya sharoitida va yarimsanoat sharoitidagi qurilmalarda olib borilgan tadqiqot natijalarini qo‘llay olish va qurilmalarni keng miqyosda joriy etishning tamoyillarini bilishi zarur. Buning uchun ko‘pgina fanlardan: kimyoviy texnologiyaning qurilmalari va jarayonlari, jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslari, ishlab chiqarishning maxsus texnologiyasi, amaliy mexanika va kimyo sanoati iqtisodiyoti bo‘yicha olgan bilimlaridan foydalanadi.
Yangi ishlab chiqarishni barpo etish jarayonlari. Respublikada sanoat ishlab chiqarish o‘sish sur’atlarini oshirish va mahsulotlarning dunyo standartiga mosligini ta’minlash uchun yangi korxonalarni qurish va eskilarini ta’mirlash zarur boTdi. Ijtimoiy mehnat unumdorligini o‘stirishga sanoatni tez sur’atlar bilan rivojlantirish uchun sarflanadigan mablag'ni ko‘paytirish bilan emas, balki texnika bilan qurollanish darajasini oshirish, loyihalanuvchi korxonalarni oqilona joylashtirish bilan erishiladi.
4

www.ziyouz.com kutubxonasi


Loyihalash —qidiruv ishlari hajmining tinimsiz o‘sishi, har yili turli murakkab sharoitda korxonalami joylashtirishda ishlanayotgan loyihalar borasida qo‘shimcha muhandislik va iqtisodiy talablar qo‘yilmoqda. Bino va inshootlarni dastlabki ishlangan loyiha va smetasiz qurish mumkin emas, chunki qurilish montaj ishlarini boshlashdan oldin qayerda va qanday qurilish bo‘ladi, u qanchaga tushadi, qancha va qanday qurilish materiallari, mehnat resurslari, jihozlar kerak bo‘ladi, qurilish qanchagacha davom etadi va mo‘ljallangan obyekt qurilishi va ekspluatatsiyasi tejamkor bo'ladimi yoki yo‘qmi, bularning hammasini bilish kerak. Bu savollarga javobni loyiha va smetadan olish mumkin,


Loyihada o‘ta muhim muammolarni va mas’uliyatli muhandislik masalalarini hal qilishda ushbu konkret sharoitda eng samarali ishlab chiqarish usulini, apparat va mashinalarning o‘lchamlari va miqdori, shuningdek, jihozlarning ma’qul rejimda ishlashini aniqlash, tanlash juda muhimdir. Loyihalashning murakkabligi shundaki, ko‘p muhandislik muammolari bir-biri bilan chambarchas bog'langan va ularni yechish geografik (qurilish maydoniga, xomashyo va mahsulotni tashish masofasiga, iqlimiga), ijtimoiy (mehnat muhofazasi va atrof muhitga, mehnatkashlarning uy-joy, maishiy turmush sharoitlariga) va iqtisodiy omil (kapital sarliyotlar, mahsulot tannarxi, chiqimini qoplay olishi va boshqalar)ga bog‘liq.
Loyihalashning eng muhim iqtisodiy masalalariga quyidagilar kiradi:

    1. odamlar, industriya va tabiatning bir-biriga o‘zaro munosabati-ning maqbulini topish;




    1. ishlab chiqarishning eng maqbul loyihasini ta'minlovchi ichki korxona omillarini hisobga olish;

  1. maqbul hajmiy rejalanuvchi va samarali qurilish materiallarini tanfash;

  2. mehnat unumdorligini orttirishda, sanitariya texnika sharoitlarni hisobga olish.

Ayrim sexlar, ularning qismlari, butun korxonalar turli xil ishlab chiqarishni birga qo‘shilgani yoki loyihalanilayotgan korxonalaming atrof-muhiti loyihalash obyektlari bo‘lib hisoblanadi. Loyihalash bu qurilishning tayyorgarlik bosqichidir. Texnik iqtisodiy asoslash sifati va loyihalashning yuqori darajasi qurilishning smeta qiymati, qurilishning davomiyligi, kapital xarajatlarning samaradorligiga bog'liq boMadi.
Yangi ishlab chiqarishni barpo etish qimmat va uzoq davom etadigan jarayondir. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishning sanoat usuli yoki
5

www.ziyouz.com kutubxonasi


yarim mahsulotni olishning yangi, ancha takomillashgan usulini ishlab chiqish uchun tadqiqotchilar, konstruktorlar, texnologlar, iqtisodchilar, quruvchilardan iborat yirik jamoaning 3—10 yil vaqti sarflanadi.

Yangi kimyoviy ishlab chiqarishni barpo etishda muhandis-texnologlar yetakchi o‘rinni egallaydi. Ular korxonaning barcha bosqichlarida, ya’ni u yoki bu mahsulotga talabni aniqlashdan tortib, to ishlab chiqarishni sinash va o‘zlashtirishgacha bo‘lgan ishlarda faol qatnashadilar. iMuhandis-texnologning ishi o‘ta mas’uliyatli bo‘lib, bunga laboratoriya tadqiqotlari yo‘nalishini va ishlab chiqarish usulini tanlash, adabiyot ma'lumotlari va laboratoriya tadqiqotlari, pilot yoki tajriba — sanoat qurilmalari natijalariga ko‘ra, mahsulot olinadigan turli usullarni solishtirish va baholash kiradi. Har qanday ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda barcha texnik-iqtisodiy va texnologik hisoblar asosida (xomashyo bo‘yicha sarflash koeffitsientlari va energiya va jihozlarning o‘lchamlari hamda miqdori va boshqalar) bajariladi.
Sanoat obyektini loyihalash bosqichida muhandis kimyogar texnolog loyihalash institutining ko‘p bo‘limlari ishlarini boshqaradi, u dastlabki ma’lumotlarni beradi va turli sohalardagi mutaxassislqr-mexanik, energetik, issiqlik texnigi, quruvchi, iqtisodchi va boshqalarga topshiriq tayyorlaydi.
Ushbu o‘quv darslik «Kimyoviy texnologiya» yo‘nalishi bolyicha tahsil oluvchi bakalavrlarga mo‘ljallangan bo‘lib, materialni bayon etishda asosiy e'tibor birinchi navbatda kimyo sanoati qurilmalari, ularning texnologik vazifalari va tayin bir ishlab chiqarish uchun ularni tanlab olishni yoritish masalalariga va loyihalashning asosiy jarayonlarini berishga qaratildi.
0 ‘quv darsligi bu borada o‘zbek tilida yozilayotgan birinchi kitob bo‘lganligi uchun kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi tabiiy, shuning uchun mualliflar o‘quv darslikni yaxshilashga qaratilgan kamchiliklarini ko‘rsatgan va o‘z tilaklarini bildirgan barcha o‘quvchilarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etadilar.

6


www.ziyouz.com kutubxonasi







  1. Download 399.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling