Jihozlar va loyihalash asoslari


Download 399.19 Kb.
bet8/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

Cho‘yanlar. Narxi arzonligi va mexanik xossalari yuqori boTgani uehun cho‘yan konstruksion material sifatida texnikada keng ishlatiladi. Cho‘yan egiluvchan boTmasa-da, yaxshi kesib ishlanadi. Sanoatda kulrang cho‘yanning 10 xil markasi ishlab chiqariladi (CM 10 dan CT 45 gacha). Harflardan keyingi raqam cho‘yanning cho‘zilishga boTgan mustahkamligining o‘rtacha qiymatini ko‘rsatadi (o‘nlab megopaskalda).
Kimyo sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarishda kulrang cho‘yan cheklangan miqdorda ishlatiladi, chunki bu cho‘yan 250°C haroratda va 0,6—0,8 MPa dan yuqori boTmagan bosimda ishlaydi. Cho'yanning kimyoviy moddalarga chidamliligi ham uncha yuqori emas.
14

www.ziyouz.com kutubxonasi


CM 21 va undan yuqori markali cho‘yanlar o'zgaruvchan yuk ostida ishlaydigan (masalan, nasos va kompressorlarning porshenlari) detallar, past markali cho‘yanlar esa mas'uliyati kamroq detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Ishqoriy eritmalar, suyuqlanmalar bilan ishlaydigan qurilmalar yasash uchun ishqorlar ta’siriga chidamli xrom (0,4—0,8%) va nikel (0,5-16% ) bilan legirlangan cho'yan (CHIL(-1, CHII)-2) ikki xil markada ishlab chiqariladi. Bu cho‘yanlar qattiq natriy ishqori ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Azot va xlor kislotasi ta'sirida ishlaydigan qurilmalar va quvurlar yasash uchun tarkibida kremniy miqdori ko‘p bo‘lgan (15—17%) cho‘yan ishlatiladi. Xlorga qarshi MO-15 markali cho‘yan tarkibida 15% Si va 4% Mo bo‘lib, u konsentrlangan qaynoq xlor kislotasi ta’siriga chidamlidir. Lekin bu materiallar juda mo‘rt bo‘lib, harorat o‘zgarishiga ta’sirchanligi yuqori va ularga faqat abraziv materiallar bilangina ishlov berish mumkin. Shu tufayli ular cheklangan miqdorda ishlatiladi.


Rangli metallar. Kimyo sanoatida rangli metallardan aluminiy, mis, qo‘rg‘oshin va titandan keng foydalaniladi.

Aluminiy oksidlovchi muhitda hosil bo‘lganligi uchun uning yuzasi mustahkam yupqa oksid pardasi bilan qoplangan bo‘ladi. Shuning uchun azot kislotasi ishlab chiqarishda samarali qo‘llanadi. Undan konsentrlangan kislotalar ishlab chiqarishda, saqlash va tashishda zarur bo‘lgan barcha asbob-uskunalar, jumladan, oqartirish ustunlari, yutuvchi minora, sovitgichlar, sisternalar va boshqalar yasaladi. Aluminiy konsentrlangan azot kislotasi ta’siriga chidamli boMgani bilan, ishqorlar eritmasi va suyultirilgan kislotalar ta’siriga chidamsizdir. 11069—74 raqamli Davlat standartiga binoan sanoatda 11 markada: tozaligi 99,0% borigan AO aluminiydan tortib, tozaligi 99,9999% boHgan A 999 aluminiygacha ishlab chiqariladi. Kimyoviy jihozlar yasashda tozaligi




  • 99,7; 99,6; 99,5 boHgan tegishlicha A7, A6, A5 va AO markali aluminiy ishlatiladi. Aluminiy qator ijobiy xossalarga ega boHib, ular jumlasiga uning yuqori issiqlik o‘tkazish qobiliyati (poHatdan 4,5 baravar yuqori), zichligining kichikligi, uning yaxshi cho‘zilishi va shtampovka qilinishini ta’minlovchi yuqori egiluvchanligi kiradi. Ammo uning quyuvchanlik xususiyati past boHib, unga kesib ishlov berish qiyin, mustahkamligi past. Mustahkamligini oshirish uchun unga mis va magniy qo‘shiladi, hosil boHgan qotishma duraluminiy deyilib, uning mustah-kamligi toza aluminiynikidan 4—5 baravar yuqoridir, lekin korroziya bardoshligi pastroq. Duraluminiyning korroziyaga chidamliligini oshirish


15

www.ziyouz.com kutubxonasi


uchuii list aluminiyning ikkala tomoniga toza aluminiy qatlami purkaladi, qatlamning qalinligi list qalinligining 3—5% ni tashkil qiladi. Aluminiydan tayyorlangan qurilmalarda harorat 20Q°C dan, bosim esa 0,5 MPa dan oshmasligi kerak. Aluminiyni kavsharlash argon va geliy muhitida amalga oshiriladi.

Kimyoviy qurihrialar yasashda mis bebaho konstruksion material hisobianadi. Mis M00 (99,99%) dan M4 (99,0%) gacha va 6 markada ishlab phiqariladi. Kimyoviy qurilmalar yasashda M2 (99,7%) va M3 (99,5%) markali mis ishlatiladi. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri yuqori darajada issiqlik o‘tkazuychanligidir. Mis o‘ta mustahkam oksid qallami hosil qila olmaydi, shuning uclnm «oksidlovchi» kislotalar ta'siriga chidamsiz. Ishqorlar va ammiak eritntasida, tuz kislotasida agar bosliqa oksidloychilar bilan, qisman havo bilan to‘qnashmasa, u ancha bardoshli. Bunday muhitlarda misdan yasalgan qurilmalarda oksidlar: Cu2Q va CuQ hosil boMsa, u ycmirila boshlaydi- Misning eng muhim xususiyatlari uning jnda past haroratda ham mustahkamligi, issiqjik o'tkazuvchanligi va zarblar ta’sirida qayishqoqljgini saqlab qolish xususiyatlaridir. Bu xususiyatlari tufayli undan o‘ta sovuq sharoitda hamda issiqlik almashinib tmadigan qurilmalar yasashda foydalaniladi,
Kimyp masbmusozhgida misuins qqtishmalari—bronza va latundan harn keng foydalaniladi. Latun^-rpisutng rux bilan, brpnz.a esa uning qalay yoki boshqa metallar bilan qotishmasi bo‘Jib, ujarni aluminiy,
tcmir, matgancs va nikel Jcabi metahar bilan legirlash mumkm. Issiqlik almashJnib turadigan va o‘ta sovuq sharoitda ishlaydigan
qurilmalar uchun Jatuu, ishqalanishga chidamli detallar yasash uchun esa bronza ishlatijadi.
Qah=g*Qsl?in sulfat kislota ta'siriga o‘ta chidarnh- Shuning uchun u sulfat kislota islilab chiqarish sanoatiga zarur bo‘lgan qurilmalar yasashda ishlatiladi- Ammo yumshoq, O'tq zjch ya napci yuqori bo‘lgani uchun hoziigi paytda uning o‘rniga boshqa konstruksion materiallami qo‘llash ko‘zda tutilmoqda.
Kimyoviy asbob-uskunalar yasashda ishlatiladigan istiqbolli metallardan biri titan bo‘lib, u qaynayotgan azot kislotasi, nitratlar, xloridlar eritmasi, nam xlorli karbamid ta’siriga chidamli, lekin qaynayotgan azot kislotasjning kpnsentratsiyasi 98% bo‘lsa, titan yonib ketadi va pprtlash yuz beradi. U sulfat, xlorid, fosfat va plavik kislotalar, tarkibida azot oksidi bo‘lgan azot kislotasi va ishqorlar ta’siriga chidamsizdir. Titan qimmatbaho metall hisoblanganligi uchun undan
16

www.ziyouz.com kutubxonasi


0,5—5 mm qalinlikda qoplama listlar yasashda foydalaniladi. Titan listlar qoplangan qurilmalarning narxi xrom-nikeldan yasalgan xuddi shunday qurilmalarning narxidan taxminan 3 baravar yuqori turadi. Lekin ularning uzoq muddat xizmat qilishi, kam buzilishi va ta'mirlashga to‘xtatish vaqtning qisqaligi qimmatiiligini qoplab ketadi.


Titanli armaturalar rezina, plastmassa va emal bilan qoplangan xuddi shunday armaturalarga nisbatan 5—10 baravar ko‘p xizmat qiladi. Xlor ishlab chiqarishda foydalaniladigan titanli issiqlik almashinuvchi qurilmalar shishadan yasalganiga qaraganda birmuncha arzon bo‘lib, 8 baravar kichik maydonni egallaydi.
Agarda kalsiy xloridi va ammoniy ishlab chiqarishda foydalaniladigan legirlangan po‘latdan yasalgan bug‘ qurilmalari har 3—4 oyda bir marta kapital ta’mirlansa, titandan yasalgan qurilmalar beto‘xtov 3—4 yil ishlaydi.

Keyingi paytlarda titan va sirkoniyning tantal bilan qotishmasi konstruksion material sifatida ishlatilmoqda. Titan-tantal qotishmasining korroziyaga qarshilik xususiyati yuqori bo‘lib, u bu jihatdan platinaga yaqinlashadi. Masalan, tarkibida 50% tantal bo‘lgan qotishma sulfat, fosfor va xlorid kislotaning qaynoq konsentrlangan eritmalari ta'siriga chidamli.


Nikel va uning qotishmalari ham kimyo mashinasozligida keng qo‘llanadi. Undan qozon, tigel, quvur va boshqa idishlar yasaladi. Kimyo qurilmasozligida korroziyaga chidamli material sifatida nikelning molibden (H70MO) hamda xrom va molibden bilan qotishmasidan (XH65MB) foydalaniladi.
Vodorod ko‘rsatkichi (pH) o.‘zgarib turuvchi kislota va ishqorlar aralashmasi bilan to‘qnashadigan qurilmalar yasashda asosan, sirkoniy ishlatiladi. Tarkibida 60% tantal bo‘lgan sirkoniy qotishmasini nuqtali korroziya qilib bo‘lmaydi. Xlorid kislotasining har qanday eritmasini saqlash, tashish uchun shunday qotishmadan yasalgan idishdan foydalanish mumkin. Lekin shuni aytish lozimki, tarkibida tantal bo‘lgan har qanday qotishmaning narxi juda baland bo‘ladi.
Niobiy asosiy mineral kislotalar va «zar suvi» ta’siriga chidamli, lekin HF eritmasi, qaynoq H2S04 va ishqorlar suyuqlanmasida yemirilib ketadi. Faolligi sust qatlam hosil qilishi tufayli konsentriangan azot kislotasi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Noorganik moddalar texnologiyasida arzonligi va ko‘p uchrashi tufayli ko‘proq yuqori legirlangan va uglerodli po‘latlar ishlatiladi.

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling