Jihozlar va loyihalash asoslari


Organik nometall materiallar


Download 399.19 Kb.
bet10/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

Organik nometall materiallar ichida konstruksion material sifatida grafit yetakchi o‘rin egallaydi. Grafit juda qiyin suyuqlanadigan mate-rial bo‘lib (3500±100°C), kimyoviy ta'sirlarga chidamli, chiziqli kengayish koeffitsienti past, issiqlikni yaxshi o‘tkazishi va yetarli darajada mexanik mustahkamligi kabi xususiyatlari tufayli konstruksion va himoyalovchi material sifatida foydalaniladi. Grafit tabiiy holda lichraydi, lekin uni sun’iy ravishda olish ham mumkin. Buning uchun antratsit, neftli va quyma koks va boshqa qo‘shimchalar birgalikda presslanadi va 1200— 2300°C haroratda issiqlik ishlovi beriladi.
18

www.ziyouz.com kutubxonasi


Grafit agressiv muhitlarda inert modda bolib, issiqqa chidamli va uni yaxshi o‘tkazadi. Uning issiqlik o‘tkazish kocffitsicnti ko'pchilik metallamikiga yaqinlashadi. Kislorod ta’sirida 550—600°Cda grafit oksidlana boshlaydi. Sun’iy grafitning g‘ovakligi yuqori (20—30%) bo'lganligi uchun kimyoviy qurilmalarda foydalanishda awal uning g‘ovakligi yo‘qotiladi. Buning uchun unga fenolformaldegid smolasi shimdiriladi.


Antegmitlar graflt va fenolformaldegit smolasini qo‘shib presslash va 160—200°C haroratda ishlov berish yo‘li bilan olingan, issiqni yaxshi o‘tkazuvchi, korroziyaga chidamli, antifriksion material bo‘lib, sanoatda uning 3 xil markasi (ATM-1, ATM-10, ATM-IT) ishlab chiqariladi. Antegmitlardan turli qoplama listlar, quvurlar va quyma buyumlar, turli rusumdagi issiqlik qurilmalari (masalan, sug‘orish, sovitgichlar) yasaladi. Antegmit ATM-1 ammiak, xlor, oltingugurt ikki oksidi, xlorid, sulfat va fosfor kislotalar ta’siriga chidamli. Antegmit ATM-10 esa barcha kislota va ishqorlar, galogen va kuchli oksidlovchilar ta’siriga chidamlidir.
Grafitolitlar—kompozitsiyani quyish va sovuqda qotirish yo'li bilan olinadiganbuyumlardir. Ulardan, asosan, markazdan qochma nasoslar, armaturalar, xlorid va sulfat kislotalar uzatish uchun quvurlar, sovuqlayin quyish usuli bilan esa idishlar, ustunlar, aralashtirgichli reaktorlar va issiqlik almashtiruvchi moslamalar yasaladi. Grafitolitlarga metall kesish dastgohlarida yaxshi ishlov berish mumkin. Shuning uchun ulardan aniq o'lchamga ega bo‘lgan detallar yasaladi.
Faolit —fenolformaldegid smolasi va kislotaga chidamli to‘ldirgichlar (asbest, grafit)dan tashkil topgan kompozitsiya bo‘lib, xlorid kislotasining har qanday konsentratsiyasi, sulfat va fosfor kislotalari ta’siriga chidamli. Uni ishqorlar eritmasi, azot kislotasi va ayrim oksidlovchilar uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Faolit termoreaktiv plastmassalar turkumiga tegishli bo‘lfb, undan diametri 33—300 mm, uzunligi 1000—2000 mm bo‘lgan quvurlar, qulflash armaturalari va markazdan qochma nasoslarning detallari tayyorlanadi. Faolitning furilfenolformaldegid smolaning toMdirgich (asbest, shisha) bilan qo‘shib olingan kislota va ishqorlarga chidamli turi (furolit) mavjud bo‘lib, u 120°C da xlorid va sulfat kislotalar (28,7% gacha), NaOH eritmasi (40% gacha) ta’siriga chidamli.
Viniplast polivinil xloridga turli qo'shimchalar qo‘shish yo‘li bilan olingan termoplastik konstruksion material bo‘lib, kimyoviy bardoshligi yuqori, yetarli mustahkamlikka ega. Undan presslash yo‘li bilan buyumlar yasaladi.
19

www.ziyouz.com kutubxonasi


Viniplastdan diametri 250 dan 1400 mm gacha bo‘lgan 0—40°C haroratda ishlashga mo‘ljallangan qurilmalar yasaladi. Chunki bu haroratda viniplast xlorid, sulfat va fosfat kislotalarning har qanday konsentratsiyasi, 50%li azot kislotasi ishqorlar va ko‘pgina tuzlar eritmalari ta’siriga chidamli.


Keyingi paytlarda konstruksion material sifatida polietilen ishlatila boshlanadi. Yuqori bosimda (etilenni 150 MPa bosimda polimerlash orqali) va past bosimda (katalizatorlar qo‘llash yo‘li bilan) olinadigan polietilenlar mavjud. Past bosimda olinadigan polietilen zichligining yuqoriligi, mustahkamligi, qattiqligi, issiqqa chidamliligi bilan yuqori bosimda olinadigandan farq qiladi. Polietilenni — 70 dan 60°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin. U 50% li sulfat kislotasi, xlorid va vodorod-ftorid kislotasining har qanday konsentratsiyasi,, ishqorlar va ko‘pchilik tuzlar eritmalari ta’siriga nihoyatda chidamli.
Polietilen quvurlar zichligining kamligi, kimyoviy va sovuqbar-doshligining yuqoriligi bilan metall quvurlardan afzaldir.
Kimyo sanoatida istiqbolli konstruksion materiallardan yana biri poliizobutilen bo‘lib, u agressiv muhitlar ta’siriga nihoyatda chidamli. Poliizobutilen kauchuksimon termoplast bo‘lib, mustahkamligini oshirish uchun uning tarkibiga talk, grafit va boshqa qo‘shimchalar kiritiladi.
Kimyo sanoatida muhofaza qatlami sifatida rezinadan foydalaniladi. Rezinaning kimyoviy ta’sirlari chidamliligi yuqori. Undan kengligi 50Q— 1000 mm, qalinligi 0,5 -t- 6 mm bo'lgan listlar tayyorlanadi. Bu maqsadlarda HPri-1256, HPll-1257, HPn-1309 va boshqa markali rezinalardan foydalaniladi.
HPn-1256 va HPn-1309 markali rezinalar 30% li H N 03 da 50°C gacha, 33% lisi H2S04 da 110°C gacha, 70% lisi H2S04da 70°C gacha va 50% lisi ishqorlarda 90°C gacha chidamlilikka ega. HPfI-1257 markali rezina esa H2S04 ning 70% li va H3P 04ning 75% li eritmalarida 70°C gacha, 50% li ishqorlarda esa 110°C gacha haroratga bardosh beradi. Ushbu markali rezinalar po‘lat yuzaga yelim bilan (masalan, «leykonat») yopishtiriladi. Eskirish rezinaning kamchiligi bo‘lib, buning natijasida qurilmaning xizmat muddati va ishonchliligi kamayadi.
20

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling