Jihozlar va loyihalash asoslari


Download 399.19 Kb.
bet4/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

Uskunaning ta’mirlashga yaroqliligi deganda, uning buzilib qolishi va ishdan chiqishining oldini olish, buzilgan joylarini aniqlash va bartaraf etishga moslashganlik xususiyatlari tushuniladi. Bu xarakteristika ta’mirlash uchun qismlarga ajratishning va ta’mirlashning qulayligi va arzonligi, buzilgan qismlarni almashtirishning osonligi bilan baholanadi.
Texnologik jihatdan ishonchlilik ishda uzluksizlik va texnologik maromni ushlab turishning yengilligi, xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar sonining kamligi, apparatni texnologik sistemadan uzib chiqarish, uni bo‘shatish, havo bilan puflab yoki suv bilan yuvib tozalashni ta’minlovchi nazorat-o‘lchov asboblari (NO‘A) va o‘rab bog‘langan quvurlarni bir-biriga tutashtirish imkoniyatlari mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Xavfsizlik texnikasi mehnat muhofazasini ta’minlashga qaratilgan. Qurilma havo kirmaydigan qilib zichlangan bo‘lishi, shovqinsiz ishlashi va butun ish davomida tebranmasligi, ortiqcha issiqlik o‘tkazmasligi, suyuqlik sizib chiqmasligi, uni ishlashi davomida sinovlar o‘tkaziIishini nazorat qilinishi ta’minlanishi lozim.
Asbob-uskunalami tashish qulayligi ularni tashiyotgan paytda buzilib qolmasligi bilan tavsiflanadi. Temiryo‘l orqali jo‘natishga mo‘ljallangan
8

www.ziyouz.com kutubxonasi


qurilmalar o‘lchami va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha amaldagi ma’lum tashish me'yorlariga javob berishi kerak. Masalan, diametri ko‘pi bilan 3,25 metr va uzunligi 10,5 metr bo‘lgan qurilmalarni alohida kelishish shartnomalarisiz temiryo‘l orqali jo‘natish mufflkin. Katta o‘lchamli qurilmalar yo‘I boshqarmalarining maxsus ruxsatnomasiga binoan jo‘natiladi. 0 ‘ta katta o‘lchamli qurilmalar qismlarga ajratilib tashiladi va o‘rnatiladigan joyning o‘zida yig‘iladi.


Asbob-uskunalartting pishiqlik dafajaslni tavslflovchi umumiy mezonlar ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarl hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarga uning solishtirma ish unumi, bahosi va undan foydhlanishga sarflanadigan xarajatlar kiradi. Solishtirma ish unumi qurilmaning 1 m3 hajmidan yoki 1 kg og‘irligidan vaqt birligi ichida olinadigan mahsulot miqdorini ko‘rsatadi. Qurilmaning bahosi bir paytning o‘zida sarflangan kapital mablag1 hajmini aniqlaydi. Ba’zan narxi qimttiat, lekin takomillashgan jihOz arzon qurilmadan samaraliroq bo‘lishi rnttmkin. Jihozning solishtirma ish unumi qancha yuqori bo‘lsa, undatt foydalanishdagi sarf-xarajatlar va mahsulot tannarxi shuncha kam bofladi, bu esa qurilmanittg va butun texnologik jarayonning mukammallik darajasitti tavsiflaydi.

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling