Jihozlar va loyihalash asoslari


Download 399.19 Kb.
bet148/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

Ftorplastlar. Plastmassalarning barcha maTum turlari ichida politeuraftoretilen (ftorplast - 4, teflon) 0 ‘zining kimyoviy ta’siriga chidamligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. U maTum boTgan erituvchilarning hech qaysinisida erimaydi, hech qanaqa yelim bilan yelimlanmaydi, yonmaydi, hoTlanmaydi va past ishqalanish koeffit-sientiga ega. U konstruksion material sifatida haroratning+ 260°C oralig‘ida ishlay oladi, «zar suvi» ta'siriga chidamli. Unga faqatgina F2, C1F3 va suyultirilgan ishqoriy metallar ta'sir ko‘rsata oladi. Ftorplast - 4 ning asosiy kamchiligi uning sovuq ta’sirida shaklan o‘zgarishidir. Ishqoriy eritmalar surunkali ta’siri ostida uning qoTlanishi ortadi. Politriftorxloretilen (florplast - 3) sovuq ta'sirida shaklini o‘zgartirmaydi
2 1 0

www.ziyouz.com kutubxonasi


va yuqori mustahkamlikka ega, ammo uning kimyoviy barqarorligi ftorplast - 4 nikiga qaraganda pastroq.


Agressiv muhitda ishlaydigan kuzatish oynalari yasash uchun ko‘rinadigan va infraqizil nurlarda yuqori shaffoflikka ega bo‘lgan ftorplast - 3B dan foydalanish mumkin.
Ftorplastni tarkibida organik qo‘shilm alar m iqdori qat'iy chegaralanmagan toza moddalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan jihozlar yasashda ishlatish mumkin, zero u ham absolut inert emas. Ftorplastlardan unumdorligi 90 m3/s gacha bo‘lgan markazdan qochma nasoslar, silfonlar, reaktorlar aniq, o'lchov idishlari va boshqalar yasaladi. Masalan, o‘ta toza o'yuvchi kislota olish uchun ftor plast - 4 dan yasalgan rektifikatlash kolonnalaridan foydalamladi. Ishchi yuzasining maydoni 36 m 2 gacha bo‘lgan quvursimon issiqlik almashtirgichlarning konstmksiyalari yaratilgan. Ftorplastning po‘latga nisbatan [35 Vt/(m • K)] issiqlik o‘tkazish koeffitsienti past [0,23 Vt/(m • K)] bo‘lishiga qaramasdan, bu issiqlik o‘tkazgichlarda diametri 2,5 - 6,4 mm va devorlarining qalinligi 0,5 mm dan kam bo'lmagan quvurlar ishlatish hisobiga issiqlik uzatish koeffitsienti 350 - 520 Vt/(m2• K) gacha yetadi.
Ftorplast F - 40 va F - 3 M dan tayyorlangan yupqa tasmalar agressiv suyuqliklarda ishlaydigan qizdirish elementlarini o‘rashi uchun cho‘lg‘am sifatida ishlatiladi.
Polipropilen kimyoviy va issiqdikka chidamliligi bo‘yicha ftorplastga tenglasha olmaydi, lekin keng tarqalgan boshqa polimer materiallardan ustunturadi. U 160-170°C haroratda yumshaydi. Polipropilen katalitik anion polimerizatsiyalash usuli bilan olinganligi bois, kul qoldig‘i ancha yuqori (0,1%). Bu narsani uni konstruksion m aterial sifatida tanlayotganda albatta e’tiborga olish lozim.
Polimetilakrilat (yoki oiganik shisha - CH2- CH3OOCH3-) kislotalaming suyultirilgan eritmalari va nooiganik tuzlaming suvdagi eritmalarida yuqori tuig‘unlikka ega. Yuqorida ko‘rib oftilgan polimer materiallaiga nisbatan uning kimyoviy va issiqlikka chidamligi kamroq (105 -115°C gacha)
Organik shishaning afzalligi uning shaffofligida bo‘lib, bu jarayonni ko‘z bilan kuzatish imkonini beradi. Undan yasalgan massa almashinish apparatlari reaktiv tasnifga ega bo‘lgan xlorid kislotasi va natriy tiosulfat ishlab chiqarishda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda.
Organik shishadan yasalgan ayrim detallar bir-biri bilan issiq havo oqimida chiviq kavsharlash yordamida ulanadilar. Bu maqsadlarda viniplast chiviqlardan foydalanish mumkin.
2 1 1

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling