Majburly zichlanadigan egiluvchan yassi obtyuratorli boltli zatvor
(90-rasm) 200°C dan past haroratda ishlaydigan apparatlarda qo‘llaniladi. Qistirma (5) korpus (1) va qopqoq (2) o‘rtasida shpilka (3) va gayka
yordamida qisib qo‘yiladi. Bu zatvorning afzalligi uning oddiyligida bo‘lib, kamchilligi esa — harorat o‘zgarib turishiga sezgirligi va shpilkaning taranglik kuchlanishi anchaginaligidadir.
Egiluvchan obtyuratorli radial —o‘z-o‘zidan zichlanuvchi ikki konusli boltli zatvor (91-rasm) konstruksiyasining nisbatan oddiyligi, yuqori darajada ishonchliligi va harorat o‘zgarib turishiga kam sezgirligi uchun 400°S va 100 MPa bosimda keng qo'llanadi.
0 ‘z-o‘zidan zichlanish apparatdagi bosimning halqaga (4) bosim ko‘rsatishi hisobiga sodir bo‘ladi. Muhit halqaning yassi yuzasi va qopqoq oralig‘iga tushishi uchun qopqoq yuzasida va plankada (6) frezerlab ariqchalar (5) yasaladi.
Diametri 300 mm gacha bo‘lgan apparatlar va quvurlami ulash uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |