Jihozlar va loyihalash asoslari


YANGI KORXONANI QURISH YOKI AMALDAGI KORXONANI TA’MIRLASH MAQSADGA MUVOFIQLIGINI


Download 399.19 Kb.
bet179/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

YANGI KORXONANI QURISH YOKI AMALDAGI KORXONANI TA’MIRLASH MAQSADGA MUVOFIQLIGINI


TEXNIK-IQTISODIY JIHATDAN ANIQLASH
Yangi korxonani qurish yoki mavjud korxonani ta’mirlash uchun katta miqdordagi materiallar, kuch va rnablag4kerak bo‘ladi. Shuning uchun loyihalashgacha bu sarfiyotning kerakligini, maqsadga muvofiqligini va iqtisodiy jihatdan samaradorligini asoslab, shuningdek, qurilish uchun maydonni tanlash zarur.
15.1. Kimyo sanoati korxonalarini joylashtirishning asosiy tamoyillari
Kimyo sanoatini ratsional joylashtirish uchun ko‘p muammolarni yetish, chuqur Qmiy-iqtisodiy tahlil qilish va har tomonlama texnik-iqtisodiy hisob-kitoblami bajarish kerak bo‘ladi. (1.2).
Zamonaviy kimyoviy texnologiya uchun umuman yangi quwatlami joylashtirish prinsipial ahamiyatga molik quyidagi o'ziga xos xosliklarga ega:

  1. Deyarli barcha moddalami kimyoviy qayta ishlash va qazib olingan jinslarni, o'simlik va hayvonat dunyosi, dengiz va chuchuk suv, shuningdek, havoni sanoat xomashyosiga aylantirish, texnik imkoniyatlarning mavjudligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi.




  1. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy hududlarining barchasini tabiiy


2 4 7

www.ziyouz.com kutubxonasi


boyliklarini turli tur va sifatli xomashyo hamda energetik resurslar negizida qayta ishlab, xo‘jalikda foydalanilganda sanoat xomashyo resurslari mamlakat xo'jaligida keskin ortadi.




  1. Bir xil asosiy xomashyodan turli xil kimyoviy sanoat mahsulotlari (neftdan plastik massa, sintetik kauchuk, sintetik yog‘ kislotalari va boshq.) olish yoki turli xil xomashyolardan tabiiyga teng keladigan kimyoviy mahsulotlar (oziq-ovqat, neft va gaz, yog'och, torf va boshqalar) ishlab chiqarish imkonini beruvchi turli-tuman kimyoviy texnologik usullar mavjud.

  2. Majmua ko'rinishidagi xomashyolardan foydalanish asosida kimyoviy yarim mahsulot va nihoyaviy mahsulotlami sanoat miqyosida olish imkoniyatini yaratish.

Kimyoviy korxonani joyiashtirish hududini tanlashda turli omillarni va ularning o‘zaro birligini texnik-iqtisodiy o'rganish asosida aniqlanadi. Kimyo sanoati uchun birinchi darajali omillardan biri bo'lib xomashyo, energetika, suv, mahsulotlaming iste’molchisi va boshqalar hisoblanadi. Kimyoviy mahsulotni mexanik qayta ishlashda ishchi omili alohida ahamiyat kasb etadi. Kimyoviy ishlab chiqarishning bir qator tarmoqlari va maxsus turlari bo'yicha korxonalar joylashtiriladigan hududni tanlashda transport omili katta ahamiyatga ega. Barcha sanoat tarmoqlaridagi korxonalami joylashtirishda tejamkor korxona qurish undan foydalanishda eng kam solishtirma sarfiyotlar qilish, hudud xo‘jaligi o‘zlashtirilgan bo'lishi, qurilish tarmoqlarining mavjudligi, uni boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari bilan uyg‘unlashtirish imkoniyati borligi kabilar umumiy sharoit hisoblanadi.
Xomashyo omillari. Sanoatni maksimal ravishda arzon, ko‘p turii va iqtisodiy jihatdan samarali sanoat xomashyosidan foydalanish imkoniyatlarini joriy qilishni aniqlaydilar. Kimyo sanoatida elementar fosfor va kaliy o‘g‘itlar, soda, yirik tonajli plastmassa, sintetik kauchuk, viskoza tolalari va boshqalami ishlab chiqarishda bir birlik mahsulot uchun katta miqdorda xomashyo talab qilinadi.

Kimyo sanoatida xomashyo omillarini hisobga olganda: zamonaviy korxona va majmualaming ishlab chiqarish ko'lamiga; xomashyolami almashtirish mumkinligiga, demak, xomashyo manbalariga; ayrim xomashyolami kam masofadan tashib keltirish yoki umuman tashib keltirmaslik; kimyoviy mahsulotlarning iqtisodiy ko'rsatkichlarini xomashyo ba’zasidan iqtisodiy bog'liqligiga e’tibor berish kerak.


Energetik omillar. Kimyoviy korxonalami joylashtirishda yoqilg'i
2 4 8

www.ziyouz.com kutubxonasi


va elektr energiyasi sarfining mahsulot ishlab chiqarishga ta'sirini va ularni konsentratsiyasini yirik va arzon yoqilg'i va gidroelektrenergiya resurslari joylashgan joylarda, hududlarda joylashtirish iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlaydilar.


Kimyo sanoatining asosiy tarmoqlari (sintetik kauchuk, kimyoviy tola, organik sintez mahsulotlarj, mineral o‘g‘itlar, plastmassa va boshqalar) katta yoqilg‘i va elektroenergiya sarfiyotlarini talab qiladi. Kimyoviy ishlab chiqarishning energetik omillari bir qator sanoat tarmoqlarini joylashtirish joylarini aniqlaydi.
Suv omili. Kimyo sanoatini to‘g‘ri joylashtirishda korxonalami yaxshi sifatli suv bilan ta’minlash va katta miqaorda hosil bo‘lgan oqova suvlarni tashlab yuborish va chiqindilami qayta ishlash masalasini oqilona yechish katta iqtisodiy va texnik ahamiyatga ega.
Suv resurslari mamlakatimizda juda notekis taqsimlangan. Ulami o‘rnini bosish uchun juda yirik va qimmatbaho inshootlami qurish kerak. Suv tanqis yerlarda u juda katta qiymatga ega bo‘lib, uni jiddiy taqsimlashga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun katta miqdorda suv talab qiladigan kimyo korxonalari uchun suv manbalarini tanlash umuman iqtisodiy tumanda suv resurslarining holati bilan aniqlanadi. Bu yo‘nalishning buzilishi tuman xo'jaligiga katta ziyon yetkazishi mumkin va kimyo korxonasini ekspluatatsiyasini qiyinlashtiradi.

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling