Jihozlar va loyihalash asoslari
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
Iste’mol qilish omili. Ma'lum tumanlarda ko'pincha ishlatiladigan ko‘p tonnali mahsulotlarni ishlab chiqaradigan kimyo sanoatining ayrimlariga ayniqsa, mineral o‘g‘it, shina va rezina texnika buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar ko‘proq tegishlidir.
Transport omili. Ishlab chiqarish va iste’mol qilish manzillariga xomashyo, materiallar, yoqiIg‘i tashish ishlarini hajmini va tannarxini aniqlashdan iborat bo'ladi. Korxonani qurish masalasida mahsulot tannarxida transport xarajatlarini kamaytirish ko‘zda tutilishi kerak. Mehnat omili. Tumanmng mehnat resurslari va kimyo korxonasida mehnatkashlaming yuqori turmush darajasi ta’minlanganligi bilan aniqlanadi. Bu esa kimyo sanoati joylashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, aholi zich joylashgan rayonlarda o‘ta sermehnat kimyoviy korxonalami xalaqit bermaydigan boshqa omillar bo‘lmasa joylashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ikkinchidan, kam mehnat sarflanadigan ayrim ishlab chiqarishlarni yangi o'zlashtirilayotgan hududlarda yoki ishchilar zaxiralari yetishmaydigan hududlarda, iloji bo‘lsa boshqa tumanlardan ishchi zaxiralarini taklif qilish bilan bog‘liq 2 4 9 www.ziyouz.com kutubxonasi ioylarda joylashtirish imkoniyatini aniqlab ko‘rish kerak. Uchinchidan, kimyo ishlab chiqarishlarida xotin-qizlarni mashg'ul qilish katta imkoniyatlari borligini hisobga olib, ayrim tumanlarda erkaklar bilan xotin-qizlarni mashg‘ulligini to‘la taxminlash imkoniyati yaratiladi. Biroq, fosfor o‘g‘itlar, xrom va ftor tuzlari ishlab chiqarishda xotin-qizlar mehnati chegaralanganligi unutmaslik kerak. Vaqt omili. Loyihalash, qurilish ishlarini aniq reja asosida tashkil qilib va m ehnatni m aterial ham da moliyaviy m ablag‘ tejab foydalanilishini hisobga olib, korxonani quwatini to'la o‘zlashtirib, qisqa vaqt ichida ishga tushirish kabi vaqtdan yutish vaqt omillaridir.
Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling