Jihozlar va loyihalash asoslari


Download 399.19 Kb.
bet192/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

2 7 8

www.ziyouz.com kutubxonasi




16.2. LOYIHA TEXNOLOGIK QISMINING TARKIBI
Jihozlarni tanlash va o'rnatish, texnologik jarayon parametrlari, xomashyo, energetika resurslari va ishlab chiqarish sexlarida xizmat qiluvchilarga bo‘lgan talabni aniqlash loyihaning texnologik qismida hal qilinishi lozim bo'lgan va belgilangan hajmda hamda assortimentda mahsulot ishlab chiqarishga bevosita aloqador masalalar hisoblanadi.

Loyihaning texnologik qismi hisoblash — izoh yozuvlari va ehizmalardan iborat bo'ladi. Chizmalar hisoblash —izoh yozuvlaridagi ma'lumotlarga asosan ishlanadi.


Hisoblash — izoh yozuvlari ketma-ket keladigan va har biri butun bir kompleks ishlab chiqarish masalalarini qamrab olgan quyidagi qismlardan iborat bo'lishi mumkin:

    1. zavod ish tartibi;

    2. zavod ish unumdordigi;




    1. xomashyo materiallarga bo'lgan talab;

    2. texnologik sxema;




    1. asosiy texnologik va transport jihozlari;

  1. bunkerlar, siloslar va omborlar sig'imi;

  2. energetika resurslariga bo'lgan talab;

  3. sexlarda ishlovchilar va ishlab chiqarish ishchilarining shtat vedomosti;

  4. asosiy ishlab chiqarish sexi jihozlarining ro'yxati;

  5. ishlab chiqarish va tayyor mahsulot sifatini tekshirish;

  6. inson faoliyati xavfsizligining holatlari;

  7. ekologik masalalarni to'g'ri hal qilish.

Chizmalar tarkibi loyihani ishlash bosqichiga bog'liq. Loyiha topshirig'idagi chizmalarda texnologik va transport jihozlarini sexlarda prinsipial komponovkalash (joylash), shuningdek, texnologik jarayonning barcha bosqichlarida xomashyo, yarim fabrikat va tayyor mahsulotlar oqimini o'zaro uzviy bog'lash yo'Ilari ko'rsatiladi.


Texnik Ioyihada barcha jihozlar o'zaro bog'langan holda joylangan. Jihozlar balandiga va planda qat’iy moslab joylashtiriladi. Ish chizmalarini texnik loyiha jihozlarni joylashtirish detallari bilan to'ldiradi. Ularda jihozlar poydevorlari va maydonchalari, mahkamlash detallari, tarnovlar, bunkerlar elementlari, to'siqlar va boshqalar ko'rsatiladi.


Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling