Jihozlar va loyihalash asoslari
www.ziyouz.com kutubxonasi MAGISTRLARNING MALAKAVIY BITIRUV ISHI
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
3 0 4
www.ziyouz.com kutubxonasi MAGISTRLARNING MALAKAVIY BITIRUV ISHI Magistr dissertatsiyasi mustaqil ilmiy tadqiqotlar natijasida nihoyasiga yetkazilgan magistrlarning malakaviy bitiruv ishidir. Magistrlik dissertatsiyasi texnika va texnologiya sohalari bilimlarining kengayishiga muallifning qo'shgan hissasi haqida, magistrning ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish qobiliyati haqida, shuningdek kasbiy moslashish yoki aspiranturada o'qishni davom ettirish imkoniyati haqida ma'lumot berishi zarur. Magistrlik dissertatsiyasi bevosita ilmiy rahbar (professor yoki dotsent) nazorati ostida individual reja bo'yicha bajariJadi. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadlari quyidagilardan iborat: berilgan ilmiy-tadqiqot yoki ilmiy-pedagogik topshiriqlarni bajarish uchun magistrant-talabaning o‘qish jarayonida to‘plagan nazariy va amaliy bilimlarini tizimga solish; mustaqil ijodiy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; kasbiy moslashish yoki aspiranturada o'qishni davom ettirish imkoniyatlarini baholash. Magistrlik dissertatsiyasining mavzulari kimyo va oziq-ovqat sohalari bo'yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlariga mos bo'lishi zarur. Bajarilayotgan ishlar ilmiy tadqiqotlarning oldingi natijalariga asoslanishi va keyingilari uchun asos bo‘lishi kerak. Misol tariqasida oladigan bo‘lsak, «Silikat materiallar texnologiyasi» kafedrasida «Bog‘lovchi materiallar kimyoviy texnologiyasi» mutaxassisligi bo‘yicha bajariladigan magistrlik dissertatsiyasi asosiy ilmiy yo'nalishga - «Fosfogips asosida yangi turdagi qurilish materiallari va buyumlarini, energoresurslar tejalishiga va qurihsh tannarxining kamayishiga imkon beradigan kam eneigiya sarflovchi texnologik jarayonlami ishlab chiqish va tadbiq qilish» yo‘nalishiga mos bo‘lishi shart. Bu yo‘nalish doirasida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin: Fosfogipsdan olinadigan yuqori mustahkamlikdagi gipsning sifati va samaradorligini kimyoviy qo'shimchalardan foydalanish hisobiga oshirish; Fosfogipsdan olinadigan gipsli bog‘lovchilarning qotish jarayonini tadqiq qilish va ular asosida quruq holdagi qurilish aralashmalari ishlab chiqish; Fosfogipsdan yuqori mustahkamlikdagi bog‘lovchi olish va 'exnologiyasini ishlab chiqish; 3 0 5 www.ziyouz.com kutubxonasi Ekstraksion fosfat kislotasini va kalsiy sulfatning alfa poligidratini olishda texnologik qo‘shilmalarning ta’sirini o‘iganish; Fosfat kislotasini degidrat usulida ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan fosfogipsdan beta m odifikatsiyali bogMovchilarni olish texnologiyasini ishlab chiqish; Fosfogipsni suvsizlantirish va kuydirilgan m ahsulotlar gidratatsiyasining fizik-kimyoviy asoslarini tadqiq qilish hamda quritish va donalashning intensiv usulini ishlab chiqish; Tolasimon kalsiy sulfatning turli modifikatsiyalarining kristallarni hosil qilish va ularni amalda qoMlash; Fosfogipsdan sintetik belit va oltingugurt dioksidi olish texnologiyasini ishlab chiqish; Fosfogipsdan oltingugurt gazi va sementga qo'shimcha olish texnologiyasini ishlab chiqish; Kam energiyali texnologiya bo‘yicha fosfogips asosida yuqori gidratlanish faolligiga ega bo‘lgan sementlar texnologiyasini ishlab chiqish; C a0-Si02-CaS04-H20 tizimida yangi fazalar hosil boMishini o‘rganish va gidrotermal sintez mahsulotlarini amaliyotda ishlatish; Fosfoangidritning qotishini alunit qo‘shib tezlashtirish texnologiyasini ishlab chiqish; Portlandsementning mustahkamligi va qotish tezligini sulfoklinker qo'shimchalar yordamida oshirish; Ekstraksion fosfat kislotasi ishlab chiqarish chiqindisi boMgan fosfogips asosida pardozlash materiallarining texnologiyasini ishlab chiqish; Energiya tejovchi texnologiyalar bo‘yicha fosfogips asosida yuqori sam arali sulfoalyum inat guruhiga kiruvchi sem entlar texnologiyasini ishlab chiqish. Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling