3 0 0
BAKALAVRLARNING MALAKAVIY BITIRUV ISHI
Bakalavriatniig oxirgi semestrida malakaviy bitiruv ishi himoyasini o‘z ichiga oigan Daviat attestatsiyasi nazarda tutilgan.
Malakaviy bitiruv ishi TKTI da «5522400 —Kimyoviy texnologiya», «5522500 —Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi», «5522600
— Yog'ochsozlik sanoati texnologiyasi, mashinalari va jihozlari», «5850100 — Atrof-muhit muhofazasi», «5522900 — Biotexnologiya», «5541100 — Oziq-ovqat texnologiyasi», «5140900 — Kasb ta’limi» yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalarda texnika fanlari bakalavri negizini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. Talaba malakaviy bitiruv ishini bajarish davrida fundamental fanlar asosida yuqoridagi bakalavriat yo‘nalishlarining nazariy va iqtisodiy asoslarini o‘rganib, bilim va tashkilotchilik tajribasini oshiradi.
Malakaviy bitiruv ishida xalq xo‘jaliginfng katta ahamiyatga molik bo‘lgan muammolarini hal qilish talab etiladi. Ish dolzarb mavzuda bo‘lishi va mamlakatimiz xo‘jaligi rivojlanishi bilan bog‘liq bo'lishi zarur. Tasdiqlangan davlat budjeti, muammoli va tarmoq laboratoriyalarining ish mavzulari bo‘yicha bajariladigan malakaviy bitiruv ishlariga ustuvor yo‘nalishlar mavzulari sifatida qaraladi va ularga alohida e’tibor beriladi.
Malakaviy bitiruv ishi asosiy ilmiy (fundamental fanlar bo‘yicha) va muhandislik fanlari (kimyo-texnologiya tizimlari sintezi, asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari, umumiy kimyoviy texnologiya) hamda yo‘nalishlarning maxsus fanlari bo‘yicha kurs loyiha (ish) larining, shuningdek mutaxassislik kafedrasidagi TITI (talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari) mavzularining davomi sifatida bajarilishi kerak. Uning tarkibidagi kurs loyiha (ish) lari, TITI bo‘yicha bajarilgan ishlar asosiy qism sifatida qaraladi. Loyihaviy bitiruv malaka ishi mavzulari soni umumiy hisobda 50% dan kam bo‘lmasligi kerak. Loyihaviy bitiruv malaka ishi mavzusi kompleks bo‘lishi va uni bir nechta talaba bajarishi ham mumkin. Bunda muhim bitta yaxlit muammoni hal qilish yoki bitta korxonani loyihalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |