2. Magistrlik dissertatsiyasining mazmuni va hajmi
Magistrlik dissertatsiyasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
titul varag‘i;
topshiriq;
nazorat varaqasi;
referat;
mundarija;
kirish;
3 0 6
tadqiqotlar yo'nalishini asoslash;
adabiyotlarning tahliliy sharhi (shu jum ladan paten t izlanishlari ham);
obyekt va tadqiqot metodlarining tavsifi;
tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi;
xulosalar;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
ilovalar.
Bajarilgan ishga mashinka yozuvidagi bir varaq hajmida annotatsiya (avtoreferat) ilova qilinadi. Unda himoyaga taqdim etilayotgan asosiy holatlar aks etishi shart.
Magistrning bitiruv malaka ishining titul varag‘i va topshirig'i namunalari 5— ilovalarda keltirilgan.
Referat tadqiqotlar maqsadining qisqa bayoni, qo‘llanilgan metodlar va ishning asosiy natijalarini o‘z ichiga oladi. Referatda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
ish hajm i, rasm lar, jadvallar, ilovalar, foydalanilgan manbalar soni haqida ma’lumot;
tayanch atamalar ro‘yxati (tadqiqotlaming yo‘nalishini ifodalovchi 5-15 ta so‘z yoki so‘z birikmalari; bosh kelishikda, bosh harflar bilan, vergul orqali ajratib yoziladi);
referat matni.
Referat hajmi — 1—2 varaq. ,
Kirish magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi va yangiligini asoslash bilan nihoyasiga yetkazilishi kerak.
Ilova sxem alar, jadvallar, m a'lum otnom a (cnpaBOHHHK) ma’lumotlari, dasturiy materiallarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasiing matnli qismi mashinka yozuvida yoki matnli tahrirlagichlar (Word, Lexicon) yordamida printerda chop qilinishi mumkin. Uning hajmi (jurnallar, rasmlar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalarni hisobga olmaganda) A4 formatidagi (210x297mm) 60 ta varaqdan oshmasligi kerak. Jadval va sxemalarning nomini bir intervaldan pechat qilish mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasining mavzusiga qarab ko‘rsatmali material sxemalar, eskizlar, olingan qonuniyatlarning grafiklari, jadvallar, kimyoviy reaksiya tenglamalarini o‘z ichiga olishi mumkin.
3 0 7
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |