Ikkilamchi
havoni so‘rish
Ikkilamchi
havo
43-rasm. Kurakli tipdagi quyunli
changtutgich:
— korpus 2,7,8 — patrubkalar; 3 — tirgovichli shayba; 4,6 - oqimni aylantirgichlar; 5 —atrofidan aylanib o'tgich.
121
pardasida (ko‘pikda) tutilib qoladi. Bu changtutgichlarda gaz sekundiga 1,6—2,6 m tezlikda beriladi, gidravlik qarshiligi esa 300—1700 Pa ga teng.
Ho‘l holda tozalaydigan elektr filtrlar tuman va kislotalarning sachragan mayda zarralarini tutish uchun (masalan, sulfat kislotasi ishlab chiqarishda) ishlatiladi. Bu elektr filtrlarning ishlash prinsipi xuddi quruqlayin tozalaydigan elektr filtrlarnikiga o'xshash, faqat ular korroziyaga chidamli materiallardan yasaladi. Ho‘l holda tozalaydigan elektr filtrlaming afzalligi ular yordamida yuqori haroratda tozalash darajasining yuqoriligi, bir paytning o'zida gazni tozalash, zarralarni yuzaga shimdirish (adsorbsiyalash), kondensatlash (suyuqlikka aylantirish) va sovitish imkonining mayjudligi hisoblanadi. Changning erishi, changning tutgichlar va quvurlarda joylashib qotib qolishi; changtutgichlarning korroziyalanishi; hosil bo'lgan suspenziyadan muallaq zarrachalarni chiqarib tashlash zarurligi ularning kamchiligi hisoblanadi.
Ko'pikli apparatlar, skmbberlar, elektr filtrlar parametrlarini hisoblash usullari maxsus adabiyotlarda berilgan.
Quyida esa gazlarni chang va tumandan tozalash apparatlarining qiyosiy tavsiflari keltirilgan.
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |