Йилларда франция


So‘l markaz (1963-1976 yillar)


Download 1.56 Mb.
bet27/72
Sana09.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#258749
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72
Bog'liq
Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakala

So‘l markaz (1963-1976 yillar).

50 yillar va 60 yillar boshlari, ya’ni “iqtisodiy mo‘jiza” davrida xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi salmoqli yutuqlar va shuningdek siyosat maydonida XDPning ustunligi Italiyadagi boshqa siyosiy partiyalarning birinchi navbatda - ISP va IKP ning siyosiy yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi. Pyetro Nenni boshchiligidagi ISP rahbariyati: oppozitsion partiya statusidan voz kechdi va hukumat tepasiga chiqish uchun kurash boshladi. ISP kommunistlar bilan aloqani uzdi. Kompartiya esa “sotsializmga borishning italyancha yo‘li” strategiyasini qabul qildi. Bu strategiyaning asosida monopoliyaga qarshi faol va ommaviy kurash olib borish, barcha antimonopolistik kuchlarni o‘z tomonlariga og‘dirib olish, Sotsializmga tinch yo‘l bilan bosqichma-bosqich o‘tish ko‘zda tutilgan edi. XDP so‘l partiyalarning jamiyatdagi siyosiy mavqei va elektorati sonining borayotganini e’tiborga olib, hokimiyatga intilayotgan ISPni o‘ziga qaratib va ISDP tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanishga harakat qildi. Shu yo‘l bilan XDP jamiyatda o‘z mavqeini mustahkamlab olishni ko‘zda tutib, “so‘lmarkazchilik” strategiyasini ilgari surdi. So‘lmarkazchilik strategiyasi XDPning so‘l partiyalar bilan parlament va hokimiyat boshqaruvida hamkorlik qilishidan tashqari, xristian demokratlar tomonidan so‘l partiyalarning (kompartiya bundan mustasno) ba’zi bir talablarini qabul qilishini ham bildirar edi.

Chunki, reaksioner sifatida tanilgan Piy X11 ning vafotidan so‘ng (1958) uning o‘rniga kelgan rim papasi Ioann XX111 xristian demokratlar yangi strategiyasining tasdiqlanishiga deyarli hech qanday qarshilik ko‘rsatilmadi. Ioann XX111ning “Patsem in terris” (“Yer yuzida tinchlik bo‘lsin”) nomli ensiklikining asosida turli xil siyosiy oqimlarning hamkorligi va yer yuzida tinchlikni mustahkamlash g‘oyalari ustun edi. Cherkovning keng xalq ommasi bilan aloqalari masalasidagi muammo bo‘yicha yangilanish tarafdorlari va konservatorlar o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lib, bu kurashda yangilanish tarafdorlarining qo‘li baland keldi.

Shu bilan bir vaqtda hukumat ichkarisida tez-tez ro‘y berib turgan inqirozlar, XDPning siyosat maydonidagi yakka hokimlik davriga chek qo‘yilayotganini ko‘rsatib turar edi. XDP ning 1962 yilda bo‘lib o‘tgan syezdida “so‘lmarkazchilik” strategiyasi tasdiqlandi. Xristian demokratlarning vakili A.Fanfani xristian demokratlar, sotsial demokratlar, respublikachilar vakillaridan tashkil topgan birinchi hukumatni tuzdi. Bu so‘lmarkazchilik strategiyasini amalga oshirish uchun qilingan birinchi urinish edi.

1963 yildan boshlab esa, “so‘lmarkazchilar” hukumati tarkibiga Italiya sotsialistik partiyasining vakillari ham kiritildi. 1963-1968 va 1974-1976 yillarda yuqoridagi hukumat boshida Italiyaning ko‘zga ko‘ringan siyosiy arboblaridan biri Aldo Moro turdi. Xristian demokratlarning vakili Aldo Moro so‘l partiyalar bilan hamkorlik qilish tarafdori bo‘lib, inson sifatida yuksak axloqiy prinsiplarga qat’iy amal qiluvchi biror bir mojaroli ishga aralashmagan siyosatchi sifatida obro‘ qozongan edi. A.Moro (1916-1978 yillar) universitetini yurisprudensiya ixtisosligi bo‘yicha tamomlagach, huquq falsafasi bo‘yicha doktor bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. Xudoga o‘ta ishonuvchi A.Moro dastlab yoshlar tashkiloti hisoblangan universitetlardagi katoliklarining Federatsiyasida, so‘ngra esa XDPda faoliyat ko‘rsatdi. Siyosiy faoliyatini erta boshlagan A.Moro, o‘zining yuksak intellektual potensiali hamda tirishqoqlik, chidamlilik, sabr-bardoshlik, qat’iylik kabi ijobiy xislatlari tufayli siyosat maydonida De Gasperi darajasidagi yirik siyosiy arbob sifatida shakllandi va tanildi. Uning eng ko‘zga ko‘zga ko‘ringan xizmatlaridan biri XDPdagi strategiyaning o‘zgarishi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, uning davrida XDP de Gasperi davridagi markazchilikdan “so‘lmarkazchilik” strategiyasiga o‘tdi. A.Moro xalq orasida so‘l partiyalar, jumladan kommunistik partiyaning katta obro‘ga ega ekanligini hisobga olib va ularning ishtirokisiz hech qanday umummilliy masalalarni hal etib bo‘lmasligini birinchilardan bo‘lib tushunib yetdi. A.Moro XDPdagi konservativ oqimning ochiqchasiga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga qaramasdan, nafaqat sotsialistlar, balki kommunistlar bilan ham hamkorlik qilish tarafdori bo‘lib chiqdi. Umrining oxirigacha qat’iy xristian demokrat bo‘lib qolgan A.Moroning fikricha, XDP har qanday sharoitda ham o‘zining siyosiy hukmronligini yo‘qotmasligi kerak deb hisoblar edi.

So‘l markazchi hukumat bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. 1962 yilda iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri hisoblangan - elektro energiya ishlab chiqarish sanoati milliylashtirildi (davlat tasarrufiga o‘tkazildi). Natijada kuchli davlat “Birlashgan milliy elektroenergiya sanoati” tashkil topdi. Davlat tasarrufiga o‘tkazishga mo‘ljallangan yirik xususiy kompaniyalarning egalari, mulklari evaziga hukumatdan katta miqdorda kompensatsiya oldilar va bu mablag‘larni sanoatning boshqa sohalariga ishlatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 1965 yilda davlat sektori uchun majburiy rejalashtirish amalga oshirildi. 1967 yildan boshlab esa milliy 5-yillik rejalashtirish joriy etildi. Shu bilan bir vaqtda, davlat rejalarining direktivalari, xususiy sektor uchun majburiy emas edi. Ta’lim tizimidagi islohotga ko‘ra, to‘liqsiz o‘rta maktablarda o‘quvchilarni 14 yoshgacha bepul va majburiy o‘qitishni amalga oshirish bo‘yicha konstitutsion prinsip joriy qilindi. Ishchilarning hayotida katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ular ish haqining oshirilishi ish haqining mintaqaviy darajalarini bartaraf etilishiga, sanoatda mehnat qilayotgan ishchilarga bir haftada 40 soatlik ish kunini joriy etishga kasaba uyushmalarining huquqlarini kengaytirish va pensiya ta’minotini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldilar.

Ammo, so‘l markaz o‘z faoliyati davomida ba’zi bir iqtisodiy muammolarga ham duch keldi. Bu davrga kelib iqtisodiy vaziyat yanada og‘irlashdi. “Iqtisodiy mo‘jiza” davri tugab, Italiya iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari pasaydi va 60-yillarning o‘rtalariga kelib, inqiroz nuqtasigacha borib yetdi. 1974-1975 yillarga kelib esa, Italiya ham jahon iqtisodiy inqirozi girdobiga tushib qoldi. Milliy daromadni taqsimlash, takror ishlab chiqarish strukturasi va mexanizmidagi nomutanosibliklar jiddiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Jahon bozorida narxlarning keskin oshganligi tufayli, iqtisodiyotni xom ashyo va yonilg‘i bilan ta’minlash muammosi yanada kuchaydi. Kasaba uyushmalari faoliyatining kuchayishi va stachkasi kurashning o‘sishi tufayli mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskin o‘zgardi.

Inqirozlar tufayli hukumat va tadbirkor doiralar iqtisodiy strategiyalarga o‘zgartirishlar kiritish, rivojlangan g‘arb davlatlaridan modernizatsiyalashning ilg‘or metodlarini o‘rganish va joriy etish kabi vazifalarni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Italiya tadbirkorlarining elitasi mamlakatni kuchli yettilik safida saqlab qolishga harakat qildi. O‘sha davrda Italiyadagi iqtisodiy taraqqiyotning ekstensiv modeli ham o‘z potensialini batamom tugatmagani tufayli, 70-yillarning o‘rtalariga kelib, kun tartibida iqtisodiy taraqqiyotning ekstensiv yo‘llarini yuqori texnologiyali jarayonlar bilan almashtirish masalasi yuzaga keldi. Avvalgi iqtisodiy modeldan tez sur’atlarda ajralishning imkoniyati yo‘qligi,

Italiya iqtisodiyoti ichki qayta qurishlarni amalga oshirmaganligi tufayli 70-yillarda jahon bozorida noqulay ahvolda qoldi. Iqtisodiy taraqqiyotdagi notekislik mehnat munosabatlari va ijtimoiy sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatar edi.

Kasaba uyushmasi va kommunistik partiya talabalarni qo‘llab-quvvatladi. 1968 va 1969 yillarda pensiya islohotini o‘tkazish va uy-joy muammosini bartaraf etishni talab qilib chiqqan ikkita yirik umummilliy ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi. Hukumat ma’lum bir yon bosishlarni xalq kvartiralarini qurish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratib, 1969 yilning “jazirama kuzi”da yanada yaxshiroq shart-sharoitlarni ta’minlab beradigan yangi jamoa shartnomalarini tuzishni talab qilib, millionlab kishilar ish tashladilar. Buning natijasida 1970 yilning may oyida mehnatkashlarning huquqlari statu qabul qilindi. Bu statutga ko‘ra kasaba uyushmalarining korxonadagi o‘rni aniqlandi va korxona egalarining ishchilarni ishdan bo‘shatish imkoniyati chegaralab qo‘yildi.

Italiyaning konstutitsion sudi 1974 yilda ijtimoiy-siyosiy talablar ilgari surilgan ish tashlashlarni qonuniy deb tan olishga majbur bo‘ldi. Ish tashlashlar orqali erishilgan yutuqlar tufayli kasaba uyushmalarning tarkibi va ta’siri yanada ortdi. 1969 yildan boshlab kasaba uyushmalari va hukumat vakillari o‘rtasida o‘tkazilayotgan muzokaralar doimiy holatga kirdi.

1970 yilda so‘l kuchlar nikohda ajralishlarga ruxsat beradigan qonunni qabul qildirishga erishdi. Cherkov rasm-rusumlariga ko‘ra nikoh buzilmas deb hisoblansada, 1974 yilda o‘tkazilgan referendum nikohdagi ajralishlarning qonuniyligi masalasida katta ovozga ega bo‘ldi. Shunday qilib, so‘l markaz hukumati ish tashlovchilarning asosiy talablarini bajarib, katta yon bosishlar qilishga majbur bo‘ldi.



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling