Йилларда франция


Download 1.56 Mb.
bet67/72
Sana09.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#258749
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakala

Marokash Marokash Fransiya mustamlakasi edi. Marokash xalqining ozodlik kurashi uzoq davom etdi. Va, nihoyat, 1956-yil 2-mart kuni Marokash mustaqilligi haqida deklaratsiya imzolandi. 5-aprelda Ispaniya Marokash mustaqilligini tan oldi. 1961-yilda Fransiya qo'shinlari mamlakatdan olib chiqib ketildi. AQSH harbiy bazasi ham tugatildi. 1962-yildan boshlab Marokash konstitutsiyaviy monarxiya davlatiga aylandi. Qirol Hasan II mamlakat yangi konstitutsiyasini imzoladi. Marokash arab xalqining Isroil agressiyasiga qarshi kurashini qo'llab- quwatlab kelmoqda. Ayni paytda uning Jazoir bilan munosabatlarida keskinlik ham mavjud. Bu keskinlik — G'arbiy Sahroyi Kabir bilan bog'liq. 1975-yilda Marokash bu hududni bosib oldi. G'arbiy Sahroyi Kabirda bir necha o'n yillardan beri separatchilik harakati davom etmoqda. Jazoir Respublikasi esa ana shu harakatni qo'llab-quwatlamoqda. Tabiiyki, bu hol Marokash — Jazoir munosabatlariga sovuqlik tushirmay qo'ymadi. 1999-yilda Hasan II vafotidan so'ng taxtni o'g'li Muhammad VI egalladi. Otasidan 30 min aholini boshqarishni, 200 ming armiyani meros qilib oldi. 50 foiz xalq savodsiz.

Tunis Tunis ham uzoq yillar Fransiya mustamlakasi bo'lib keldi. Faqat 1956-yildagina (20-mart) Fransiya Tunis mustaqilligini tan olishga majbur bo'ldi. Hokimiyat Yangi Dastur partiyasi rahbarligidagi Milliy front qo'liga o'tdi. Uning rahbari X. Burgiba yangi hukumat tuzdi. 1957-yil 25-iyulda Tunisda monarxiya tugatildi va Respublika e'ion qilindi. X. Burgiba mamlakatning birinchi Prezidenti etib saylandi. X. Burgiba mamlakatda «Dastur sotsializmi» qurishini e'ion qildi. Bu ibora amalda iqtisodiyoti davlat, kooperativ va xususiy sektorni mujassamlashtirgan jamiyatni anglatar edi. Ayni paytda bu jamiyat aholi barcha tabaqalarining manfaatini aks ettirishi zarur edi.

1969-yildan boshlab davlat yerlari, fransuz mustamlakachilariga qarashli yerlar sotila boshlandi. Shu tariqa mayda va o'rta yer egalari tabaqasi vujudga keltirildi. Sanoat korxonalari ham milliylashtirildi. Shuning barobarida milliy va chet el kapitaliga qulay sharoit yaratib berildi. Biroq mamlakatda ijtimoiy adolatsizlik avj oldi. Bu, o'z navbatida, siyosiy beqarorlikni vujudga keltirdi. Natijada diniy yo'nalishdagi partiyalar kuchaydi. Shunday sharoitda harbiylar 1987-yil 7-noyabrda to'ntarish o'tkazdilar. X. Burgiba hukumati ag'darildi. Hokimiyat gкnerai Ben Ali qo'liga o'tdi. Tunis tashqi siyosatda ham G'arb, ham arab davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirib bormoqda. 1976-yilda u Yevropa Ittifoqi bilan shartnoma imzoladi.

1989-yilda esa Arab mag'ribi Ittifoqi a'zosi bo'ldi. Arab davlatlari ligasi a'zosi sifatida Falastin arab xalqining o'z davlatiga ega bo'lish huquqini qo'llab-quwatlab kelmoqda.

Livan Livan Birinchi jahon urushi yillaridan 1943-yilgacha Italiya mustamlakasi bo'lib keldi. 1943-yilda Italiya ittifoqchilarga taslim bo'lgach, Fransiya va Buyuk Britaniya boshqaruviga o'tdi. 1951-yilda Livan mustaqil davlat deb e'lon qilindi. Liviyada monarxiya qaror topdi. Qirol Idris I tashqi siyosatda, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya va AQSH bilan yaqinlashish yo'lini tutdi. Chunonchi, 1953-yilda mamlakat hududida Buyuk Britaniya, 1954-yilda esa AQSHning harbiy bazalarini tashkil etish haqida bitimlar imzolandi. Shu tariqa buyuk davlatlar o'zlarining Afrikadagi manfaatlarini himoya

qilishda Livanni tayanch nuqtasiga aylantirdilar. Biroq Idris I siyosati harbiylar orasida norozilik tug'dirdi. Ular 1969-yil 1-sentabrda harbiy to'ntarishni amalga oshirdilar. To'ntarishga polkovnik M. Kaddafiy (1942- yilda tug'ilgan) rahbarlik qildi. Hokimiyat inqilobiy qo'mondonlik kengashi qo'liga o'tdi. To'ntarish natijasida monarxiya ag'darildi. Mamlakat Liviya Arab Respublikasi deb e'lon qilindi. Buyuk Britaniya va AQSH 1970-yilda Liviyadan o'z harbiy qismlarini olib chiqib ketishga majbur bo'ldi. Liviya Keyingi o'zgarishlar

Mamlakatda davlat organlarini qayta tashkil etish boshlandi. Umumiy Xalq Kongressi Oliy hokimiyat organi deb e'ion qilindi. 1977-yil 3-mart kunidan boshlab Liviya Arab Respublikasi Liviya Xalq Arab Jamaxiriyasi nomi bilan ataladigan bo'ldi. M. Kaddafiy esa 1-sentabr inqilobining rahbari deb e'lon qilindi. Shu tariqa u davlatning yagona rahbariga aylandi. Liviya milliy boyligining asosini neft tashkil etadi. Hukumat Livanda neft qazib chiqarish bilan shug'ullanuvchi barcha kompaniyalarni to'la yoki qisman milliylashtirdi. Mamlakat ichkarisida neft mahsulotlarini sotish va taqsimlashni davlat o'z qo'liga oldi. Milliy neft-kimyo sanoati hamda neft tashuvchi flot yaratildi. Liviya iqtisodiyotida davlat sektori katta salmoqqa ega.

Neft sanoatidan tashqari, banklar, sug'urta kompaniyalari, yirik qishloq xo'jalik birlashmalari, transport, qurilish kompaniyalari hamda tashqi savdo davlat ixtiyoridadir. Liviya qonunlari kishining mehnat natijasini o'zlashtirib olmaydigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga ruxsat etadi.

Mamlakat rahbariyati aholining ijtimoiy himoyasi masalasiga alohida e'tibor berdi. Ish haqi to'lashni davlat tartibga solib turadi. Turarjoy uchun kam haq olinadi. Aholiga bepul tibbiy xizmat ko'rsatiladi. Umumiy va oliy ta'lim ham bepul. Obyektiv sabablarga ko'ra, mamlakat qishloq xo'jaligi kam taraqqiy etgan. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari chetdan sotib olinadi. Shunday bo'lsa-da, bugungi Liviya — dunyoning eng boy davlatlaridan biri. Livan yiliga 110 min tonna neft qazib oladi. Neft savdosi mamlakat g'aznasiga 10 mlrd dollar daromad keltiradi. Livan faol tashqi siyosat yuritadi. U Arab Davlatlari Ligasi, Afrika hamkorligi tashkiloti, Qo'shilmaslik harakati, Arab mag'ribi Ittifoqi kabi regional tashkilotlar a'zosidir. Falastin Ozodlik Tashkilotini qo'llab- quwatlaydi. Unga katta miqdorda moliyaviy yordam ham ko'rsatadi. Biroq Livan xalqaro terrorizmni qo'llab-quwatlashda ham ayblanib kelmoqda. Bu esa uning AQSH tomonidan jazolanishiga sabab bo'lgan.

AQSH M. Kaddafiyni jismonan yo'q qilish maqsadida 1986-yilning 15- aprelida Livan poytaxti Tripoli shahrini bombardimon qildi. Lekin M. Kaddafry omon qoldi. Ayni paytda 2000-yilda Livan xalqaro terrorizmda gumon qilingan ikki fuqarosini xalqaro sud hukmiga topshirishga majbur bo'ldi. Xalqaro sud (Gaaga shahrida) ularning birini aybdor deb topdi va qamoq jazosiga hukm qildi. 2005-yilga kelib M. Kaddafiy G'arb davlatlarining barcha talablarini bajardi. Qurollanish dasturini to'xtatdi. G'arb xalqaro cheklovni bekor qildi.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. «Yaqin Sharq muammosi» qachondan boshlangan va mohiyati nima?

2. Arab - Isroil urushidan maqsad nima edi?

3. Kemp-Devid bitimi qachon tuzildi?

4. Iroq qachon respublika deb e'lon qilingan?

5. S. Husayn siyosatini tushuntiring.

6. Saudiya Arabistoni qanday mamlakat?

7. Suriya tashqi siyosatining mohiyati nima?

8. Misr hukmdorlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

9. Sh. Benjadid davrida Jazoirning ahvoli qanday edi?

10. Marokashning taraqqiyot yo'li qanday bo'ldi?

11. «Dastur sotsializmi»ning mohiyati nima?

12. M. Kaddafiy faoliyati haqida so'zlab bering.

13. O'zbekistonning arab davlatlari bilan aloqalari haqida nimalarni bilasiz?


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling