Jinoiy jazo nima va uning boshqa majburlov choralaridan farqi nimalarda ifodalanadi?


Download 21.53 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi21.53 Kb.
#220232
  1   2   3

NAZORAT SAVOLLARI.


  1. Jinoiy jazo nima va uning boshqa majburlov choralaridan farqi nimalarda ifodalanadi?

  2. Jinoiy jazoning miqdor va sifat xususiyati deganda nimani tushunasiz?

  3. Jinoyatlarning umumiy va maxsus oldini olish deganda nimani tushunasiz?

  4. Jinoiy jazo tizimi tushunchasi va uning qanday turlari mavjud?

  5. Jinoiy jazo tizimining liberallashtirilishi nimalarda ifodalandi?

Javoblar

1 Jazo — sud hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor deb topil-gan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan va sudlanuvchini ozodlikdan mahrum qiluvchi yoki uning huquq va erkinliklarini cheklovchi majburlov chorasidir.

Jinoiy jazo davlatning majburlov chorasi bo‘lib, u boshqa majburlov choralaridan quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi:

1)      Jinoiy jazo jinoyat qonunida qat’i belgilangan bo‘ladi. Jinoyat kodeksida sudlar uchun qat’i bo‘lgan jazo choralari belgilan-gan bo‘lib, sudlar jazo tayinlashda Maxsus qism normasi sanksiyasida ko‘rsatilgan doirada jazo tayinlaydilar. Sud jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga qonunda belgilangan jazonigina tayin-laydi, boshqa jazolarni davlat nomidan qo‘llanishi yoki jinoyat qonuni sanksiyalaridan chetga chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat majbur-lovining alohida shakli bo‘lgan jazo jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi;

2)      Jinoiy jazo faqat sud tomonidan tayinlanadi. Bu qoida Jinoyat kodeksining 42-moddasida ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jinoyat kodeksi 69-75-moddalarida belgilangan asoslarga ko‘ra jazodan ozod qilish, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirilishi ham faqat sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Amnistiya akti asosida yoki afv etish orqali jazodan ozod qilishda, bu aktni chiqargan organ-ning amnistiya yoki afv etish to‘g‘risidagi normativ akti asosida ozod qilinadi. Faqat sudlar jazodan ozod qilish vakolatiga ega ekanligi JPKning 12-moddasida ham mustahkamlangan. Jinoiy jazo hisoblan-maydigan majburlov choralari davlatning boshqa vakolatli organlari yoki vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan ham qo‘llanishi mumkin;

3)      Jinoiy jazo faqat jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatangina qo‘llaniladi. Mahkum jazonining ijrosidan qochganda ham jazo mahkumning oila a’zolariga yoki yaqin qarin-doshlariga nisbatan qo‘llanishi mumkin emas. Aybdor shaxsga jazo qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy to‘lovlar uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlaridan undirilmaydi;

4)      Jinoy jazoning mazmuni shaxsni ozodlikdan mahrum qilish-da yoki huquq va erkinliklarini cheklashda ifodalanadi. Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish oqibatida u ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Masalan, ozodlikdan mahrum qilish va qamoq jazolari qo‘l-lanilganda mahkum jamiyatdan ajratiladi. Muayyan huquqdan mah-rum qilish jazosi qo‘llanilganda shaxsning erkin kasb tanlash huquqi, muayyan lavozimni egallashi cheklanadi.


Download 21.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling