Jinoiy jazo nima va uning boshqa majburlov choralaridan farqi nimalarda ifodalanadi?
Download 21.53 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatning umumiy oldini olishda
Sifat xususiyati deganda, jinoiy jazo chorasi orqali ta’sir etishning mazmuniy jihati tushuniladi, ya’ni uning turli (masalan, jarima jazosini tayinlash, moddiy ta’sir etish xususiyatiga ega) usulda jinoyatchi shaxsiga ta’sir etishidir.
Miqdor xususiyati deganda, u yoki bu usulda ta’sir etishning chegarasi tushuniladi (masalan, jarima jazosini belgilashda uning sum-masi, ozodlikdan mahrum etishda uning muddati). Hech kimga jinoyat qonunida belgilangan sifat va miqdor xususiyatidan chetga chiqib jazo tayinlanishi mumkin emas. Faqat sud belgilangan jazo doirasida jinoyat qonuniga muvofiq jazo muddati va rejimini belgilash orqali qanday miqdorda va sifatda jazo qo‘llanilishini belgilashi mumkin. 3 Yangi jinoyat qonuni modelini yaratishda jinoiy jazoning maqsadlaridan biri, jinoyatning umumiy va maxsus oldini olish qilib belgilandi. Jinoyatning umumiy oldini olishda – sudlangan shaxs orqali boshqa shaxslar ogohlantiriladi. Maxsus oldini olish esa – shaxsni qayta tarbiyalashga qaratilgandir. 4 Jazo tizimi Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin: a) jarima; b) muayyan huquqdan mahrum qilish; b1) majburiy jamoat ishlari; v) axloq tuzatish ishlari; g) xizmat bo‘yicha cheklash; d1) ozodlikni cheklash; e) intizomiy qismga jo‘natish; z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish. Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin. Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin. Download 21.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling