Jinoiy jazo nima va uning boshqa majburlov choralaridan farqi nimalarda ifodalanadi?


)      Jinoiy jazoning davlat xususiyatiga ega ekanligi


Download 21.53 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi21.53 Kb.
#220232
1   2   3
5)      Jinoiy jazoning davlat xususiyatiga ega ekanligi. Bu shundan iboratki, shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish, jazo, uning aniq turi va miqdorini belgilash faqat maxsus davlat organi, alohida hokimiyat – sudga taalluqli bo‘lib, davlatning boshqa organlari yoki jamoat tashkilotlari uni qo‘llay olmaydi. Sud hukmi davlat nomidan chiqarilib, qonuniy kuchga kirgan sud hukmi barcha davlat, jamoat muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lib, O‘zbe-kiston Respublikasi hududida so‘zsiz ijro etilishi lozim. Bularning hammasi jazoning davlat xususiyatiga ega ekanligini ifodalaydi;

6)      Sudlanganlik shaxsning faqat jinoiy jazoga tortilganligi tufayli kelib chiqadi. Jazo tayinlangan, hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan hisoblanadi

7)      Jazo bu – jinoyat sodir etgan shaxsni sodir etgan qilmishi uchun jazolashdir. Jazoning bu zo‘rlov, majburlov tomoni jinoyatchini jismoniy, mulkiy, ma’naviy va boshqa jihatlardan ma’lum darajada cheklash va mahrum qilishdir.

8) Jinoiy jazoning vazifasi faqatgina sodir etilgan qilmish uchun jazolash bo‘lmay, shuningdek, mahkumlarni tuzatish va qayta tarbiyalash hamdir.

2 Jinoiy jazo shunday usul bilan ta’sir etish chorasiki, u muayyan sifat va miqdor xususiyatiga ega.




Download 21.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling