Jinoyat huquqi fanidan O’zbekiston va Tojikiston jinoyat kodeksi va yuridik adabiyotlariga asoslanib, ikki davlat jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar mavzusida hisobot ishi. Hisobotning mazmuni
Download 106.65 Kb.
|
1 2
Bog'liqJinoyat huquqi fanidan O’zbekiston va Tojikiston jinoyat kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobotning mazmuni
- Hisobotning maqsadi
- Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
Jinoyat huquqi 1-5a Akbarov Sadriddin Karimov Islom Dilmurodov Tohir. Jinoyat huquqi fanidan O’zbekiston va Tojikiston jinoyat kodeksi va yuridik adabiyotlariga asoslanib, ikki davlat jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar mavzusida hisobot ishi. Hisobotning mazmuni: O’zbekiston va Tojikiston jinoyat huquqi – jamoat xavfsizligiga qarshi jinoytalar bo’yicha taqqoslash va taxlil qilish, davlatlarning ushbu mavzusidagi asosiy farqlari va o’xshashliklarini o’rganish. O’zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi shuningdek, Tojikiston Respublikasi jinoyat kodeksiga, yuridik adabyot va darsliklarni o’rganib taxlil qilgan holda hisobotda keltirish, yuzlangan materiallarni hisobotning so’ngida qo’shishlardan iborat. Hisobotni reja asosida qismlarga bo’lish. Har bir qismga alohida yuzlanish analiz qilish. Jamiyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar muomosini uni oldini olishga doir jora tadbirlarni o’rganish. Hisobotning maqsadi: Yuqorida takidlangan davlatlani jinoyat huquqida jamoat xavfsizligiga qarshi jinoytalar to’g’risida umumiy ma’lumotlarga ega bo’lish, taqqoslash va o’rganish. Mundarija: Kirish qismi – jamoat xavfsizligiga qarshi jinoytalar tushunchasi umumiy ma’lumotlar. Asosiy qism – jamoat xavfsizligiga qarshi jinoytalar O’zbekiston va Tojikiston jinoyat huquqi doirasida o’xshashlik va farq. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar - Insonni, uning huquq va erkinliklarini eng oliy qadriyatlar sifatida tan olinishi insonlarning xavfsiz turmush sharoitini, davlat va jamoat institutlarining normal faoliyatini ta’minlaydigan ijtimoiy sharoitlarni vujudga keltirish va ta’minlashni taqozo etadi. Fuqarolarning mehnat qilishi va dam olishi uchun normal sharoitlarni yaratish, davlat va jamoat tartibini muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy normalar tizimi odamlar, davlat va jamoat institutlarining ijtimoiy himoyalanganligining muhim omilidir. Jinoyat kodeksining o‘n yettinchi bobi normalari shular sarasidandir. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning xususiyati ularning keng doiradagi ijtimoiy munosabatlar uchun obyektiv ravishda xavfliligidadir. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etilganda muayyan shaxsning manfaatlariga zarar yetkazilmasdan, balki ijtimoiy ahamiyatga molik manfaatlariga – umuman jamiyat hayotining xavfsiz sharoitiga zarar yetkaziladi. Bunda butun jamiyat hayotining normal va xavfsiz sharoitlari, jamoat tartibi, turli faoliyatni amalga oshirishdagi va ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan predmetlar bilan muomala qilishdagi xavfsizlik kabi ijtimoiy qadriyatlar jinoiy tajovuzlarga uchrashi mumkin. Jinoyat kodeksining XVII bobi normalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning obyekti – jamiyatni har bir a’zosining xavfsizligini, jamoat tartibini, turli xil faoliyat ko‘rsatishda va ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan predmetlar bilan muomala qilish jarayonida jamiyat yoki davlat manfaatlarini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar majmuyi hisoblanadi. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning ko‘pchiligi (Jinoyat kodeksining 242–248, 251–252, 254, 2551-moddalari) obyektiv tomondan harakat bilan sodir etiladi. Alohida jinoyatlar esa, harakatsizlik bilan ham sodir etiladi (o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash Jinoyat kodeksining 249-moddasi), bir qator jinoyatlar esa, ham harakat bilan ham harakatsizlik bilan sodir etilishi mumkin (250, 253–255, 256–259-moddalar). Ayrim jinoyatlar formal tarkibli jinoyatlar hisoblanadi (masalan, Jinoyat kodeksining 242, 243-moddalari), aksariyati esa, moddiy tarkibli jinoyatlarga tegishli (masalan, Jinoyat kodeksining 244, 256–259-moddalari). Jamoat xavfsizligiga qarshi aksariyat jinoyatlar subyektiv tomondan qasddan sodir etiladi. Bir qator jinoyatlar faqat ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilishi mumkin, masalan, o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash (Jinoyat kodeksining 249-moddasi). Jinoyat kodeksining 245, 2511-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarda maqsad zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi. Bevosita asosiy obyektiga ko‘ra, mazkur jinoyatlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (tor ma’noda). Mazkur guruhdagi jinoyatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida sodir etilishi, butun jamiyat hayotining xavfsiz va normal sharoitini ta’minlash sohasidagi eng muhim manfaatlarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Ularga Jinoyat kodeksining 242–245-moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi; 2) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan predmetlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar. Jinoyatlarning mazkur guruhini Jinoyat kodeksining 246–2551-moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlar tashkil qiladi. 3) turli faoliyatni amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar. Bu guruhga Jinoyat kodeksining 257–259-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar: Jinoiy uyushma tashkil etish (Jinoyat kodeksining 242-moddasi). 1) Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish (legallashtirish) (Jinoyat kodeksining 243-moddasi). 2) Ommaviy tartibsizliklar (Jinoyat kodeksining 244-moddasi). 3) Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish (Jinoyat kodeksining 241-moddasi). 3) Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish (Jinoyat kodeksining 242-moddasi). 4) Diniy mavzudagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish (Jinoyat kodeksining 2443-moddasi). 5) Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish (Jinoyat kodeksining 245-moddasi). 7) Kontrabanda (Jinoyat kodeksining 246-moddasi). 8) O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash (Jinoyat kodeksining 247-moddasi). 9) Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish (Jinoyat kodeksining 248-moddasi). 10) O‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash (Jinoyat kodeksining 249-moddasi). 11) Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 250-moddasi). 12) Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash (Jinoyat kodeksining 251-moddasi). 13) Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish (Jinoyat kodeksining 251-moddasi). 14) Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash (Jinoyat kodeksining 252-moddasi). 15) Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 253-moddasi). 16) Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish (Jinoyat kodeksining 254-moddasi). 17) Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 255-moddasi). 18) Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish (Jinoyat kodeksining 251-moddasi). 19) Тadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 256-moddasi). 20) Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 257-moddasi). 21) Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 271-moddasi). 22) Тog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 258-moddasi). 23) Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 259-moddasi). Download 106.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling