Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish


Bitiruv malakaviy ishining predmeti


Download 95,85 Kb.
bet3/17
Sana18.06.2023
Hajmi95,85 Kb.
#1559799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Namuna BMI

Bitiruv malakaviy ishining predmeti. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, milliy va xorijiy huquqshunos olimlarning ilmiy-amaliy ishlari, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan sohaga oid materiallar hamda boshqa manbalar bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil qiladi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi., O’zbekiston Respublikasida korrupsiyani ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida o’rganilib, korrupsiya jinoyatlari jinoyat-huquqiy muammolarining o’ziga xos yechimi sifatida yangi tushunchalar, ilmiy-nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Bugungi kunda korrupsiya bilan kurashish, mansabdor shaxslarning qonunni chetlab o’tish holatlariga barham berish ko’plab jahon mamlakatlarining eng asosiy vazifasiga aylangan.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi va adabiyotlar tahlili. Ushbu mavzu doirasida ko’plab izlanishlar olib borilgan, ilmiy ishlar yaratilgan. Mamlakatimiz olimlaridan: B.S.Shamsutdinov, A.Azimov, A.X.Raxmankulov, D.M.Mirazov, B.X.Po’latov, O.M.Madaliev, Z.F.Inog’omjonova, ye.N.Nikiforova, Sh.F.Fayziev1 va boshqalar, shuningdek, rus olimlaridan Ф.В. Готыжева, Т.В.Филатова, В.Д.Арсеньев, В.И.Басков, А.Р.Михайленко, А.Давлетов, М.А.Ковалев, В.М.Савицкий, Н.А.Громов, А.Д.Берензон, С.А.Голунский, Н.Н.Полянский, М.С.Строгович, В.С.Тадевосян, Ю.И.Винокуров, В.Г.Д lar tomonidan tadqiq qilingan1.
Bundan tashqari, A.S.Tursunov, S.B.Xo’jaqulov, Sh.R.G’afurov, A.A.Alanova, U.Aloyev, Q.Rozimova, A.Xudoyberganov va boshqalar korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida o’zlarining ilmiy ishlarini yozishgan.2
Bitiruv malakaviy ishining usuli. Bitiruv malakaviy ishini yozishda bilishning umumiy-ilmiy metodlari bo’lgan dialektik metod, tarixiy-qiyosiy tahlil, tizimli tahlil qilish uslublari, shuningdek, umumiy mantiqiy metodlar – induksiya, deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy metodlar qo’llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda grammatik tahlil metodidan ham foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi kirish, uch bob, olti paragraf, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishi 60 betdan iborat.



Download 95,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling