Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Download 57.22 Kb.
|
jinoyat huquqi tushunchasi va predme
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi O‘zbekiston Res-publikasi Jinoyat kodeksining 5-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar. Ushbu normaning asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-sining 18-moddasida belgilangan bo‘lib, unda: “O‘zbekiston Respub-likasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.”,- deb ko‘rsatib o‘tilgan. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipida:
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 5-moddasining nomi bilan uning mazmuni mos kelmasdan, ushbu moddada faqat jinoyat sodir etgan shaxslarning qonun oldida tengligi haqida gapirilgan. Le-kin jinoyat huquqiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari, jinoyat sodir etgan shaxslardan tashqari, jabranuvchi, jinoyat qonunini qo‘l-lovchi shaxslar ham fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipiga amal qilishlari shart. Qonun chiqaruvchi tomonidan tenglik prinsipiga amal qilinishi (qilmishlarni jinoiy deb topish masalasi borasida) barcha jinoiy huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni belgilashda ifodalanadi. Bundan tashqari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoya qilinishi masalasida ham tenglik prinsipiga amal qilinishi kerak. Xususan, maxsus subyektlarning qilmishlarini jinoyat deb topishda, masalan, mansabdor shaxslar, harbiylar va sudyalar qilmishlari uchun boshqalar javob bermaydi.
Masalan, Jinoyat kodeksi 141-moddasida fuqarolarning teng huquqliligini buzish uchun, 156-moddasida esa adovat qo‘zgatish maqsadida milliy, irqiy va diniy mansubligiga ko‘ra fuqarolarning tengligini buzish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi xalqaro-huquqiy va konstitutsiyaviy prinsip bo‘lganligi uchun barcha qonunlarda qat’i o‘rnatilishi kerak. Amaliyotda bunday prinsip ko‘pincha jinoyat sodir etgan shaxslarning mulkiy ahvoli va mansab mavqei mezonlariga ko‘ra buziladi. Bunday buzilishlar jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik, jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli jinoyat ishini tugatish kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Demak, fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi sodir etgan jinoyati uchun har bir shaxsning teng javobgarligi, jinoiy javobgarlik asoslarining barcha uchun bir xilda qo‘llanilishi (amal qilishi)ni bildiradi. Bunday prinsipdan istisno holatlar ijtimoiy adolat va insonparvarlik prinsiplari orqali o‘rnatilishi mumkin. Masalan, voyaga yetmaganlar, homilador ayollar javobgarligi, shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati kabi holatlar. Download 57.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling