Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi
Download 57.22 Kb.
|
jinoyat huquqi tushunchasi va predme
birinchidan, jinoyat qonunining asosiy prinsiplariga e’tiborni qaratish;
ikkinchidan, jinoyat huquqi prinsiplarining mohiyati, harakati hamda ularning jinoyat huquqi normalari bilan aloqasini chuqurroq o‘rganish; uchinchidan, u yoki bu prinsiplarning ma’lum bir huquq soha-siga taalluqliligi borasidagi bahslarning oldini olish imkonini beradi17. Jinoyat huquqi prinsiplari O‘zbekiston Respublikasi Konstitu-tsiyasida mustahkamlangan, qonunning ustuvorligi, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolarning tengligi, umuminsoniy qadriyatlar va umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustuvorligi kabi prinsiplarga asoslanadi hamda ulardan kelib chiqadi. Ayni paytda jinoyat huquqining har bir prinsipi ushbu huquq sohasining tartibga solish uslubi va bajaradigan vazifalari bilan aloqador hamdir. Qonunda prinsiplarning mustahkamlanganligi ularga umummaj-buriylik xususiyatini beradi, binobarin, prinsiplar kishilar ongiga ta’sir ko‘rsatish omillari sifatida qonun chiqarish va huquqni qo‘llash faoliyatini yanada rivojlantirish uchun huquqiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Barcha prinsiplarning yig‘indisi demokratik jinoyat huquqining chinakam mohiyatini ifodalaydigan ichki o‘zaro mufoviqlashtirilgan qoidalarning yaxlit tizimini tashkil etadi. Jinoyat huquqi prinsiplari tizimi deganda jinoyat qonunchiligi-dagi qoidalarning normativ asosini belgilab beruvchi jinoyat huquqi prinsiplarining yig‘indisi tushuniladi. Prinsiplar tizimi jinoyat huquqining markaziy jinoyat-huquqiy masalasi hisoblangan jinoyat va jazo toifalarini o‘zida mujassamlash-tiradi. Tizimga kiradigan barcha prinsiplarning ahamiyati o‘zaro teng-dir. Zero, ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib, davlatning jinoyat-huquqiy (jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi) siyosatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni bajaradi. Jinoyat huquqi prinsiplarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 3-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra, Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
Download 57.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling