Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi
Jinoyat kodeksining 10-moddasida ushbu prinsip belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra :
“qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart”
Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi:
1) jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksida belgilangan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishini;
2) jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishda qonunda ko‘rsatilgan mavjud barcha asoslar va shartlar bo‘lgandagina yo‘l quyilishini bilidiradi24.
“Bu prinsip jinoyat huquqiy xususiyatdan ko‘ra ko‘proq jinoyat protsessual xususiyat kasb etadi.”, - degan fikr asosida ko‘pchilik davlatlar Jinoyat kodeksiga kiritilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |