Aim.Uz
Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti
1. Jinoyat huquqi tushunchasi
Jinoyat huquqi tushunchasi ikki: qonunchilik sohasi va huquq tarmog‘i ma’nosida qo‘llaniladi. Yurisprudensiya, ya’ni yuridik fanlar tizimida ham jinoyat huquqi mustaqil huquqiy fan sifatida muhim o‘rin egallagan. Jinoyat huquqi boshqa huquq tarmoqlaridan, xususan, maxsus huquq tarmoqlaridan o‘ziga xos vazifalari, predmeti va tartibga solish metod (uslub)lari bilan farq qiladi.
Jinoyat huquqi qilmishning jinoiyligi va bunday jinoiy qilmishlar uchun tayinlanadigan jazo choralarini belgilovchi hamda jinoyat sodir etilishi bilan yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar tizimidir.
Jinoyat huquqi huquq tizimining mustaqil huquq tarmog‘i bo‘lib, qilmishning jinoyat ekanligini, jinoiy javobgarlikning asoslari va chegaralari, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlarni belgilovchi Oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o‘rnatilgan huquq normalari yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |