Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi


"Jinoyat sodir etildimi, jinoyat-huquqiy mexanizm o‘zining tartibga solish funksiyasini to‘liq bajarishi kerak"


Download 57.22 Kb.
bet6/22
Sana06.12.2021
Hajmi57.22 Kb.
#178733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
jinoyat huquqi tushunchasi va predme

"Jinoyat sodir etildimi, jinoyat-huquqiy mexanizm o‘zining tartibga solish funksiyasini to‘liq bajarishi kerak".

Jinoyat-huquqiy tartibga solish metodi sifatida jinoiy javobgarlik shaxslarning xatti-harakatiga ta’sir etishning ikki: salbiy va ijobiy jihatini o‘z ichiga oladi.

Jinoyat-huquqiy tartibga solish metodining salbiy jihati shaxsning xatti-harakatlarini jinoyat deb baholash bilan bog‘liq bo‘lib, shaxs jinoyat sodir etishi bilan unga ta’sir etishda ifodalanadi. Bunday holatlarda shaxs jinoiy javobgarlikka tortilib, uni hukm qilish va unga jazo tayinlash masalasi hal etiladi.

Ijobiy jihat esa shaxsning xatti-harakatlarini ijobiy (qonuniy) deb baholash bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning obyektiv zarurat tufayli vujudga kelgan ijtimoiy foydali xatti-harakatlariga ta’sir etishda ifodalanadi8.

Demak, jinoyat huquqi huquq sohasi sifatida o‘zining predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlarga tartibga soluvchi metodi orqali ta’sir etadi. Jinoyat huquqiy tartibga solishning bunday metodi (usuli) jinoyat deb hisoblanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishlarga qarshi kurashi-shning jinoyat-huquqiy vositalarini qo‘llashda ifodalanadi.

Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi ushbu huquq sohasining majburiy ta’sir etish metodi orqali amalga oshiriladi. Bunday metodlar adolatni o‘rnatish maqsadida jinoyatchilarga qonun-da ko‘rsatilgan majburlov choralarini qo‘llashda ifodalanadi.9

Demak, jinoyat huquqining huquqiy-tartibga solish metodlarini ikki:


  1. Tartibga soluvchi.

  2. Muhofaza qiluvchi guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin.



Download 57.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling