3. Jinoyat huquqining tartibga solish metod (uslublari)lari
Huquq nazariyasiga ko‘ra, huquq sohalari bir-biridan tartibga solish predmeti va metodlariga ko‘ra farqlanadi. Huquq sohasining tartibga solish predmeti o‘z navbatida tartibga solish metod (uslub)larini belgilaydi. Xususan, jinoyat huquqi metodlari jinoyat huquqi predmetidan kelib chiqadi. Jinoyat huquqi predmeti jinoyat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni bildirsa, jinoyat huquqi metodlari ushbu ijtimoiy munosabatlar qanday usullar bilan tartibga solinishini anglatadi.
Jinoyat-huquqiy tartibga solish metod (uslub)lari deganda jinoyat huquqining predmeti hisoblangan ijtimoiy munosabatlari bilan jinoyat-huquqiy ta’sir etish usul va uslublari yig‘indisi tushuniladi.
Jinoyat-huquqiy tartibga solish metodi jinoyat qonunchiligida ko‘rsatilgan choralarni qo‘llash bilan qo‘rqitish, jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini qo‘llashda ifodalanadi. Jinoiy javobgarlik tushunchasi jinoyat-huquqiy tartibga solishning asosini tashkil etib, o‘z navbatida jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilgan holda jamiyat va uning a’zolari ijtimoiy xavfsizligi hamda huquq-tartibotni ta’minlaydi.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda jinoyat huquqi metod-lariga jinoyat huquqi normalarining tarkibi (dispozitsiya, sanksiya) turlicha ta’sir etadi. Jinoyatchini jinoyat huquqi normalaridagi sank-siya qiziqtirsa, surishtiruv va tergov organlari uchun jinoyat huquqi normalari dispozitsiyasi jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim aha-miyatga ega. Sudlar uchun esa moddaning dispozitsiya va sanksiyasi jazo tayinlashda ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda quyidagi formulani keltirib chiqarish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |