Ayb uchun javobgarlik prinsipi
Bu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 9-modda-sida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra:
“Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi.”
Ayb uchun javobgarlik prinsipi:
birinchidan, jinoyat sodir etganlikda aybdor shaxsning shaxsiy (individual) javobgarligini;
ikkinchidan, faqat qasd va ehtiyotsizlik shaklidagi jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishini angla-tadi22.
Ya’ni shaxs aybi bo‘lgan jinoyati uchungina javob beradi, aybi bo‘lmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |