Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti


Download 166.6 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2023
Hajmi166.6 Kb.
#1402131
1   2   3   4   5
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI VA PREDMETI фивгйщвшк

Umumiy oldini olish funksiyasi jinoyat sodir etilmasdan avval uning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, javobgarlikning muqarrarligi prinsipi, qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi haqidagi normalarni o‘rnatish, ya’ni jamiyat a’zolari tomonidan jinoyat sodir etilganida ularni jazolash bilan qo‘rqitish orqali amalga oshiriladi. Bu funksiya jamiyatdagi barcha shaxslarga qaratilganligi uchun "umumiy oldini olish" deb ataladi.
Maxsus oldini olish funksiyasi jinoyat sodir etilganidan keyin yangi jinoyat sodir etishning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, jinoyat huquqiy taqiqlarni buzib jinoyat sodir etgan shaxsni jinoiy javobgar-likka tortish hamda unga jazo tayinlash yoki boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu bilan jinoyatchi javobgarlikka tortilganida u tomonidan boshqa jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsad qilib qo‘yiladi. Ushbu funksiya faqat jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qaratilganligi uchun "maxsus oldini olish" deb ataladi.
Jinoyat huquqining jinoyatning oldini olish funksiyasi quyidagi vositalar orqali hal etiladi:
1) jinoyat huquqining umumiy qoidalari;
2) jazo qo‘llashning umumiy va maxsus qoidalari;
3) jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni belgilovchi normalar;
4) jinoyat sodir etganligida chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish haqidagi normalar;
5) jinoiy qilmishni istisno qiluvchi holatlarni belgilovchi normalar;
6) ikki yo‘nalishdagi ogohlantiruvchi normalar[12].
Download 166.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling