DAKTILOSKOPIK EKSPERTIZA TAYINLASH TO`G`RISIDA
Q A R O R
2010 yil 10 may Namangan viloyati
Chust tumani IIB tergov bo`limining tergovchisi kapitan Sh.A. Mahxammadaliyev 1/07-120 jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqib, quyidagilarni
ANIQLADIM:
2010 yil 9 may kuni soat taxminan 930 dan to 1300 gacha bolgan vaqt orasida noma`lum shaxs Chust tumani, Amir Temur ko`chasidagi 34-uyda yashovchi fuqaro B.Asqarovaning uyiga g`ayriqonuniy ravishda, eshikning yuqori qismidagi oynasini ko`chirib olib, kirgan va zaldan narxi 90 ming so`m bo`lgan antena tyunerini yashirin ravishda o`g`irlab, jinoyat joyidan yashringan.
Ushbu xolat yuzasidan voqea joyi ko`zdan kechirilgand, eshik oynasidan, zaldan va kichik xonadagii stolning tortmasidan barmoq izlari topilgan, ushbu izlar kim tomonidan qoldirilganini aniqlash uchun daktiloskopik ekspertiza tayinlanishi lozim.
Yuqoridagilarga asoslanib va O`zbekiston Respublikasi JPK ning 172-175, 180 moddalarini qo`llab,
Q A R O R Q I L D I M:
Ushbu 1/07-120 jinoyat ishi boyicha daktiloskopik ekspertiza tayinlansin va uni o`tkazish Chust tumani IIB kirminalistik ekspertiza bo`limini ekspertlari zimmasiga yuklatilsin.
II. Xal etish uchun ekspertizaga quyidagi savollar qo`yilsin:
Voqea joyidan olingan shisha idishni yuqori qismidagi barmoq izlari taqqoslab ko`rish uchun yaroqlimi?
Agarda yaroqli bo`lsa ushbu barmoq izlari kim tomonidan qoldirilgan?
Ekspertning ixtiyoriga voqea joyidan olingan barmoq izlari va fuqaro B.Asqarovaning daktiloskopik xaritasi taqdim etilsin.
Chust tumani IIB TBning
Tergovchisi kapitan Sh.A.Maxammadaliyev
Do'stlaringiz bilan baham: |