TINTUV QILISH TO`G`RISIDA
Q A R O R
2011 yil 20 mart Namangan viloyati
To`raqo`rg`on tumani IIB tergov bo`limining tergovchisi leytenant Sh.Sh. Yaxshiboyev
1/07-130 jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqib, quyidagilarni
A N I Q L A D I M:
2011-yilning 15 mart kuni soat taxminan 2030 larda To`raqo`rg`on tumanui xududida joylashgan “Jar” sport majmui yonidagi A.Xo`jayev nomli ko`cha bo`ylab ketayotgan fuqaro Erkin Qo`ziboyevich Xudoyberganov IIB ning xodimlari tomonidan shubxa asosida to`xtatilgan. Tekshirib ko`rish maqsadida To`raqo`rg`on tumani IIB binosiga olib kelinib, 1-qavatdagi 2-xonada xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv o`tkazilganida, E.Xudoyberganovni yengidagi qora rangli shimining o`ng yon cho`ntagidan 0,04 giramm ko`p miqdordagi geroyin giyoxvandlik moddasi topilgan va olib qo`yish bayonnomasi tuzilib, undan giyoxvandlik moddasi olingan.
O`zbekiston Respublikasi JK ning 276-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan ayblanuvchi E.Q. Xudoyberganovning yashash joyi Namangan viloyat, To`raqo`rg`on tuman, 26-markaz, 35-uy, 39-xonadonda ham giyoxvandlik vositalari yoki jinoyatga aloqador boshqa ashyolar bo`lishi mumkinligini inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi JPK ning 158,159,161,164 moddalariga asosan
Do'stlaringiz bilan baham: |