JINOYAT ISHI QO`ZG`ATISH VA TERGOV YURITISHGA KIRISHISH TO`G`RISIDA
Q A R O R
2010 yil 10 aprel Namangan viloyati
Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumani ichki ishlar boshqarmasi tergov bo`limining tergovchsi leytenant Sh.Sh. Yaxshiboyev fuqaro A.A Mahkamovaning sodir etilgan o`g`irlik haqidagi materiallar bilan tanishib chiqib, quyidagilarni
A N I Q L A D I M:
2010 yil 9 aprel kuni kech soat 22 larda noma`lum shaxs Namangan viloyati, To`raqo`rg`on tumani, “Xumoyin” mavzesidagi 20-uy, 29-xonadonda yashovchi fuqaro A.A Mahkamovaning uyda yo`qatilgan foydalanib eshikni buzib kirgan, u yerdan Yaponiyada ishlab chiqarilgan “Sony” rusumli televizor va magnitafon, 500 AQSh dollari, 2 ta sariq rangli metaldan tayyorlangan ayollar uzugini o`g`irlab olib, yashiringan. Ushbu harakat natijasida fuqaro A.A Mahkamovaga 250 ming so`m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi JPK ning 321,322,331,336,350 moddalarga asoslanib,
QAROR QILDIM:
O`zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi “G” bandida ko`rsatilgan a`lomatlarga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilsin.
Ko`zg`atilgan jinoyat ishi o`z ish yurutuvimga qabul qilinib, tergovga kirishilsin.
Ushbu qarorning nusxasi ma`lumot uchun prokuroga yuborilsin.
Tergovchi Sh.Sh. Yaxshiboyev
“R O Z I M A N”
Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumani IIB
TB ning boshlig`i podpolkovnik Sh.Sh Shamsiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |