Jinoyat jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish
Download 9.46 Kb.
|
4-t diyor
Jinoyat — jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish. Demokratiya — (qadimgi yunoncha: δημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum. Fuqarolik jismoniy shaxsning maʼlum bir davlat bilan huquqiy bogʻlanishidir.[1] Fuqarolikka ega shaxs fuqaro, deyiladi. Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) — davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. Parlament — (inglizcha: parliament, fransuzcha: parlement) davlatning davlat hokimiyati organlaridan biridir. Koʻp partiyaviylik - mamlakatda 2 va undan ortiq partiyalarning boʻlishi. Koʻp partiyaviylik aholi keng qatlamlarining ijtimoiy faolligini oshiradi, fikrlar xilma-xilligini taʼminlaydi, saylovlarning demokratik asosda oʻtishiga yordam beradi. Notijorot tashkilot (NT) — asosiy maqsadi foyda olmaslik va u foydani ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlamaslik boʻlgan tashkilot. Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Prezident (lotincha: "pre"(avval) va "sedere" (oʻtirmoq) oʻzb. "oldinda oʻtirgan") - biror tashkilot, kompaniya, kasaba uyushmasi, universitet yoki mamlakat rahbari lavozimidir. Konstitutsiya (lot. constitutio — tuzilish, tuzuk) — davlatning asosiy qonuni. Qonun (huquqda) — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Referendum (lotincha: referendium) bu fuqarolarningg davlat, viloyat yoki mahalliy koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini bevosita bildirishlaridir. Senat (lot. senatus — keksa) — 1) Qad. Rim Respublikasi davrida oliy hokimiyat organi; 2) Rossiyada 1711 — 1917 yillarda hokimlik qiluvchi S. — qonun chiqaruvchi va davlatni boshqaruvchi oliy davlat organi. Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Sud - zimmasiga davlat hokimiyatining boʻgʻinlaridan biri — sud hokimiyatini amalga oshirish yuklatilgan organ. Partiya (lot. partio — boʻlaman, ajra-taman) — 1) gʻoyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak boʻlgan (qarang Siyosiy partiyalar), shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi Taraqqiyot — rivojlanishnnt oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yoʻnalgan shakli, uning yuksalishi. Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. Deklaratsiya (lot. declaratio — maʼlum qilaman, eʼlon qilaman) — 1) bir yoki bir necha xukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va h.k.ni umum eʼtiboriga yetkazuvchi bayonoti Mahalla — Oʻzbekistonda maʼmuriyhududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadri-yatlariga xos boʻlgan usuli. Assotsiatsiya (lot. associo – bir-lashish, qo‘shish) – umumiy maqsadga erishish uchun tuzilgan uyushma, ittifoq Islohot — ijtimoiy hayotning biron-bir tomoni (tartiblar, idoralar, muassasalar)ni oʻzgartirish, qaytadan tuzish Deputat — (lotincha: deputatus — vakil) — [1]. davlat vakillik organining saylab qoʻyilgan aʼzosi Sessiya (lot. sessio — yigʻilish) — 1) vakolatli organlar (mas, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, viloyat kengashi), sud, ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlarining yigʻilish oʻtkazayotgan davri. Download 9.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling