Jinoyat jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish


Download 9.46 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi9.46 Kb.
#233503
Bog'liq
4-t diyor


Jinoyat — jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish. 

Demokratiya — (qadimgi yunoncha: δημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum.

Fuqarolik jismoniy shaxsning maʼlum bir davlat bilan huquqiy bogʻlanishidir.[1] Fuqarolikka ega shaxs fuqaro, deyiladi.

Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) — davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir.

Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma.

Parlament — (inglizcha: parliament, fransuzcha: parlement) davlatning davlat hokimiyati organlaridan biridir.

Koʻp partiyaviylik - mamlakatda 2 va undan ortiq partiyalarning boʻlishi. Koʻp partiyaviylik aholi keng qatlamlarining ijtimoiy faolligini oshiradi, fikrlar xilma-xilligini taʼminlaydi, saylovlarning demokratik asosda oʻtishiga yordam beradi.

Notijorot tashkilot (NT) — asosiy maqsadi foyda olmaslik va u foydani ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlamaslik boʻlgan tashkilot.

Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi.

Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi.

Prezident (lotincha: "pre"(avval) va "sedere" (oʻtirmoq) oʻzb. "oldinda oʻtirgan") - biror tashkilot, kompaniya, kasaba uyushmasi, universitet yoki mamlakat rahbari lavozimidir.

Konstitutsiya (lot. constitutio — tuzilish, tuzuk) — davlatning asosiy qonuni.

Qonun (huquqda) — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi.

Referendum (lotincha: referendium) bu fuqarolarningg davlat, viloyat yoki mahalliy koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini bevosita bildirishlaridir.

Senat (lot. senatus — keksa) — 1) Qad. Rim Respublikasi davrida oliy hokimiyat organi; 2) Rossiyada 1711 — 1917 yillarda hokimlik qiluvchi S. — qonun chiqaruvchi va davlatni boshqaruvchi oliy davlat organi.

Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui.

Sud - zimmasiga davlat hokimiyatining boʻgʻinlaridan biri — sud hokimiyatini amalga oshirish yuklatilgan organ.

Partiya (lot. partio — boʻlaman, ajra-taman) — 1) gʻoyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak boʻlgan (qarang Siyosiy partiyalar), shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi

Taraqqiyot — rivojlanishnnt oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yoʻnalgan shakli, uning yuksalishi.

Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi.

Deklaratsiya (lot. declaratio — maʼlum qilaman, eʼlon qilaman) — 1) bir yoki bir necha xukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va h.k.ni umum eʼtiboriga yetkazuvchi bayonoti

Mahalla — Oʻzbekistonda maʼmuriyhududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadri-yatlariga xos boʻlgan usuli.

Assotsiatsiya (lot. associo – bir-lashish, qo‘shish) – umumiy maqsadga erishish uchun tuzilgan uyushma, ittifoq

Islohot — ijtimoiy hayotning biron-bir tomoni (tartiblar, idoralar, muassasalar)ni oʻzgartirish, qaytadan tuzish



Deputat — (lotincha: deputatus — vakil) — [1]. davlat vakillik organining saylab qoʻyilgan aʼzosi

Sessiya (lot. sessio — yigʻilish) — 1) vakolatli organlar (mas, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, viloyat kengashi), sud, ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlarining yigʻilish oʻtkazayotgan davri.
Download 9.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling