Jinoyatchilikka mening munosabatim


Uchtepa tumani 116-umumtaʼlim maktabning 10-11sinf o‘quvchilari bilan “Jinoyatchilikni kelib chiqish sabablari” mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilish


Download 216 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2023
Hajmi216 Kb.
#1464574
1   2
Bog'liq
IBB uz

Uchtepa tumani 116-umumtaʼlim maktabning 10-11sinf o‘quvchilari bilan “Jinoyatchilikni kelib chiqish sabablari” mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONIdan ko‘chirma
O‘tkazilish vaqti: 2023 yil 17 sentabr
O‘tkazilish joyi: 16-umumtaʼlim maktabi
Taklif etilganlar:
Olmazor tuman IIB HPB VE va YOO‘HPTEG inspektori kapitan Z.Majidova
Qatnashganlar: 10 -11-sinf o‘quvchilari
Maktab rahbari : J.B.Turdiyev
MMIBDO‘: M.Sh.Shotulyaganova va E.N.Abdullayev.
KUN TARTIBIDA
“Jinoyatchilikni kelib chiqish sabablari” haqida.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar: maktab direktori J.Turdiyev, Olmazor tuman IIB HPB VE va YOO‘HPTEG inspektori kapitan Z.Majidova berdi.
Yig‘ilishni maktab rahbari J. Turdiyev ochib, bugungi kunda voyaga yetmaganlar va o‘quvchilar o‘rtasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilayotganigi va bu tadbirlar natijasida yoshlar orasida jinoyatchilik kamaymoqda,lekin shunga qaramasdan ayrim qonunlarni , o‘z huquqini bilmasligi oqibatida yoshlar jinoyat ko‘chasiga kirib qolayotganlar ham borligni aytib o‘tdi.
So‘ngra Olmazor tuman IIB HPB VE va YOO‘HPTEG inspektori kapitan Z. Majidova so‘zga chiqib kelajak avlodimiz bo‘lgan yosh avlodning tarbiyasiga baʼzi bir ota-onalar befarq qaramoqda. Ota-ona bo‘lishdek maʼsuliyatli, sharafli unvonga ega ekanmiz, nima uchun farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lishimiz kerak. Maʼlumki, mamlakatimiz aholisining 40 foizdan ortig‘ini voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Aholi tarkibida bunday yoshdagilarning ko‘pligi mamlakat istiqbolini taʼmin etuvchi ijobiy omillar sirasiga kiradi. Davlatimizning birinchi Prezidenti I.Karimov ham “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishi shart” deya bejiz taʼkidlamagan. Zero, aynan aqliy, salohiyati, yuksak, maʼnan barkamol, jismonan yetuk yoshlar mamlakat kelajagi uchun g‘oyat qimmatli kuch va imkoniyat sanaladi. Shu bilan birga, voyaga yetmaganlar soni yuqoriligi davlat ijroiya va boshqaruv organlari, taʼlim-tarbiya muassasalari, qolaversa, huquqni muhofaza qilish organlari zimmasiga yuksak masʼuliyat xam yuklaydi.
Z.Majidova o‘z so‘zini davom ettirar ekan, hayotda hamma narsa ham to‘la-to‘kis bo‘lmaganligi kabi, voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar, shu jumladan, jinoyat sodir etilish holatlari kundalik hayotimizni to‘liq tark etmagan. Bu toifadagi jinoyatlar anik soniga urg‘u bermagan holda shuni taʼkidlash lozimki, voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bitta jinoyat ham ko‘p bo‘lib, u o‘ta tashvishli va nojoiz holatdir. Bunday noxush holat esa, har birimizni sergaklik va hushyorlikka chorlashi tabiiydir. Voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi jinoyatchilik har kanday jamiyatda, hatto o‘ta rivojlangan davlatlarda ham eng og‘riqli muammo hisoblanadi. Hali o‘zini to‘la boshqara olmay, hatti-harakatiga javob beraolmaydigan yoshlar atrof-muhitdagi ijtimoiy voqealik taʼsirida jinoyatga, ayrim holatlarda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga qo‘l urushi mumkin. Har bir sodir etilgan bu jinoyat negizida kimningdir aziz farzandi yoki nabirasining taqdiri yotibdi, uning katta hayotga qo‘yayotgan ilk qadami nurli kelajak pillapoyasiga emas, jarlikka borib tushayotganligidan dalolat beradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib yig‘ilish
QAROR QILADI:
1. Jinoyatchilikni kelib chiqish sabablari mavzusida sinf raxbarlari tomonidan doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib borilsin.
2. Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda ota-onalar maʼsuliyati ota-onalar yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilsin.
3.O‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun to‘garaklar faoliyati kuchaytirilsin.

Maktab rahbari: J.B.Turdiyev



Uchtepa tumani 116-umumtaʼlim maktabning 9-11sinf o‘quvchilari bilan
Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling