Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish Reja: Kirish Asosiy qism Kriminologiyada «jinoyatchilikning oldini olish»
Kriminologiyada «jinoyatchilikning oldini olish» tushunchasi
Download 30.72 Kb.
|
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatchilikning oldini olishni tashkil etish tizimi
Kriminologiyada «jinoyatchilikning oldini olish» tushunchasi
«Jinoyatchilikning oldini олиш» тушунчаси bir qator ijtimoiy-huquqiy fanlarda узига xos mazmun va mohiyat asosida talqin etiladi. Ammo kriminologiya fanida ushbu tushunchaga alohida yondashilishi bizga yaxshi ma’lum. Chunki jinoyatchilikning oldini olish va shu maqsadda tadqiqotlar o‘tkazish kriminologiya fanining predmeti doirasiga kiruvchi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Tarixiy nuqtai nazardan yondashilsa, jinoyatchilikka qarshi kurash yo‘lida faqat jinoiy jazo qo‘llash bilan cheklanish yaxshi samara bermasligi insoniyat tomonidan isbotlanganligini ko‘rish mumkin. Bu masalada jinoyatning oldini olish jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda eng oqilona yo‘l hisoblanadi. Farb falsafasining ilk namoyandalaridan Aflotun (Platon) va Arastu (Aristotel)larning fikricha, jamiyatda shaxsni jinoyat yo‘lidan qaytaruvchi qonunlar hukmron bo‘lishi zarur. Shuningdek, XVIII asr ma’rifatparvar olimi Monteskyoning fikricha, «har qanday hokimiyat jinoyat uchun jazo belgi- lashni emas, balki jinoyatning oldini olish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmog‘i lozim»1. Bildirilgan ushbu fikrlar CH. Bekkariyaning «Jinoyat va jazo to‘g‘- risida»gi asarida huquqiy jihatdan keng talqin etilgan. O‘z vaqtida Volter uning asarini sharhlash orqali jinoyatchilikning oldini olish hozirgi sivili- zatsiya erishgan haqiqiy yurisprudensiyadir, degan xulosaga keladi. Jinoyatchilikning oldini olish muammolariga e’tibor XIX - XX asrlarda ayniqsa kuchaydi. Chunki insoniyat taraqqiyotining aynan shu davrida bu muammo xususida jahonning taniqli sotsiolog va huquqshunos olimlari ko‘plab ilmiy fikrlar bildirganlar. Hozirgi kunda esa jinoyatchilik va, umuman, huquqbuzarlikning barcha turlarining oldini olish maqsadda mavjud ijtimoiy munosabatlarni muvofiq- lashtirish hamda jinoyatlarning sabab va sharoitlarini tugatishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlarda zarur choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, jinoyatchilikning oldini olish davlat va jamiyat hayotidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish bilan bog‘liq holda ro‘y berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar ta’sirida sodir bo‘layotgan barcha huquqbuzarlikning oldini olishning izchil usul hamda vositalarini yaratish fan oldida turgan muhim vazifa ekanligini esda tutish lozim. Shu bilan birga, davlatning siyosiy boshqaruv tizimida amalga oshi- rilayotgan islohotlarning mohiyatida faqat bir masala, ya’ni davlat va uning organlari tomonidan jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga oshirish jarayonida inson huquqlarini keng ta’minlashga e’tibor qaratilayotganligini ham e’tiborga olmoq joiz. Binobarin, huquqiy davlat qurishning eng muhim sharti jamiyatda qonun ustunligini, adolat prinsiplariga rioya etilishini ta’minlashdan iboratdir. Jinoyatchilikka qarshi kurashning yana bir muhim sharti, har bir dav- latda jinoyat qonunchiligining mavjud bo‘lishidir. Shunga asosan shaxsning u yoki bu g‘ayriinsoniy va g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etishining oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik uchun birinchi galda jinoyat qonunchiligi bo‘yicha davlat siyosati ishlab chiqiladi. Jinoyat qonunchiligi aynan davlat siyosati asosida ishlab chiqiladi va ta’kidlanganidek, adolat prinsiplari asosida jamiyat hayotiga joriy qilinadi. Demak, jinoyat qonunchiligi davlat miqyosida amalda bo‘lishining asosiy maqsadi, birinchidan, fuqarolardan jinoyat sodir etmaslikni talab etsa, ikkinchidan, qonun asosida belgilangan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etganlarida jazolanishlari muqarrarligini anglatadi. Jinoyat qonunchiligi, ko‘rib o‘tilganidek, fuqarolar va, umuman, jamiyat a’zolarini jazolash uchun emas, balki har bir shaxs jazolanmasligi uchun jinoiy qilmish sodir etilmasligini talab etadi. Bu jarayon oddiy bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida juda chuqur ilmiy-nazariy asoslarga ega. Zotan, insoniyat taraqqiyoti asosida yuzaga kelgan va qadam-baqadam shakllangan falsafiy- huquqiy qarashlar orqali davlatda jinoyat qonunchiligining mavjud bo‘lishi aynan jinoyatning oldini olishdagi muhim shart ekanligi o‘z isbotini topgan. Biroq, shu o‘rinda, o‘quvchining e’tibori quyidagi holatga ham qa- ratilmog‘i lozim. U ham bo‘lsa, jinoiy javobgarlikning yuzaga kelishi jarayonidir. Shaxs jinoyat qonunchiligi asosida taqiqlangan qilmishni sodir etadi. Tabiiyki, bu holat jinoyat huquqi fani nuqtai nazaridan jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Shu o‘rinda yana bir holat inobatga olinishi zarur, ya’ni jinoiy javobgarlik uchun belgilanadigan jazo va uning qo‘llanishi shaxs tomonidan kelgusida boshqa jinoiy qilmish takrorlanmasligini ta’minlashni ham ko‘zda tutadi. Aynan shu holat ham jinoyatning oldini olishni belgilovchi o‘ziga xos ta’sir chorasi ekanligini yodda tutish lozim. Bayon etilganlarga ko‘ra aytish mumkinki, jinoiy javobgarlik keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, jazolash orqali shaxsni kelgusida boshqa jinoyat sodir etmasligini ta’minlash va jazo qo‘llanishi muqarrar ekanligini g‘arazli niyatda bo‘lgan shaxslarga ibrat qilib ko‘rsatish kabi profilaktika chorasi sifatida e’tirof etilgandir. Shunday bo‘lsa-da, bu hali jamiyatda jinoyat- chilikning oldini olishni to‘laligicha ifodalaydi, deb bo‘lmaydi. Binobarin, jinoyatlarning oldini olish va, avvalo, jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslik chora- tadbirlari (profilaktika)ni joriy etish va jinoyatchilikning sabab hamda sharoitlarini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega2. Kriminologiyada jinoyatchilikning oldini olish o‘z mazmun va mo- hiyatiga ega. Jinoyatlarning oldini olish - davlat organlari va jamoatchilik tomonidan jinoyatchilikning oldini olish, uning sabab va sharoitlarini tugatish turli miqyosda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kompleksi. Shu o‘rinda «jinoyatchilik» keng ma’noda jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha huquqbuzarliklarni umumlashgan holda ifodalasa, «jinoyatlar» tushunchasi esa jinoyat qonunchiligi asosida belgilangan qonunbuzarliklarning sodir etilishini ifodalaydi. Jinoyatchilikning oldini olish kompleks chora-tadbirlar o‘tkazilishini taqozo etadi. Shunday ekan, jinoyatchilikning oldini olishda (shu jumladan, intizomiy, ma’muriy, fuqarolik yo‘nalishlaridagi nojo‘ya xatti-harakatlarning sodir etilishining oldini olishda ham) atroflicha va chuqur ilmiy asoslarga ega hamda davlat organlari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro muvofiqlash- tirilgan, rejali tadbirlarini amalga oshirmoq lozim. Kriminologiyada jinoyatchilikning oldini olishda qo‘llaniladigan chora- tadbirlar ilmiy-nazariy jihatdan keng tadqiq etiladi. Shu bilan birga, u yoki bu huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar yaratiladi. Jinoyatchilikning oldini olishni tashkil etish tizimi Jinoyatchilikni umumijtimoiy muammo sifatida butunlay tag-tomiri bilan yo‘qotish g‘oyasi asosan o‘tgan asrning 60-yillariga to‘g‘ri keladi. Ushbu g‘oyani hayotga tatbiq etishda to‘g‘ri ma’nodagi jinoyatlarning oldini olish faoliyatining mohiyatidan chetga chiqilib, turli shiorlar bilan unga qarshi kurashga da’vat etildi. Oqibatda jinoyatchilikni ilmiy tavsiflash hamda ijtimoiy hayotdagi jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tad- birlarni tashkil etishga yuzaki yondashish avj oldi. Binobarin, jinoyatchilikni faqat shiorlar orqali va ommani unga qarshi kurashga da’vat etish bilan muammoni yechish mumkin emasligini unutmaslik zarur. Jinoyatchilik ijtimoiy muammo sifatida chuqur va atroflicha yondashuv orqali tadqiq etilishi lozim. Shuningdek, jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik hamda uning oldini olish uchun uning o‘ziga xos qonuniyatlarini bilish kerak bo‘ladi. Jinoyatchilikning oldini olish ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish bilan uzviy bog‘liqligini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Ya’ni jamiyatda yoki shaxs bilan shaxs o‘rtasida yuzaga keluvchi barcha qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, o‘z mohiyatiga ko‘ra, jinoyatchilikning oldini olishdagi eng muhim tadbirdir. Shuning uchun ham har bir davlat yoki jamiyatda, birinchi galda, jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi barcha salbiy harakatlarga qarshi kurash olib borishga mas’ul bo‘lgan davlat organlarining faoliyat yo‘na- lishlarini to‘g‘ri belgilash katta ahamiyatga ega. Jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi davlat va jamoatchilik institutlari ma’lum bir tizim asosida shakllangan bo‘lib, ushbu tizim aynan amaliy faoliyatni bajarishga yo‘naltirilgandir. To‘g‘ri, bu tizim davlat organlari, tashkilotlari, muassasalarining murakkab tizimini yuzaga keltirgan bo‘lsa-da, jinoyatchilikning oldini olishda davlat va jamiyat manfaatlarini ta’minlash maqsadida profilaktika ishlarini olib boradilar. Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ushbu tizim o‘ziga xos ravishda jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan nazariy, metodik va amaliy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgani holda profilaktika ishlarini olib boruvchi subyektlar va obyektlar faoliyati bilan bog‘liq xususiyatlarni o‘rganuvchi aniq yo‘nalishlarni ham o‘z tarkibiga oladi va yaxlit bir tizimga birlashadi. O‘z navbatida, profilaktika tizimi har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarni tahlil etish va shuning qatorida har bir yo‘nalishning tutgan o‘rni (shu jumladan, har bir tizim tarkibiga kiruvchi faoliyat yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan tadbirlarni ham hisobga olgan holda), xususiyatlarini ham oydinlashuviga yordam beradi. Bu esa profilaktika tizimi borasida aniq xulosalar chiqarishga imkon yaratadi va uning tashkiliy tizimini takomillashtirib borishga yo‘l ochadi. Tabiiyki, bu tizim profilaktika ishlarini yurituvchi subyektlar va ularning bevosita profilaktika obyektlari o‘rtasida «to‘qnashuvni» yuzaga keltiradi. Ushbu vaziyatda yana bir muammo, ya’ni profilaktika ishlarining mazmuni (metod, chora-tadbir, profilaktika ishlarining turlari va tashkiliy shakllari) va profilaktika ishlarini amalga oshirishning ta’minoti (moddiy, ya’ni kuch va vositalarni jalb etish, huquqiy asoslar kabilar) tashkil etilishi lozim. Sanab o‘tilganlar esa profilaktika tizimining «harakat mexanizmini» yuritishga imkon beradi, profilaktika (tizim asosida) faoliyati yuzasidan boshqaruvni tashkil etishda osonlik tug‘diradi. Aynan shular asosida profilaktika faoliyati boshqarilishini tushunmoq lozim. Bu boshqaruv esa jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan amaliy faoliyatlar tizimidir. Huquqbuzarliklarning oldini olish (profilaktika tizimining ish faoliyati) har qadamda o‘zini amaliy ahamiyatga molik ekanligini ko‘rsatib kelmoqda. Zotan, jinoyatlarning oldini olishdagi profilaktika tizimini boshqarish natijalari o‘z vaqtida boshqaruv tizimi (subyektlar)ni boshqarilayotgan ijtimoiy munosabatlar (obyektlar)ga ta’siri asosida yuzaga kelishiga e’tibor qaratilishini taqozo etadi. Ma’lumki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar (shu jumla- dan, davlat boshqaruvidagi islohotlar ham) o‘z mohiyatiga ko‘ra, inson manfaatlarini inobatga olgan holda, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bilan e’tiborlidir. Shu bilan birga, boshqaruv jarayonini tashkil etish asosan davlat nazoratida bo‘lib, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish maqsadida olib borilmoqda. Shu bois davlat boshqaruv tizimida muhim o‘rin tutgan jinoyatchilikka qarshi kurash va, ayniqsa, jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika tizimida boshqaruvni takomillashtirish hozirgi kunda davlatning boshqaruv tizimiga kiruvchi idoralar va jamoatchilikni boshqarishni ta’minlashda yuzaga kelayotgan yangi tuzilmalar (masalan, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning faoliyatlarini amalga oshiruvchi fuqarolar yig‘inlari, oqsoqollar, mahalla posbonlari kabilar) profilaktika tizimini boshqarishda ijobiy yordam bermoqda. Aynan davlat boshqaruvi va jamoatchilik institutlarining o‘zaro hamkorligi jinoyatchilik va, umuman, barcha huquqbuzarliklarning oldini olishda ijobiy natijalarni bermoqda. Hozirgi o‘tish jarayonida jamiyat hayotida yuzaga kelayotgan ba’zi ijtimoiy munosabatlarning beqarorligi tabiiy holdir. Biroq bu yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklarga nisbatan bamaylixotir qarash kerak, degani emas, balki ushbu jarayonni profilaktika nuqtai nazaridan doimiy ravishda baholab borish lozim. Shuning uchun ham jinoyatchilikning oldini olish tizimini ko‘rib chiqishda unga xos bo‘lgan xususiyatlarni to‘g‘ri anglamoq darkor. Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari: jinoyatlarning oldini olishga mas’ul subyektlarning mavjudligi va ularning o‘zaro hamkorligi hamda umumiy davlat boshqaruv tizimiga kiruvchi subyektlar bilan hamjihatlikda ish yuritishni tashkil etishlari; ushbu subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan umumiy, maxsus va yakka tartibdagi profilaktika ishlarining tashkil etilishi; jinoyatchilikka qarshi kurashning kompleks va maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda hayotga joriy etish; huquqbuzarliklarning oldini olishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va moddiy resurslar ta’minotini yaratish kabilarni e’tiborga olish lozim. Sanab o‘tilgan holatlarni atroflicha va mohiyatan idrok qilish jinoyatchilikka qarshi kurashda katta ahamiyatga egadir. Jinoyatlarning oldini olish barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi tizimlar kabi o‘ziga xos faoliyat yo‘nalishlaridan iborat. Bu tizim orqali kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi kelishmovchiliklar to‘g‘ri yo‘l- ga solinadi va shu orqali ularning jamiyat hayotida o‘zlarini tutishlari zarur darajada bo‘lishi ta’minlanadi. Shu bilan birga, jinoyatchilikning oldini olish tizimi o‘z maqsadiga ko‘ra ishtirok etuvchi subyektlarning faoliyatlari va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar orqali kriminogen holatlarni to‘qna- shuvlarga o‘sib o‘tmasligini va jinoyat qonunchiligi buzilmasligini ta’min- lashdan iboratdir. Jinoyat sodir etilganda esa, dastavval ularning sabablarini aniqlash va bartaraf etish, kelgusida jinoyat sodir etilmasligini ta’minlashga qaratilgan profilaktika - tarbiya choralarini qo‘llash hamda retsidiv jinoyatchilikning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Shunday qilib, jinoyatlarning oldini olish tizimini muvofiqlashtirish jinoiy tajovuzning yuzaga kelmasligini ta’minlash uchun himoyalanish va tarbiyalash vazifalarini bajaradi, deyish mumkin.
Download 30.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling