Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish Reja: Kirish Asosiy qism Kriminologiyada «jinoyatchilikning oldini olish»
Ushbu vazifalar kriminologiyada quyidagicha talqin qilinishi e’tirof etilgan
Download 30.72 Kb.
|
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatlarning profilaktika obyekti sifatida turlari
Ushbu vazifalar kriminologiyada quyidagicha talqin qilinishi e’tirof etilgan.
Muvofiqlashtirish - shaxslarning o‘zaro munosabatlarida yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklarni qonun asosida hal etilishini ta’minlash. Bunda huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini yo‘lga qo‘yish va ularni sodir bo‘lmasligini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Qo‘riqlash vazifasi esa fuqarolarning huquq va erkinliklarini hamda jamiyatdagi ijtimoiy muhim qadriyatlarni har qanday tajovuzdan saqlashni ta’minlashga qaratilgan. Bu qonunbuzarliklarning oldini olishdagi inson- parvarlik yo‘nalishi bo‘lib, huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Profilaktika jarayonida tarbiyalash katta ahamiyatga ega bo‘lib, shaxsni ishontirish, uni to‘g‘ri yo‘lga solish, jamiyat a’zosining o‘zini tutishini mavjud huquq va axloq talablariga mos kelishini ta’minlashdan iboratdir. Binobarin, profilaktika choralarining samarasini oshirish kishilarning jamiyatda yashash darajasini ko‘tarish bilan uzviy bog‘liqligini e’tiborga olish lozim. Agar ushbu ijtimoiy ta’sir chorasi, ya’ni tarbiya qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, jamiyat a’zolarining huquqlari shunchali ta’minlangan hisoblanadi. Bu ham huquqiy davlatning muhim belgisi ekanligini yodttda tutish lozim. Profilaktika tizimida subyektlarning tutgan o‘rni va ularning faoliyat yo‘nalishlari jinoyatchilikning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishda mas’ul hisoblanuvchi maxsus subyektlar yoki o‘z xizmat faoliyatida boshqa vazifalar bilan bir qatorda, aynan biz ko‘rib chiqayotgan kriminologiya nuqtai nazaridan yoritilayotgan profilaktika ishlarini olib boruvchi subyektlar mavjud ekanligiga e’tibor qarati- lishi lozim. Quyida ushbu toifadagi subyektlarga e’tibor qaratilishi masalaga mohiyat jihatidan to‘g‘ri yondashishga yordam beradi. Profilaktika faoliyatini olib boruvchi subyektlarni klassifikatsiya qilish- da kriminologiyada o‘ziga xos yondashuv mavjud, ya’ni profilaktika faoliyatini olib boruvchi subyektlar uch guruhga bo‘linadi.
Albatta, bu kabi guruhlarga bo‘lish qiyosiydir. Zero, yakka tartibdagi nazorat yoki huquqni muhofaza qilish faoliyati va bu jarayonni boshqarish hamda muvofiqlashtirish jarayoni sanab o‘tilgan har bir subyektning faoliyatida ham uchrashi mumkin. Shuningdek, har bir subyekt o‘z holicha ish olib borgan taqdirda qo‘yilgan maqsadga erishish qiyin va tabiiyki, bunda o‘zaro hamjihatlik muhim ekanligini unutmaslik zarur. Zotan, har qanday hamkorlik va hamjihatlikda (qo‘yilgan vazifa miqyosiga ko‘ra) o‘ziga xos bo‘lgan gorizontal hamda vertikal bog‘lanishlar mavjud3. Jinoyatchilikning oldini olishda ularga yo‘l qo‘ymaslik faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borish zarur. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun profilaktika faoliyati subyektlari jinoyatchilikning miqyosi va dinamikasini e’tiborga olgan holda to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilishlari darkor. Chunki jamiyatda sodir bo‘layotgan har qanday ijtimoiy o‘zgarishlar va ular zaminida yuzaga keladigan salbiy holatlar jinoyatchilikka qarshi kurashni o‘ziga xos tomondan tashkil etilishini taqozo etadi. Umuman olganda, jinoyatchilikka qarshi kurashda ishtirok etuvchi har bir subyekt o‘z faoliyatini tashkil etishda bunga alohida e’tibor qaratmog‘i lozim va o‘z vakolati doirasida hamda qonun asosida ish ko‘rishi maqsadga muvofiqdir. Subyektlarni klassifikatsiya qilishda ularning o‘z vakolatlari doirasida (hokimiyat vakolatlari yoki tavsiya berish vakolatlari hamda shu vakolat yo‘nalishlari ma’lum bir mutaxassislik asosida bo‘lishi) ish olib borishlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ya’ni davlat boshqaruvidagi u yoki bu tarmoqqa oid kasbiy yo‘nalish bilan bog‘liq yoki ma’lum bir hududiy chegarada berilgan vakolatlarni profilaktika ishlarini tashkil etishda e’tiborga olinishi ham ishni tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Demak, jinoyatchilikning oldini olishda, birinchidan, profilaktika ta’sir chorasi yo‘naltiriladigan u yoki bu ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri aniqlash va, ikkinchidan, ushbu yo‘nalishdagi mavjud qonunbuzarliklarning oldini olish maqsadida tegishli vakolat yoki mutaxassislikka ega bo‘lgan subyektlar faoliyatini tashkil etishga e’tibor qaratilmog‘i lozim. Har ikki holatning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash esa jinoyatchilikning oldini olishda katta samara beradi. Jinoyatlarning profilaktika obyekti sifatida turlari Jinoyatchilikka qarshi kurash ishlarini tashkil etishda jinoyat va, umuman, barcha huquqbuzarliklarning o‘ziga xos ichki qonuniyatlarini bilish orqali hamda har biriga alohida yondashgan holda ish olib borish talab etiladi. Bu profilaktika faoliyati subyektlarining ishlarini to‘g‘ri tashkil etishlariga ham yordam beradi. To‘g‘ri, jinoyatlarning oldini olishda profilaktika faoliyatining asosiy yo‘nalishi profilaktika ta’sir chorasi qo‘llanilayotgan shaxsning «xulqiga» ta’sir o‘tkazish hamda shu orqali uning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar qilmasligini ta’minlashdan iboratdir. Aynan shu «subyekt - obyekt» tarzidagi o‘zaro munosabat asosida profilaktika tizimiga kiruvchi juda ko‘p muammolarni yechish imkoniyati yuzaga keladi. Subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni keng ma’noda subyektning obyektga nisbatan ta’siri sifatida ko‘rib chiqish va shu orqali jinoyatchilikning sabab va sharoitlari, shuningdek, alohida olingan jinoyat hamda uni yuzaga keltiruvchi salbiy omillar, jinoyatchining shaxsi va uning xulqiga ta’sir etish kabilarni tushunmoq joizdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bir tomondan jinoyatchilikning sabab va sharoitlari, ikkinchi tomondan shaxsga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llash, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘zaro bog‘liq tarzda amalga oshirilishini taqozo etadi. Shu o‘rinda asosiy e’tibor jinoyatchining shaxsiga qaratilishi lozim. Demak, jinoyatchining shaxsi profilaktika ishlarining olib borilishida asosiy ta’sir obyektidir. O‘z navbatida, shaxs ruhiyatiga xos bo‘lgan salbiy illatlarni to‘g‘ri anglash uchun ma’lum bir ilmiy asoslangan prinsiplar orqali unga baho berish muhim o‘rin tutadi. Albatta, ta’sir etish chorasi sifatidagi u yoki bu yondashuvni shaxs qanday tushunishini ham e’tiborga olinishi lozim. Tabiiyki, bu holat ko‘p jihatdan shaxsning tarbiya ko‘rganligi, xarakteri, atrofidagilar bilan muloqoti, o‘zini tutishi kabilar bilan uzviy bog‘langandir. Shunday bo‘lsa-da, ta’sir etish kompleks tarzda amalga oshirilishi hamda nafaqat huquqbuzarning shaxsiy xislatlariga, balki u yashayotgan ijtimoiy turmush jarayonlariga ham e’tibor qaratilishi profilaktika ta’sir chorasining obyekti tushunchasini to‘g‘ri anglashga imkon yaratadi. Profilaktik ta’sir ijtimoiy boshqaruvning shaxsga nisbatan o‘ziga xos ravishda qo‘llaniladigan chorasi ekanligini unutmaslik zarur. Chunki bu ta’sir chorasini qo‘llashda obyekt va uning mavjudlik muhiti aniq bo‘lishi va subyekt ushbu holatni qanday tushunishi hamda qabul qilishi mumkinligini aniqlash juda muhim. Aynan shunday yondashuv jinoyatlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslikni ilmiy tashkil etishga xizmat qiladi. Avval ko‘rib chiqilgan boblarda ta’kidlaganimizdek, profilaktik chora- tadbirlarning obyektini turli ijtimoiy-huquqiy muammolar tashkil etadi. Bunda har bir obyekt o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Obyektning ushbu xususiyatlarini inobatga olgan holda to‘g‘ri yo‘nalishdagi ta’sir choralarini qo‘llashni yo‘lga qo‘yish lozim. Demak, profilaktika ta’sir choralari xususida gap ketganda, umumiy emas, balki aniq tarzdagi profilaktika ta’sir choralarining obyekti to‘g‘risida fikr yuritilmog‘i joiz. Shuning uchun ham birinchi galda ularni tasniflash hamda har biriga aniq ta’rif berish kerak bo‘ladi. Profilaktika ta’sir choralarining subyektlarini klassifikatsiya qilish borasida ilmiy adabiyotlarda bir qator o‘ziga xos qarashlar mavjud4. Ushbu ilmiy qarashlarning barchasi profilaktika ta’sir choralarining obyekti sifatida alohida turdagi jinoyatlar (huquqbuzarliklar)ni e’tirof etadi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, profilaktika ta’sir chorasi obyekti sifatida jinoyatlarning quyidagi turlari (kriminologiya nuqtai nazaridan qaralganda): katta yoshdagi shaxslar tomonidan, voyaga yetmagan yoki yoshlar tomonidan, erkaklar yoki ayollar tomonidan, birinchi marta sodir etilgan yoki retsidiv jinoyatlar belgilanganligini ko‘rish mumkin. Ushbu jinoyatlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashilsa, ularning quyidagi turlarini ham belgilash mumkin bo‘ladi. Ya’ni: qasddan (kuch ishlatmasdan sodir etiladigan barcha turdagi o‘zgalar mulkini o‘g‘ir- lash); shaxsga nisbatan kuch ishlatish orqali sodir etiladigan (tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, odam o‘ldirish kabilar); qasddan kuch ishlatib sodir etiladigan (bosqinchilik, talonchiliklar); bezorilik, ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan jinoyatlar va hokazo. Shuningdek, profilaktika choralarini ishlab chiqishda muhimligini inobatga olgan holda jinoyatlar hududiy jihatdan shahar yoki qishloq joylarda sodir etiladigan turlarga ham ajratiladi. Jinoyatchilikning oldini olish maqsadidan kelib chiqadigan bo‘lsak, uni o‘ziga xos tomondan klassifikatsiya qilish lozim bo‘ladi. Masalan, ko‘p hollarda maishiy turmush munosabatlarida yoki guruh bo‘lib sodir etiladigan jinoyatlar alohida guruhlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Umuman olganda, kriminologiyada jinoyatchilikni klassifikatsiya qilish va shu orqali ularning oldini olishda samarali ta’sir choralarini qo‘llashning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Jinoyatchilikka qarshi kurash nazariyoti va amaliyotida to‘plangan tajribalarga asosan, kriminologiyaning maxsus qismida jinoyatlarning guruhiy mansubligi quyidagi ikki turkumga bo‘lingan. Birinchisi, umumiy belgilari asosida, ikkinchisi, dolzarbligi bilan ajralib turuvchi belgilari asosida ajratiladi. Birinchi turkum jinoyatlarga uyushgan, professional, retsidiv, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan, ehtiyotsizlik orqasida yuzaga keladigan, ayollar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi turkum jinoyatchilik esa iqtisodiyot sohasidagi, kuch ish- latishning og‘ir shakllari, qasddan kuch ishlatish, ekologiya sohasidagi, harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni o‘z ichiga oladi. Sanab o‘tilgan turkum jinoyatlarning dolzarbligi quyidagilardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ya’ni jinoyatlarning obyekti; ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlari; sabab va sharoiti; jinoiy faoliyatni amalga oshirishdan maqsad va hokazo. Bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, kriminologiyada jinoyatlarning turlari asosan ularning belgilaridagi ma’lum bir umumiylik asosida ajratiladi. To‘g‘ri, biz ko‘rib chiqqan klassifikatsiyaga kiritilgan jinoyat turlari ba’zi aniqliklar kiritilishini talab etadi, biroq bayon etilgan tizim, aytib o‘til- ganidek, kriminologiyaning mavjud yutuq va tajribalarga asoslanganligini ham unutmaslik zarur.
Download 30.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling