Jinoyatining yuridik tahlili. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar jinoyatining yuridik tahlili


Download 423.5 Kb.
bet8/21
Sana05.11.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1749908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga

JK 287m. 1 qismida nazarda tutilgan jinoyatlar, agar harbiy xizmatchi noqonunan harbiy qismdan yoki xizmat joyidan tashqarida bo‘lib, 10 kun davomida xizmatni utash joyiga kelmasa tugallangan deb tan olinadi.
Sub’ektiv tomondan jinoyatlar qasddan yoki extiyotsizlik bo‘yicha sodir etiladi. Qismni yoki xizmat joyini o‘z xoxishiga binoan tark etish bevosita qasddan qilingan deb tavsiflanadi. Aybdor, qismni yoki xizmat joyini komandirning ruxsatisiz tark etayotganini yoki qism xududiga belgilangan muddatda qaytmasligini anglaydi va ushbu qilmishni sodir etishni istaydi. Xizmatga muddatida qaytmaslik ham qasddan, ham extiyotsizlik bilan sodir etilishi mumkin.
JK 287m. 1 qismida nazarda tutilgan jinoyat sub’ekti bo‘lib, qonunning bevosita kuchiga binoan muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar, ya’ni askarlar, matroslar, serjantlar va muddatli xizmat starщinalari hisoblanadilar.
JK 287m. 1 qismi harakatlari zaxiradagi va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan fuqarolarga ham tarqaladi.

JK 287m. 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomonlari qismni yoki xizmat joyini o‘z xoxishiga binoan tark etishi yoki un sutkadan ko‘proq, ammo bir oydan oshmagan vaqt davomida muddatli xizmat harbiy xizmatchi, zobitlar tarkibidagi shaxs, praporshik, michman yoki kontrak bo‘yicha harbiy xizmat o‘tayotgan tomonidan uzrli sabablarsiz sodir etilgan xizmatga kelmasligidan iboratdir.


JK 287m. 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatchilik sub’ektlari muddatli xizmat harbiy xizmatchisi, zobit tarkibidagi shaxslar, praporshiklar, michmanlar, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bo‘lishlari mumkin.
JK 287m. 2 qismida ko‘rsatilgan sub’ektlar: muddatli xizmat harbiy xizmatchilari tomonidan, zobit tarkibidagi shaxslar tomonidan, praporshiklar, michmanlar, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan qismni yoki xizmat joyini o‘z xoxishiga binoan tark etish, hamda uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq muddat xizmatga kelmaslik uchun JK 287m. 3 qismida javobgarlik kuzda tutilgan.
Bunda qismda yoki xizmat joyida noqonuniy yo‘q bulishlikning maksimal davomiyligi kvalifikatsiyalash uchun ahamiyatga ega emas, biroq jazo choralarini aniqlashda hisobga olinadi.
Agar jinoyat sub’ekti o‘z xoxishiga binoan qismni yoki xizmat joyini harbiy xizmatdan buyin tovlash maqsadida bir, un sutkadan ortiq yoki umuman maqsadsiz xizmatdan buyin tovlash maqsadida bir oydan ortiq davomiylikda tark etsa, ammo bu muddatlar utmasidan oldin ushlangan bo‘lsa, uning harakatlarini JK 287m. 1, 2 va 3 qismlarida ko‘zda tutilgan jinoyat qilishga tajovvuz deb aytish lozim.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling