Jinoyatining yuridik tahlili. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar jinoyatining yuridik tahlili


Download 423.5 Kb.
bet9/21
Sana05.11.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1749908
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga

JK 287m. 4 qismi jang holatida sodir etilgan qismni yoki xizmat joyini o‘z xoxishiga ko‘ra tark etgani uchun, davomiyligidan qat’iy nazar javobgarlikni nazarda tutadi.
«Jang holati» tushunchasi tug‘risida JK 279m. taxlilini ko‘ring.
JK 287m. 4 qismida ko‘zda tutilgan jinoyatning sub’ekti harbiy unvonidan, xizmat asoslaridan (kontrakt yoki chaqiruv bo‘yicha) qat’iy nazar har qaysi harbiy xizmatchi bo‘lishi mumkin.
2.2 Dezertirlik jinoyati uchun javobgarlik
(JK 288-m.)

Harbiy xizmat o‘tashning o‘rnatilgan tartibi jinoyatning bevosita ob’ekti bo‘ladi.


Dezertirlikning ob’ektiv tomoni o‘z xoxishiga binoan qismni yoki xizmat joyini harbiy xizmatdan buyin tovlash maqsadida tark etish, hamda shu maqsadda xizmatga kelmaslikda ifodalanadi.
Dezertirlikning tugallangan jinoyati deb harbiy qism yoki xizmat joyini tark etib muddatida xizmatga kelmagan vaqtdan tan olinadi. Bunda shuni kuzda tutish lozimki, dezertirlikdan o‘z xoxishi bo‘yicha qaytishi faqat harbiy qismni yoki xizmat joyini tark etgunicha yoki xizmatga kelish muddati tugagunicha mumkin bo‘ladi. Dezertirlik sodir etgan harbiy xizmatchini aybini bo‘yniga olib kelishi, jazoni engillashtiruvchi holat sifatida ko‘rilmog‘i lozim (JK 55m. «a» bandi). Bunday vaziyatlarda JK 66 va 71moddalarida ko‘rsatilgan ma’lum sharoitlarning mavjudligida harbiy xizmatchi javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilishi mumkin.
Sub’ektiv tomondan jinoyatlar bevosita qasddan sodir etiladi. Sub’ektiv tomondan jinoyatning majburiy belgisi bo‘lib, qismni yoki xizmat joyini o‘z xoxishiga binoan tark etishning maqsadi hisoblanadi.
.JK 288m. 1 qismida nazarda tutilgan jinoyat sub’ekti bo‘lib, muddatli xizmatdagi oddiy harbiy xizmatchilar, ya’ni askarlar, matroslar, serjantlar va muddatli xizmat starщinalari hisoblanadilar.
JK 288m. 1 qismi harakatlari zahiradagi va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan fuqarolarga ham tarqaladi.
Tartibga chaqiruv tartibida qamoqqa olingan, tartibga chaqirish harbiy qismida saqlashga sudlangan yoki qamoq kurinishidagi jazoni utayotgan (48m. qarang) harbiy xizmatchini qochishi harbiy qonunbuzarchilik hisoblanadi va ayrim holatlardan kelib chiqib JK 287 va 288m. bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling