Sub’ektiv tomondan jinoyatlar qasddan yoki extiyotsizlik bilan sodir etilishi mumkin. Ayrim buzilishlar faqat qasddan sodir etilishi mumkin (postdan ketish, quriqlanayotgan ob’ektdan quriqlash va x.k.). Boshqa buzilishlar extiyotsizlik oqibatida sodir etiladi (qurol bilan extiyotsiz munosabatda bo‘lish, postda xizmat o‘tayotganda etarli darajada ogox bo‘lmaslik va x.k.). Ammo xam qasddan xam extiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan buzilishlar bor (postdagi uyqu, patrul qilish yo‘li bilan xizmat utashda quriqchi yыnalishini buzilshi va x.k.). Og‘ir oqibatlarga nisbatan ayb ko‘pincha extiyotsizlik kurinishida ifodalanadi, ammo qasddan xam bo‘lishi mumkin.
JK 291m. 2 qismida quyidagi oqibatlarga olib kelgan qorovullik xizmati utash qoidalarini buzilishi uchun javobgarlik nazarda tutilgan:
A) badanga og‘ir shikast etkazilishi;
B) odam ulishi;
V) boshqa og‘ir oqibatlar.
.JK 291m. 3 qismida jangovor holatda sodir etilgan qorovul xizmati utash qoidalarini buzilishi uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
2.6 Ichki xizmatni utash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish jinoyati uchun javobgarlik
(JK 292-m.)
Jinoyatning asosiy bevosita ob’ekti – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ichki xizmat Nizomi bilan o‘rnatilgan ichki xizmat utashning va garnizonda patrullik qilishning tartiblarini ta’minlovchi jamiyat munosabatlaridir.
JK 292 m. nazarda tutilgan jinoyat ob’ektiv tomondan ichki xizmat utash nizom qoidalarini, shu bilan baravar tegishli xizmat ularni oldini olishi uchun tayinlangan zararli oqibatlarni keltirib chiqaruvchi garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzishda ifodalanadi.
JK 292m. da nazarda tutilgan jinoyat sub’ektiv tomondan to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita qasddan sodir etiladi, ammo aybdorning qilmishi oqibatlariga munosabati ehtiyotsizlikdan ham bo‘lishi mumkin.
Kvalifikatsiya uchun sabab va maqsad axamiyatga ega emas.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatning sub’ekti qismning sutkalik naryad tarkibiga kiruvchi yoki patrul naryadi tarkibiga kiruvchi xarbiy xizmatchi xisoblanadi. Bu qism bo‘yicha navbatchi va uning yordamchisi, navbatchi va ost bo‘lim bo‘yicha kundalik navbatchi, nazorat-o‘tkazish va nazorat-texnik punktlari bo‘yicha navbatchilar, oshxonadagi navbatchi va ishchilar va x.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |